Kibermakondagi diniy


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

Xalqaro Islom missiyasi ijrochi direktori Shafig Xadji Pshixachev 
fikricha, so‘z, axborot ulkan kuchdir va buni musulmonlar yaxshi 
tushunadilar. Hadislarda keltirilishicha, Muhammad (a.s.)ga do‘zah 
ko‘rsatilganda, jamiyatda odamlar orasida fitna chiqargan gunohkorlarni 
tillaridan osilgan holda ko‘rganlar. Sh.Pshixachev musulmonlarning 
Internet tarmog‘idagi imkoniyatlarni etarlicha qamrab olmaganlar hamda 
mavjud saytlarni mazmunan boyitishga ehtiyoj kattaligini ta'kidlagan. 
Rossiya yahudiylik diniy tashkilotlari va uyushmalari Kongressi 
raisi ravvin Zinoviy Kogan internetni ham bulbullar sayraydigan, ham 
qarg‘alar qaqillaydigan o‘rmonga qiyoslaydi. «Ammo qarg‘a otib 
tashlansa, bulbul ham cho‘chib ketadi va sayramay qo‘yadi», - deydi 
Kogan. 
Shuningdek, hozirda Internet ba'zi hollarda diniy tashkilotlar 
hayotida Real ishtirok etmasdan ham diniy ehtiyojlarni qondirish 
maydonini ifoda etmoqda. Albatta, bu bir yoqlama xususiyatga ega holat. 
Zero, Internet orqali diniy rasm-rusumlar, odatlarni bajarish orqali e'tiqod 
egalari o‘ziga xos «virtual diniy surrogat»dan foydalanadilar. Aslida esa, 
chinakam diniy amaliyot va tajriba diniy tashkilotlar, xizmatchilar bilan 
bevosita muloqot o‘rnatish orqali to‘laqonli shakllanishi quyidagi 
bayonotlarda ham o‘z aksini topgan. 
Rossiya Katolik yepiskoplari konferentsiyasi bosh kotibi Igor 
Kovalevskiy internetning katoliklar hayotida tutgan o‘rniga yuqori baho 
bergan. Biroq u Internet orqali ibodatlarni amalga oshirishga qarshi 


38 
ekanligini bildirib, ibodatni sirli marosim ekanligi va u an'analarga rioya 
qilishni talab etishini qayd etgan. 
Ibodatlarning onlayn ko‘rinishga o‘tishi hatto Internet tarafdorlari 
uchun ham o‘zaro bahsli masalalardandir. Ular cherkov hayotining 
virtuallashuvi qay darajada chuqurlashishi mumkinligi haqida yakdil 
fikrga kelmaganlar. Ba'zi ruhoniylar Internet orqali faqat ibodatni amalga 
oshirish mumkin, cho‘qintirish marosimini esa Real voqelikda qo‘llash 
lozim deb ta'kidlagan. Zero, Amerikaning Florida shtatidagi «Flamingo-
Roud» cherkovi esa onlayn cho‘qintirishni amalga oshirib kelgan. Shu 
ma'noda, virtual jamoalar an'anaviy diniy tashkilotlar uchun ayrim 
muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ham ta'kidlash joiz.
Yuqoridagi kabi muammolarga barham berish maqsadida 2005 yil
16 iyulida rus pravoslav cherkovi Sinodi «cherkov axborot faoliyatining 
ba'zi aspektlari» to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Qarorga ko‘ra: «ommaviy 
axborot vositalari bilan hamkorlikda cherkov hayotini keng jamoatchilik 
vakillariga etkazishga qaratilgan yutuqlarini inobatga olgan holda, 
cherkovning rasmiy munosabatini keng jamoatchilikka etkazish 
maqsadida rasmiy elektron va bosma nashrlar tizimini rivojlantirishni 
manfaatli deb hisoblaydi.
Faqat cherkov ruhoniylar rutbasi hujjatlari, uning faoliyati, 
cherkovda sodir bo‘layotgan boshqa muhim voqealar yoki rutbaning u 
yoki bu masalalarga doir egallagan mavqei (pozisiyasi) to‘g‘risidagi 
rasmiy axborot materiallari rus pravoslav cherkovining rasmiy axboroti 
maqomiga ega. Ushbu axborot hujjatlar xabarlar yoki sharhlar shaklida 
ruhoniylar rutbasi roziligi asosida matn holatida e'lon qilinishi mumkin. 
Mualliflik maqolalari, intervyular, munozarali chiqishlar, ommaviy 


39 
matnlar, og‘zaki sharhlar rasmiy axborot hisoblanmaydi”, – deb belgilab 
qo‘yilgan. 
Axborotlashgan jamiyat sharoitida ijtimoiy harakatlar madaniy 
qadriyatlar atrofida mobillashadi, qadriyatlar aloqalari va g‘oyalar 
atrofidagi mobillashuv zaruratga aylanadi. Mobillikni ta'minlovchi vosita 
sifatida, asosan, raqamli texnologiyalar xizmat qilaDi. Bunda turli 
ekstremist va terrorchi tashkilotlar a'zolarining Internet tarmog‘i orqali 
da'vatlari hajman ortib bormoqda. Ekstremistik ruhdagi onlayn 
da'vatchilar an'anaviy Islom aqidalariga zid chaqiriqlari orqali 
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy ahvolini izdan chiqarishga urinadilar. 
EXHT shafe'ligida 2018 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro 
konferentsiyada Rossiya musulmonlar diniy Majlisi raisi va Moskva 
musulmonlar idorasi muftiysi Albir Krganov Saudia Arabistonining 
ekstremistik g‘oyalarga qarshi kurash tajribasi misolini keltirdi. Markaz 
kibermakondagi terroristik guruhlar faoliyatini, ekstremistik chaqiriqlari 
hamda yangi faollarni jalb etishga qaratilgan yozishmalarni monitoring 
qiladi. Muftiy xuddi shunday ekstremistik g‘oyalarga qarshi kurashishga 
qaratilgan Markaziy Osiyo markazini Toshkent shahrida tashkil etish 
taklifini bildirgan. 
Kibermakondagi diniy jarayonlar tahliliga ko‘ra bugungi kunda 
barcha dinlar internetni o‘z missiyalarini amalga oshirish makoni sifatida 
qarashlari 
aniqlandi. 
2009 
yilda 
esa 
Butunjahon 
ijtimoiy 
kommunikasiyalar kunining “Ruhoniylar raqamli olamda – yangi 
texnologiyalar cherkov xizmatida” shiori ostida o‘tkazilgani ham e'tiborga 
molik. Bu borada Rim Papasi Benedikt XVI katolik ruhoniylarini Internet 
imkoniyatlaridan yanada faol va samarali foydalanishga chaqirig‘ida 


40 
internetning dinni targ‘ib qilishda “yangi davr”ni boshlab berganini 
ta'kidlagan. Internet tarmog‘i orqali muloqot va ma'lumot almashish 
imkoniyatlarining ortib borayotganini inobatga olgan holda, dindorlarni 
qiziqtirayotgan masalalarga javob topishga yordamlashish hamda diniy 
hayotdagi yangiliklardan o‘z vaqtida xabardor qilish vazifalarini qo‘ygan. 
Shuningdek, Rim Papasi seminariya va ilohiyot fakultetlarida 
Internet savodxonligi kursini tashkil etish va uni majburiy fanlardan biriga 
aylantirish tashabbusini ilgari surgan. Uning fikricha, ruhoniyning asosiy 
vazifasi «tuganmas axborot oqimi – “Butundunyo o‘rgimchak to‘ri”ga 
cherkov maqsadlaridan kelib chiqqan holda bilimini safarbar etishdan 
iborat” bo‘lishi kerak. 
Rus pravoslav cherkovi Sinodi tomonidan vibenarlar, onlayn malaka 
oshirish kurslari o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi vositalar 
kibermakondan erkin foydalanish imkonini yaratish bilan bir vaqtda
mazkur makondagi xavf-xatarlarning ko‘z ilg‘amas darajada ekanligini 
anglatadi. 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan jarayonlar Internet bugungi kundalik 
turmushimizga qay darajada chuqur singib borganini namoyon qilmoqda. 
Interent diniylikni ifoda etishning transformasiyalashuviga xizmat 
qiladigan texnologik vosita hisoblanadi. 
Tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida ma'lumotning 
mazmuni va strategiyasini tahlil qilish muhim. Chunki bunday xurujlar 
yoshlarning ma'naviy-axloqiy, psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai 
nazari va e'tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilgangi hech 
kimga sir emas. Axborot xurujlari va kiber tahdidlardan himoyalanish, o‘z 
navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va ogoh 


41 
bo‘lishi, axborotni tahlil qila bilishi lozimligini davrning o‘zi talab 
etmoqda. Axborotlar oqimidan foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom 
immunitetni hosil qilish, ijobiy tomonlarini o‘rgatish bilan birga, salbiy 
oqibatlaridan xabardor etish muhim vazifalardan. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling