Kibermakondagi diniy


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

Mavzu yuzasidan savollar: 
1. Dastlabki kibercherkov haqida ma'lumot bering. 
2. Onlayn cherkovlarni diniy amaliyotlar olib borishiga nisbatan 
qanday tasniflash mumkin? 
3. Raqamli makonda xristian dini jamoalarining o‘ziga xos 
xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? 
4. Virtual diniy jamoalar va ularning bugungi kundagi faoliyati 
haqida so‘zlab bering. 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1. Mullins T. Online church: a biblical community. Palm Beach 
Gardens, 2011.
2. Kelley O’Connor. Surviving the storm: church online 24/7. 
Madison, New Jersey, 2016. 
3. Hasanboev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy 
tashkilotlar, 
oqimlar, 
mafkuraviy 
kurashning 
dolzarb 
yo‘nalishlari. –Toshkent: «Toshkent Islom universiteti» 
nashriyot-matbaa birlashmasi, 2014. 
4. Niyazova Sh. Virtual olamga dinning kirib kelish shakllari. // 
U.Uvatov – manbashunoslik va hadisshunoslik darg‘asi ilmiy-
amaliy anjuman. Materiallar to‘plami. – T.: 2021, – B. 206-210. 


79 
7-Mavzu. PRAVOSLAVLIK VA INTERNET 
Reja: 
1. Pravoslavlikning Internetga munosabati: rus pravoslav cherkovi 
misolida. 
2. Cherkov va Internet munosabatlarini tartibga soluvchi rasmiy hujjatlar. 
3. Kibermakonda pravoslav cherkovlarining bugungi faoliyati. 
1. Pravoslavlikning Internetga munosabati: rus pravoslav 
cherkovi misolida. Protestantizm va katolisizmdan farqli ravishda 
pravoslavlikning Internetni qarshi olishi va qabul qilishi qiyin kechgan. 
Bu munosabat turli davrlarda turlicha ko‘rinish va keskinlik kasb etgan. 
Pravoslav jamoalari keng tarqalgan mamlakatlar ichida Rossiya birinchi 
o‘rinda turishini inobatga olib, rus pravoslav cherkovining Internet bilan 
o‘zaro aloqasiga to‘xtalishni lozim topdik. 
RPCH kompyuter va axborot texnologiyalaridan o‘z faoliyatida faol 
foydalanishni 1990-yillarda boshlagan. Internet bilan «tanishuv» esa 
1996-97 yillarda ro‘y bergan. Shu yili Moskva patriarxatining rasmiy sayti 
(russian-orthodox-church.org.ru) ish boshlagan. Biroq pravoslavlikning 
kibermakonga bo‘lgan munosabati to‘g‘risidagi birinchi rasmiy bayonot 
2004 yilda Patriarx Aleksiy II tomonidan berilgan. Unda Internet sharofati 
bilan tarmoqning keng auditoriyasini cherkovning ichki hayotiga oid 
muhim yangiliklardan, Muqaddas Sinod faoliyati, cherkovning tashqi 
aloqalaridan xabardor etish mumkin bo‘lgani ta'kidlangan. Qolaversa
haqiqat to‘g‘risidagi bilimni keng tarqatish shart ekani, bu imkoniyatni 
taqdim etuvchi vositani rad etishga esa cherkov haqli emasligi, 


80 
missionerlik ishida qo‘l keluvchi har bir imkoniyatdan foydalanish 
zarurligi aytilgan. «Vazifamiz – odamlarga ular ma'nan va axloqan 
kamolga etishlariga ko‘maklashish. Agar bugungi zamon kishisi 
komyuter, Internet, televidenie va radiodan faol foydalanar ekan, cherkov 
ham o‘z missionerlik xizmatida bu vositalardan begonalashishi mumkin 
emas. Ta'kidlashni istardimki, Rossiya Internet makoni bilan o‘zaro aloqa 
– Rpchning muhim vazifalaridan biri”, deya munosabat bildirgan Patriarx 
Aleksiy II. Biroq 2009 yilda Patriarx Aleksiy IIning vafot etishi va o‘rniga 
Kirillning Patriarx etib tayinlanishi Rpchning Internetga bo‘lgan 
pozisiyasini o‘zgartira boshladi. Kibermakon bilan bog‘liq yangiliklar 
yangi patriarxga yoqmasligi ayon bo‘la boshlagach, bu holat boshqalarga 
ham ta'sir etmay qolmadi.
2012 yilda Moskva patriarxatining cherkovning tashqi aloqalar 
bo‘limi mitropoliti Volokolamskiy Ilarion Markaziy telekanallardan 
biriga bergan intervyusida Internetni odamlar o‘z agressiyasini to‘kib-
sochadigan makon, deb ta'riflagan. Virtual olamda pravoslavlik 
e'tiqodidagilar, hatto ruhoniylar ham doim nimanidir qoralab yozishi, 
ammo Isoga bo‘lgan muhabbati tilga olingan o‘rinlar juda kamligini qayd 
etgan.
2013 yil arxierey soborida Patriarx Kirill ijtimoiy tarmoqlarni 
«cherkovga qarshi yo‘naltirilgan tuhmat va yolg‘onlar»ning bosh 
manbalaridan biri, deb atagan. Qolaversa, virtual missiya prixoddagi Real 
ibodat o‘rnini bosmasligini, balki unga to‘ldiuvchi bo‘libgina xizmat 
qilishini qo‘shimcha qilgan. Patriarx teleintervyularidan birida Internetga 
mukkasidan ketishni ma'naviy qashshoqlik va tanazzul, deb baholagan. 
Ruhoniylarga-da qarata aytilgan ushbu murojaat va tanbeh, albatta, o‘z 


81 
natijasini ko‘rsatdi. Prixodlarda e'tiqod qiluvchilar bilan virtual 
muloqotlarni cheklash va yuzma-yuz suhbatlarga urg‘u berish kuchaydi, 
ibodat va amaliyotlarni onlayn amalga oshirishga esa deyarli rag‘bat 
qilinmaydigan bo‘ldi. RPCH ruhoniylari o‘rtasida o‘tkazilgan 
so‘rovnomada hatto shunday javob ham bo‘lgan: virtual sham yoqish, duo 
va iltijolarni onlayn yozib qoldirish – Internetda muqaddas narsalarni 
«savdo qilish» bilan barobar. 
Yuqori rasmiy doiralarning yuqorida bayon qilingan pozisiyasi 
pravoslavlikning Internetda shiddat bilan faollashuviga muayyan darajada 
to‘siq bo‘ldi. Ammo butun dunyoda dinlarning kibertexnologiyalardan o‘z 
maqsadlari yo‘lida samarali foydalanishga qaratilgan harakati nihoyat 
Rpchning ham bu boradagi qarashlarini «zamonaviylashtirishi»ga olib 
keldi.
1-rasm 
RPCH yangi texnologiya bilan kurashgandan ko‘ra uni o‘zlashtirish 
yaxshiroq ekanini angladi. 2010 yil RPCH YouTube da 
“russianchurch»nomi ostida o‘z rasmiy kanalini ochdi. Unda cherkovga 
aloqador asosiy voqea-hodisalar va Patriarx ishtirokidagi ibodatlar yoritib 
boriladi (1-rasm). 2012 yilda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Patriarx 


82 
Kirillning rasmiy sahifasi paydo bo‘ldi. Ayni kunda 40 ming obunachiga 
ega ushbu sahifada Patriarxning murojaatlari, nutqlaridan parchalar, 
Internet foydalanuvchilari yo‘llagan savollarga javoblari va boshqalar 
joylab boriladi: 
Bugungi kunda dindorlar uchun Internet birinchi axborot manbaidir. 
Odatda, odamlar cherkovda o‘zni qanday tutish, ruhoniyga qanday 
murojaat qilish tartiblarini bilmaydilar. Veb-saytlar, ijtimoiy 
tarmoqlardagi sahifalar, turli bloglarda e'lon qilinadigan ma'lumotlar esa 
odamlarda tortinish va xavotir hissisiz ma'lumot olish imkonini beradi. 
Virtual muloqotlar, ayniqsa, ayol dindorlar uchun katta ahamiyatga ega. 
Boisi ayollarga tegishli aktual masalalar muhokama qilinuvchi alohida 
uchrashuvlar an'anaviy cherkovlarda ko‘zda tutilmagan. Shu sabab 
kibermakonga ehtiyotkorlik bilan qarovchi cherkovdan farqli ravishda 
oddiy nasroniy uchun Internet uni qiynayotgan va o‘ylantiryotgan 
savollarga javob topish, diniy ilimini kengaytirish, e'tiqodini 
mustahkamlash, o‘z qarashlari va fikrlarini bayon etish maydoniga aylanib 
bormoqda.


83 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling