Kibermakondagi diniy
O‘zbekistondagi onlayn fatvo saytlari tahlili
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
3. O‘zbekistondagi onlayn fatvo saytlari tahlili. Yurtimizda bu
borada O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyatini keltirib o‘tish mumkin. Diniy sohada paydo bo‘lgan muammo yuzasidan, aynan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan chiqarilgan fatvolarga asoslaniladi. 1995 yildan O‘zbekiston aholisi «uz» domenlaridagi ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, dastlabki ro‘yxatdan o‘tgan va hozirgi kungacha faoliyat olib borayotgan diniy mazmundagi domenlar: «muslim.uz» (2003 yilda) va «islom.uz», «quran.uz» (2004 yilda). Mazkur saytlar ma'lumot beruvchi sayt vazifasidagina emas, balki foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida interfaol usullarda xizmatlar ko‘rsatib keladi. Saytlardagi onlayn radio, onlayn TV hamda alohida savol-javoblar sahifasining mavjudligi bunga misol bo‘la oladi. Bugungi kunda o‘zbek tilidagi foydalanuvchilar uchun «uz» domenida onlayn fatvo beruvchi saytlar quyida tahlil qilinadi. Bular: «islom.uz» portalining «savollar.islom.uz» va «fiqh.uz» hamda O‘zbekiston musulmonlar idorasining «savollar.muslim.uz» saytlari. 98 Movarounnahr fiqh akademiyasi nomi ostida 2011 yildan buyon faoliyat olib boruvchi «fiqh.uz» sayti statik sayt bo‘lib, akademiya a'zolari hisoblangan olimlar tomonidan yo‘llangan javoblar joylashtiriladi. Saytda quyidagi mavzular bo‘yicha bo‘limlar mavjud: Mazkur bo‘limlar, o‘z navbatida, ma'lum masalalarni qamrab olgan maqolalardan iborat. «fiqh.uz» saytida mualliflar tomonidan masalalar yuzasidan maqolalar joylashtirib boriladi. Mualliflardan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (129 ta) tomonidan eng ko‘p maqolalarga javob yo‘llangan bo‘lib, undan keyingi o‘rinlarda Hamidulloh Beruniy (35 ta) va Alouddin Xofiy, Muhammad Ali Muhammad Yusuflar (14 tadan) joy olganlar. Saytdagi maqolalar mavzular kesimida o‘rganilganda ibodat masalalariga oid javoblar eng ko‘p joylashtirilgani aniqlangan. Mazkur veb-sayt savol yo‘llashga mo‘ljallanmagan, ammo ulamolar tomonidan ma'lum masalalarga dalillar bilan batafsil javob joylanganligi bilan ahamiyatli. 229 106 66 45 44 31 29 21 17 17 14 5 Мавзулар Мақолалар сони 99 «islom.uz» portalining «savollar.islom.uz» sahifasidagi eng birinchi joylashtirilgan savol 2007 yil boshiga to‘g‘ri keladi. Mazkur sahifa qoidalar, ma'lumotlar, sayt haqida menyularidan iborat. Saytning o‘ziga xos jihati – bevosita Internet foydalanuvchilari tomonidan yuborilgan savollargagina javob yo‘llanadi. Bu sayt foydalanuvchilari ineterfaol usulda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniyatini bergan dastlabki sayt ekanligi bilan ahamiyatli. Sayt 25 dan ortiq bo‘limlardan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlarda 2 000 dan ortiq savollar va ularga berilgan javoblar mavjud. Diagrammadagi taqsimotdan aholini qiziqtirgan masalalar orasida turli va dolzarb mavzularga oid savollar bilan ko‘p murojaat etilishi ayon bo‘ldi. Zero, masalalar xususiylashganda esa, oila va turmushda vujudga keladigan masalalarni hamda halol va harom o‘rtasini ajratishga oid to‘g‘ri hukmlarni olishga bo‘lgan intilish etakchilik qilishi aholi turmush tarziga va o‘zaro munosabatlarida dindan uzoqlashmagan holda ish ko‘rish jamiyat hayotida ustunlik qilishini ko‘rsatdi. 13250 9701 7071 5315 4425 3977 2669 2025 Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling