Kibermakondagi diniy


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

Mavzu bo’yicha savollar 
1.Online buddaviylik saytlariga misollar keltiring. 
2. Buddaviylik bayramlarini kibermakonda nishonlanishi haqida 
nimalarni bilasiz? 
3. Buddaviylikning qaysi yo’nalishi kibermakonda keng rivojlangan? 
Adabiyotlar 
1. Dunyo 
dinlari 
tarixi 

tuzuvchilar: 
S.Agzamxodjaev, 
D.Rahimjonov, N.Muhamedov va b. – Toshkent: ToshDShI, 2011. 
– 262 b. 
2. Hasanboev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy 
tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. 
–Toshkent: «Toshkent Islom universiteti» nashriyot-matbaa 
birlashmasi, 2014. 
3. Федоркевич Е.В., Ветошев В.О. Отбор критериев оценки 
качества сайтов образовательных организаций // Интернет-
журнал «Мир науки» 2017, Том 5, №2http://mir-
nauki.com/PDF/43PDMN217.pdf (доступ свободный). 
4. Campbell H., Altenhofen B., Bellar W., Kyong James Cho.
There’s a religious app for that!: A framework for studying 
religious mobile applications. 2014. 
 
 
 
 


67 
6-Mavzu: ONLAYN CHERKOVLAR VA DINIY 
JAMOALAR FAOLIYATI 
Reja: 
1. Kibercherkovlarning yuzaga kelishi va o‘ziga xos jihatlari
2. Onlayn cherkovlarning bugungi faoliyati 
3. Virtual diniy jamoalarning kelib chiqishi
1. Kibercherkovlarning yuzaga kelishi va o‘ziga xos jihatlari. Xristian 
dini Internetga kirib kelishi bilan virtual olamda keng yoyildi. 
Nasroniylikka oid dastlabki onlayn forum (“Origins”, 1983 y.) va guruhlar 
(“net.religion.christian”, 1984 y.)da qizg‘in bahs-munozaralarning olib 
borilishi, har kim o‘z fikrini erkin bayon qilishi, biror boshqaruv markazi 
yoki nazorat qiluvchi kuchning yo‘qligi tobora ko‘proq insonlarni 
Internetga ulanishga undadi. Bu jarayonlarni o‘rgangan Kaliforniyadagi 
«Bama Research» tadqiqoti (1996 y.) cherkovlar tez fursatlarda 
kibermakonga kirib kelishi lozimligi, yo‘qsa, ular o‘z izdoshlariga 
zamonga mos maslahat berish qobiliyatini yo‘qotish xavfi borligidan 
ogohlantirdi. AQSh, Kanada, Angliyada cherkovlar birin-ketin o‘z 
tarmog‘i yoki veb-saytlarini ochishga kirishdi.
Kibercherkovlarning yuzaga kelishini birinchilardan bo‘lib 
amerikalik olim va pastor M. Vindxem o‘rgangan. U “Kibercherkov: 
kibermakonda xristian jamoasi»nomli tadqiqot ishida (1996 y.) 
cherkovlarni kibermakonga qadam qo‘yishda cho‘chitgan ikki masala 
bo‘lganini qayd etgan. Birinchisi, qo‘shimcha qurilmalarga ega bo‘lish 


68 
zarurati va tarmoqqa ulanish xarajatlari bo‘lsa, ikkinchisi, ruhoniylarning 
kompyuter savodxonligiga ega bo‘lmaganligi. Biroq shunga qaramay
cherkovlar kibermakonni o‘zlashtira boshlaganlar va www.godweb.org 
sayti bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Dunyodagi birinchi veb-sayt (http://info.cern.ch/) 1991 yil 6 
avgustda veb-serverga joylangan. Bor-yo‘g‘i bir yil o‘tib, ya'ni 1992 yilda 
protestant oqimiga mansub Amerika presviterianlari www.godweb.org 
saytida «Kibermakonning birinchi cherkovi»ni ochganlar. Ushbu sayt o‘z 
nomini ilk kibercherkov sifatida tarix zarvaraqlariga yozishga muvaffaq 
bo‘ldi. Amerikalik tadqiqotchi va noshir J. Zeliski ushbu sayt «Iloho, nur 
bo‘lsin!»shiori ostida Internetning shovqini, tartibsizligi orasida 
Yaratuvchining mavjudligini targ‘ib qilganini ta'kidlagan.
«Kibermakonning birinchi cherkovi» bir ibodatxona vazifasini 
o‘tashi maqsad qilingani uning bosh sahifasida keltirilgan jumlalardan 
ayon bo‘ladi: «saytga kirishdan oldin bilingki, bu saytda siz o‘zingizni 
cherkovda kutilgan, ardoqli mehmon kabi his qilganingizdek his 
etishingizni istaymiz». Sayt 1999 yilda «Ibodatxona», «ma'ruzalar», 
«galereya», «gipermatnli Injil», «e'tiqod forumi», «Xudo va ilm» singari 
20 ta bo‘limni o‘z ichiga olgan va foydalanuvchilarga quyidagi 
imkoniyatlarni taqdim qilgan: pastor va boshqa kishilarning va'z-
xutbalarini o‘qish, diniy ruhdagi musiqa va radiodasturlarni tinglash
yonib turuvchi shamning pikseldagi tasviriga qarab mediasiya qilish, aniq 
bir soatda Real vaqt rejimida chat(chat room)ga kirib, boshqalar bilan fikr 
almashish va hokazo.
godweb.org saytining asoschisi, ruhoniy va ilohiyotchi Ch. 
Henderson fikricha, qadimda qurilgan cherkovlar atrofida aholi 


69 
siyraklashib bormoqda, hatto megacherkovlar ham barcha xohlovchilarni 
qabul qilishga qodir emas. Shunday ekan, kibercherkov avvalo masofa 
muammosini hal etdi. Bundan tashqari, vaqt jadvali – ko‘pchilik uchun 
murakkab masala. Cherkovlar yakshanba kuni tonggi ibodatlarda 
odamlarni bir vaqtda jam qilishga qiynaladi. Virtual cherkovda esa 
kunning har qanday qismida saytga kirgan kishi ma'ruzalarni o‘qishi, 
eshitishi yoki ko‘rishi, duo-iltijolarni amalga oshirishi mumkin. Ch. 
Xenderson an'anaviy cherkovdagi 30 kishilik va Internetdagi 40 000 
kuzatuvchi ishtirokidagi va'zlarini shunday taqqoslaydi: «men faoliyat 
ko‘rsatuvchi oddiy cherkov 150 kishilik jamoani sig‘dira oladi xolos, 
onlayn makonda esa bunday cheklov yo‘q. Cherkov, butxona yoki masjid 
bo‘lsin, bir kishi(rohib/Imom) passiv odamlar jamoasiga nutq so‘zlaydi. 
Kibercherkov esa buning aksi. Har kimda fikr bildirish huquqi bor, hech 
kim ustunlikka ega emas».
Virtual cherkovning afzalliklarini olim va pastor M. Vindxem tahlil 
etib, quyidagi xulosalarga kelgan: kibercherkov jismonan imkoniyati 
cheklangan insonlarga u qarashli bo‘lgan cherkovning yoxud boshqa 
istalgan cherkovning veb-saytidagi audio va video materiallar asosida 
ibodatlarni uyda ado etish imkoniyatini berdi. Turli sabablar bilan 
cherkovga bormay qo‘ygan yoki umrida cherkovga qadam bosmaganlar 
ham Internet-cherkovlar orqali diniy bilimini oshirishi mumkin.
Lifeway Research – cherkov va ta'limotga bo‘lgan talab darajasini 
o‘rganuvchi AQShning etakchi tadqiqot markazi bo‘lib, uning 2007 yilgi 
so‘rovnoma xulosasiga ko‘ra, 18-22 yosh oralig‘idagi 70 % protestant 
yoshlari cherkovga muntazam borishni tark etganlar. Internet-cherkovlar 


70 
ana shunday yoshlarni qiziqtirishi, jalb etishi va muayyan darajada 
e'tiqodini saqlab qolishga xizmat qilishiga umid qilingan.

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling