Kibermakondagi diniy
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-Mavzu. PRAVOSLAVLIK VA INTERNET
- 1. Pravoslavlikning Internetga munosabati: rus pravoslav cherkovi misolida.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Dastlabki kibercherkov haqida ma'lumot bering. 2. Onlayn cherkovlarni diniy amaliyotlar olib borishiga nisbatan qanday tasniflash mumkin? 3. Raqamli makonda xristian dini jamoalarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? 4. Virtual diniy jamoalar va ularning bugungi kundagi faoliyati haqida so‘zlab bering. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Mullins T. Online church: a biblical community. Palm Beach Gardens, 2011. 2. Kelley O’Connor. Surviving the storm: church online 24/7. Madison, New Jersey, 2016. 3. Hasanboev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. –Toshkent: «Toshkent Islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2014. 4. Niyazova Sh. Virtual olamga dinning kirib kelish shakllari. // U.Uvatov – manbashunoslik va hadisshunoslik darg‘asi ilmiy- amaliy anjuman. Materiallar to‘plami. – T.: 2021, – B. 206-210. 79 7-Mavzu. PRAVOSLAVLIK VA INTERNET Reja: 1. Pravoslavlikning Internetga munosabati: rus pravoslav cherkovi misolida. 2. Cherkov va Internet munosabatlarini tartibga soluvchi rasmiy hujjatlar. 3. Kibermakonda pravoslav cherkovlarining bugungi faoliyati. 1. Pravoslavlikning Internetga munosabati: rus pravoslav cherkovi misolida. Protestantizm va katolisizmdan farqli ravishda pravoslavlikning Internetni qarshi olishi va qabul qilishi qiyin kechgan. Bu munosabat turli davrlarda turlicha ko‘rinish va keskinlik kasb etgan. Pravoslav jamoalari keng tarqalgan mamlakatlar ichida Rossiya birinchi o‘rinda turishini inobatga olib, rus pravoslav cherkovining Internet bilan o‘zaro aloqasiga to‘xtalishni lozim topdik. RPCH kompyuter va axborot texnologiyalaridan o‘z faoliyatida faol foydalanishni 1990-yillarda boshlagan. Internet bilan «tanishuv» esa 1996-97 yillarda ro‘y bergan. Shu yili Moskva patriarxatining rasmiy sayti (russian-orthodox-church.org.ru) ish boshlagan. Biroq pravoslavlikning kibermakonga bo‘lgan munosabati to‘g‘risidagi birinchi rasmiy bayonot 2004 yilda Patriarx Aleksiy II tomonidan berilgan. Unda Internet sharofati bilan tarmoqning keng auditoriyasini cherkovning ichki hayotiga oid muhim yangiliklardan, Muqaddas Sinod faoliyati, cherkovning tashqi aloqalaridan xabardor etish mumkin bo‘lgani ta'kidlangan. Qolaversa, haqiqat to‘g‘risidagi bilimni keng tarqatish shart ekani, bu imkoniyatni taqdim etuvchi vositani rad etishga esa cherkov haqli emasligi, 80 missionerlik ishida qo‘l keluvchi har bir imkoniyatdan foydalanish zarurligi aytilgan. «Vazifamiz – odamlarga ular ma'nan va axloqan kamolga etishlariga ko‘maklashish. Agar bugungi zamon kishisi komyuter, Internet, televidenie va radiodan faol foydalanar ekan, cherkov ham o‘z missionerlik xizmatida bu vositalardan begonalashishi mumkin emas. Ta'kidlashni istardimki, Rossiya Internet makoni bilan o‘zaro aloqa – Rpchning muhim vazifalaridan biri”, deya munosabat bildirgan Patriarx Aleksiy II. Biroq 2009 yilda Patriarx Aleksiy IIning vafot etishi va o‘rniga Kirillning Patriarx etib tayinlanishi Rpchning Internetga bo‘lgan pozisiyasini o‘zgartira boshladi. Kibermakon bilan bog‘liq yangiliklar yangi patriarxga yoqmasligi ayon bo‘la boshlagach, bu holat boshqalarga ham ta'sir etmay qolmadi. 2012 yilda Moskva patriarxatining cherkovning tashqi aloqalar bo‘limi mitropoliti Volokolamskiy Ilarion Markaziy telekanallardan biriga bergan intervyusida Internetni odamlar o‘z agressiyasini to‘kib- sochadigan makon, deb ta'riflagan. Virtual olamda pravoslavlik e'tiqodidagilar, hatto ruhoniylar ham doim nimanidir qoralab yozishi, ammo Isoga bo‘lgan muhabbati tilga olingan o‘rinlar juda kamligini qayd etgan. 2013 yil arxierey soborida Patriarx Kirill ijtimoiy tarmoqlarni «cherkovga qarshi yo‘naltirilgan tuhmat va yolg‘onlar»ning bosh manbalaridan biri, deb atagan. Qolaversa, virtual missiya prixoddagi Real ibodat o‘rnini bosmasligini, balki unga to‘ldiuvchi bo‘libgina xizmat qilishini qo‘shimcha qilgan. Patriarx teleintervyularidan birida Internetga mukkasidan ketishni ma'naviy qashshoqlik va tanazzul, deb baholagan. Ruhoniylarga-da qarata aytilgan ushbu murojaat va tanbeh, albatta, o‘z 81 natijasini ko‘rsatdi. Prixodlarda e'tiqod qiluvchilar bilan virtual muloqotlarni cheklash va yuzma-yuz suhbatlarga urg‘u berish kuchaydi, ibodat va amaliyotlarni onlayn amalga oshirishga esa deyarli rag‘bat qilinmaydigan bo‘ldi. RPCH ruhoniylari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada hatto shunday javob ham bo‘lgan: virtual sham yoqish, duo va iltijolarni onlayn yozib qoldirish – Internetda muqaddas narsalarni «savdo qilish» bilan barobar. Yuqori rasmiy doiralarning yuqorida bayon qilingan pozisiyasi pravoslavlikning Internetda shiddat bilan faollashuviga muayyan darajada to‘siq bo‘ldi. Ammo butun dunyoda dinlarning kibertexnologiyalardan o‘z maqsadlari yo‘lida samarali foydalanishga qaratilgan harakati nihoyat Rpchning ham bu boradagi qarashlarini «zamonaviylashtirishi»ga olib keldi. 1-rasm RPCH yangi texnologiya bilan kurashgandan ko‘ra uni o‘zlashtirish yaxshiroq ekanini angladi. 2010 yil RPCH YouTube da “russianchurch»nomi ostida o‘z rasmiy kanalini ochdi. Unda cherkovga aloqador asosiy voqea-hodisalar va Patriarx ishtirokidagi ibodatlar yoritib boriladi (1-rasm). 2012 yilda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Patriarx 82 Kirillning rasmiy sahifasi paydo bo‘ldi. Ayni kunda 40 ming obunachiga ega ushbu sahifada Patriarxning murojaatlari, nutqlaridan parchalar, Internet foydalanuvchilari yo‘llagan savollarga javoblari va boshqalar joylab boriladi: Bugungi kunda dindorlar uchun Internet birinchi axborot manbaidir. Odatda, odamlar cherkovda o‘zni qanday tutish, ruhoniyga qanday murojaat qilish tartiblarini bilmaydilar. Veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, turli bloglarda e'lon qilinadigan ma'lumotlar esa odamlarda tortinish va xavotir hissisiz ma'lumot olish imkonini beradi. Virtual muloqotlar, ayniqsa, ayol dindorlar uchun katta ahamiyatga ega. Boisi ayollarga tegishli aktual masalalar muhokama qilinuvchi alohida uchrashuvlar an'anaviy cherkovlarda ko‘zda tutilmagan. Shu sabab kibermakonga ehtiyotkorlik bilan qarovchi cherkovdan farqli ravishda oddiy nasroniy uchun Internet uni qiynayotgan va o‘ylantiryotgan savollarga javob topish, diniy ilimini kengaytirish, e'tiqodini mustahkamlash, o‘z qarashlari va fikrlarini bayon etish maydoniga aylanib bormoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling