Kibermakondagi diniy
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
3.
Kibermakonda pravoslav cherkovlarining faoliyati. Kibermakondagi pravoslav cherkoviga tegishli veb-saytlarni Rpchga qarashli veb-manbalar misolida tahlil etsak. “Rossiya pravoslavnaya” (orthodoxy.ru) serverida pravoslavlikka oid rasmiy saytlarning juda katta qismi birlashtirilgan. Server 500 dan ortiq sayt havolalarini o‘z ichiga oladi. Bular: monastirlar, jamoat tashkilotlari, ibodatxonalar, eparxiyalarning saytlari va shaxsiy saytlardir. Masalan, Rossiya Federasiyasidagi ibodatxonalar (xram) ning 30 dan ortig‘i va chet eldagi 10 ga yaqin ibodatxonalarning veb manzili keltirilgan. Ushbu saytlarda asosan ibodatxonaning tarixi, manzili, o‘tkaziladigan ibodatlar jadvali, e'tiqod qiluvchilarning ijodidan fotolavhalar va boshqa muhim yangiliklar berib boriladi. 86 Shuningdek, pravoslav olamida pravoslavie.ru sayti ham salmoqli o‘rin tutadi. Sayt audio, foto va video materiallar, tarixiy hujjatlar, maqolalarning katta arxiviga ega. Qolaversa, saytdagi yangiliklar va pravoslav taqvimi ham ishonchliligi va rasmiyligi bilan Internet foydalanuvchilari e'tiborini qozongan. 3-rasm Internetda pravoslavlikka oid rasmiy saytlar bilan bir qatorda o‘nlab, hatto yuzlab norasmiy saytlar ham o‘z faoliyatini olib boradi. Ularning aksarida turli diniy xizmatlarni muayyan narx evaziga taklif qilinayotganini ko‘rish mumkin. Masalan, http://simvol-veri.ru/ saytida jismoniy yoki ruhiy salomatlik, ko‘ngil xotirjamligini tilab ruhoniydan duo qilib qo‘yishni «buyurtma» qilish 20 AQSh dollariga tushadi. Onlayn cherkovlardan biri esa sham yoqish bilan bog‘liq xizmatini shunday «reklama» qiladi: «har doim ham qalb amr etgan vaqtda ibodatxonaga borish imkoni bo‘lmaydi. Shunday hollarda bizning yordamimizdan foydalanishingiz mumkin. Biz sizning o‘rningizga siz qayd etgan ibodatxonada, barcha pravoslav kanonlarga amal qilgan holda sham qo‘yamiz. Sizdan faqat onlayn-shaklni to‘ldirish va unda aynan qaysi ibodatxonada sham qo‘yish va kim uchun iltijo qilish lozimligini ko‘rsatish talab etiladi. Siz aynan qaysi ikona qarshisida sham yoqilishini 87 istashingizni ham qo‘shimcha qilishingiz mumkin» (3-rasm). Albatta, bu xizmat tekinga emas, saytda ko‘rsatilgan narx ko‘rsatilgan karta raqamiga o‘tkazilgach, amalga oshiriladi. 4-rasm Boshqa bir saytlardan biri esa bir nechta ibodatxonalar bilan rasman aloqa o‘rnatganligi va iltijolar yozilgan maktub (zapiska)lar etkazilishi kafolatlanishini da'vo qiladi. Bu saytda duo mazmuniga ko‘ra 50 rubldan 1080 rublgacha, bir martalik va bir necha martalik iltijolarrni yuborish mumkin. Eng qimmat duolar sirasiga homilador ayolning eson-omon ko‘zi yorishini so‘rab duo qilishni «buyurtma» qilishdir (4-rasm). Bu kabi saytlarga odamlar ishonch bilan murojaat qilishining sabablaridan biri – ularda bir yoki bir nechta mas'ul ruhoniyning ism- shariflari ko‘rsatilishidir. Biroq bunday ruhoniylarning hammasi ham chinakamiga rasmiy din vakili bo‘lavermaydi. RPCH Sinodi 2020 yilda Internet saytlarida o‘zini ruhoniy deb da'vo qilgan, o‘z diniy xizmatlarini Internet foydalanuvchilari taklif etgan, turli maqsadlarda xayriya mablag‘larini to‘plash bilan shug‘ullangan 10 nafar firibgar «ruhoniy»larning ismlarini e'lon qildi. 88 5-rasm Bundan tashqari, so‘nggi vaqtlarda pravoslav ruhoniylarning blogerlik faoliyati ko‘plab Internet foydalanuvchilari, xususan, yoshlar diqqatini tortmoqda. “Pravoslavie.FM»mustaqil Internet-jurnali tahliliga ko‘ra, ba'zi ruhoniy otalarning shaxsiy bloglari auditoriyaga olib chiqayotgan kontektiga ko‘ra «Internet durlari» deb atashga loyiq. Jurnal tuzib chiqqan YouTube'dagi eng faol ruhoniy-otalar o‘ntaligiga ahamiyat qaratilsa, bu «bloger»lar ning o‘n minglab obunachisi borligini ko‘rish mumkin. Ular o‘z chiqishlari va roliklarida nasroniylikning asl tamoyillari to‘g‘risida zamonaviy tilda so‘z yuritish bilan birga, davrning eng dolzarb muammolariga pravoslav ruhoniysi sifatidagi o‘z nuqtai nazarini bildirib borishadi (5-rasm). Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling