Kibermakondagi diniy
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1.
140 Mavzu yuzasidan savollar: 1. Kibermakondan buzg‘unchilik maqsadlarida foylanish tendentsiyalari haqida ma’lumot bering. 2. «Kiberjihod» atamasi haqida nimalarni bilasiz? 3. Kiberterrorizm nima? 4. Terrorchilik ruhidagi veb saytlarning qamrab olish auditoriyasi kimlar? 5. Terrorchilar internetdan qanday maqsadlarda foydaladilar? Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Sisler Vit. Cyber Counsellors: Online fatwas, arbitration tribunals and the construction of Muslim identity in the UK. Information, Communication and Society. Vol. 14, Iss. 8, 2011. 2. Dhar S. Understanding the confluence of online 140ntellec and counterpublicity: an ideological study of the 140ntellec muslim brotherhood’s rhetoric in ikhwanweb. New Mexico, 2011. 3. Hasanboev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. –Toshkent: «Toshkent Islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2014. 4. Alimov B., Toshpo‘latova N., Abdullaeva M., Arifxanova S. Ommaviy axborot vositalarida zo‘ravon ekstremizm, radikalizm. O‘quv amaliy qo‘llanma. – Toshkent: Baktria press, 2019. – 144 b. 141 12-Mavzu: Yoshlar tarbiyasiga onlayn muloqotning ta’siri va uning oldini olish yo‘llari Reja: 1. Dunyo tajribasida kibermakonda o‘smirlar duch kelgan muammolar. 2. Ekstremistik, terroristik ruhiyatdagi kontentlarni tarqaligshiga cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar. 3. Yoshlarni tahdidlardan himoya qilishga oid mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar. «Agarki biz XXI asrda, tobora avj olayotgan globallashuv jarayonlari, Internet va intellektual taraqqiyot hal qiluvchi rol o‘ynayotgan bir davrda yashayotganimizni hisobga oladigan bo‘lsak, hayotimiz naqadar shiddatli sur’atlar bilan o‘zgarib borayotganini, ayniqsa, chuqur his qilamiz». Darhaqiqat, so‘nggi yillarda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi keskin rivojlanish insonlar bilan aloqa o‘rnatish va aloqalarni mustahkamlashning yangi usullarini yaratdi. Bu o‘zining mustaqil fikriga ega, texnika yutuqlaridan o‘z o‘rnida foydalanuvchilar uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi. Shu bilan bir qatorda, Internet makonining turli o‘yinlar va videolar bilan boyitilgani dunyoqarashi shakllanayotgan, o‘yinqaroq bolalar va o‘smirlar uchun kundalik normal voqelik bo‘lsa, boshqalarga tashvish o‘chog‘iga aylandi. 142 Internet tomonidan dastlabki taqdim etilgan imkoniyatlarda, avvalo, texnologik uzilishlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Vaqt o‘tishi bilan «Butundunyo o‘rgimchak to‘ri» inson ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli mazmundagi axborotlar, ko‘ngilochar dasturlar orqali qulayliklar yaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, internetning ommalashuviga olib keldi. 2000 yilning dekabrida internetdan foydalanuvchilar soni 361 millionni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda er yuzi aholisining 4 536 millioni internetdan foydalanmoqda 6 . Foydalanuvchilarning 830 millionini yoshlar tashkil etadi. Ularning o‘rtacha yoshi 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lganlardir 7 . Dunyo hamjamiyatida yuqorilab borayotgan O‘zbekistonda ham soha rivoji va istiqboli uchun keng imkoniyatlar yaratish yo‘lida mutasaddilar tomonidan faol ish olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekistonda 2000 yilda internetdan foydalanuvchilar soni 7500 kishini, 2017 yilning 31 mart holatiga ko‘ra esa, 17 161 534, ya’ni aholining 52,3 % ini qamrab olgan 8 . XX asr ixtirolaridan biri mobil telefonlar internetni jamiyat hayotiga chuqur singib borishiga xizmat qildi. Dunyoda mobil telefonlardan foydalanuvchilar soni 2005 yilda 2 milliarddan ortiq bo‘lsa, 2016 yilda foydalanuvchilar soni 7 milliarddan oshgan, ya’ni abonentlar dunyo aholisi soni bilan teng. Bu borada, O‘zbekiston aholisining 98,4 %i mobil telefonlarga ega. Shu bilan bir qatorda, ularning nafaqat soni, balki Internet orqali ma’lumot uzatish tezligi, sifati va qamrovi ham sezilarli 6 http://www.internetworldstats.com/stats.htm (мурожаат санаси: 25 ноябрь 2019 йил) 7 Халқаро электралоқа иттифоқининг 2017 йил 31 июлдаги статистик ҳисоботидан. Қаранг: http://www.itu.int/ru/mediacentre/Pages/2017-PR37.aspx 8 http://www.internetworldstats.com/stats3.htm (мурожаат санаси: 26 ноябрь 2019 йил) 143 darajada ortgan. 2016 yil holatiga ko‘ra dunyo aholisining 84 %i 3 G – mobil telefonlarning internetga chiqish imkoniyatini beruvchi uchinchi avlodidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mazkur avlod tezligi ma’lumotlarni yanada tez yuborish imkoniyatini ochib berdi. Bunday shiddatli o‘sish hozirda o‘z domiga yoshlarning 70 % ini qamrab olgan. O‘z navbatida, mobil telefondan 5-17 yoshdagi foydalanuvchilar rivojlangan mamlakatlarda 39 %, rivojlanayotganlarda 17 % ko‘rsatkichga ega. 18 yoshdan oshganlarga nisbatan 90-95% ni tashkil etadi. Dastlab, mazkur ikki vosita alohida Internet, mobil telefon sifatida foydalanilgan bo‘lsa, texnologiyaning shiddatli rivojlanishi va turli dasturlar (muloqot, video va b.) bilan boyitilishi endilikda, ulardagi jarayonlar kibermakonda bo‘lib o‘tmoqda, deb e’tirof etiladi. Mazkur so‘z atama sifatida raqamli texnologiyalardan tashkil topgan global axborot makonini ifodalash uchun ishlatiladi. Dunyo aholisi endilikda, internetga ulanish bilan cheklanmay, unda faoliyat olib bormoqdalar. Yangi texnologiyalarning hayotimizga shiddat bilan kirib kelishi o‘zining ijobiy jihatlari barobarida, salbiy jihatlarini ham namoyon qilmoqda. Mobil telefonlar yoki onlayn o‘yinlar, dunyoqarashi to‘liq shakllanib ulgurmagan bolalar va o‘smirlarni kibermakon orqali tahdidlar va zo‘ravonliklarga duch kelish hollarining o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Kibermakonda insonlarning ijtimoiy hamkorligi bir qator omillar ta’siri ostida Real hayotdagidan o‘zgacha tus oladi. Ularning amallari va aytayotgan so‘zlari kundalik hayotdagi faoliyatiga doim ham mos kelavermaydi. Insonlar o‘zlarining kibermakondagi xatti-harakatlari Real hayotda qandaydir oqibatlarga olib kelishi haqida biron so‘z aytmaydilar. 144 Ular haqiqiy hayotda boshqa yo‘lni tutsalar-da, onlayn muloqotda voqea va ma’nolarni umuman o‘zgacha talqin qiladilar. Kibermakonda harakatlanuvchi inson tasavvurida hayot tasavvurlarining buzilishi yuzaga kelishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, endi o‘rganayotgan hamda tanqidiy tahlil qobiliyati shakllanmagan bolalar va o‘smirlarda chuqur asoratlarni keltirib chiqaradi. Kibermakondagi ijtimoiy hamkorlikning bu qirralari bolalar va o‘smirlarga tahdid soladi. Kibermakonda bolalar va o‘smirlar yig‘iladigan ko‘plab makonlarni uchratish mumkin. Ular esa, o‘z navbatida, zo‘ravonlikni maqsad qilib qo‘ygan kimsalarga imkoniyatlar keng ochilishiga muhit yaratib, bolalar va o‘smirlarga psixologik va jismoniy zarar etkazishga xizmat qilmoqda. Ba’zi g‘arazli kishilar tarmoqlar orqali muloqotga kirishgan yoki tarmoqlar orqali himoyasizligi ma’lum bo‘lgan bolalar va o‘smirlar bilan uchrashish maqsadida uzoq masofalarni bosib o‘tishga ham tayyor bo‘ladilar. Virtual olamda bolalarga nisbatan xavfning ortishi bevosita axborot kommunikasiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan bog‘liq. Bola bir necha soat, kun yoki hafta davomida ko‘pchilik boshqa o‘yinchilar uchun onlayn fantaziya-o‘yinning amaldagi ijrochisi bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, bolaning o‘yin bilan shiddatli qiziqishi uning virtual olam va Real hayotni aralashtirib yuborishiga olib keladi. Quyidagi misollar buning amaliy tasdig‘idir: 2005 yilning yanvarida Xitoyda 13 yoshli bola ko‘p vaqtini virtual makonda o‘tkazishi natijasida virtual dunyoni Real hayotdan ajrata olmay o‘z joniga qasd qilgan. Buyuk Britaniyada bola «chat»da tanishgan tengqurlari bilan o‘zaro muloqotda turli shaxslar nomidan ish tutgan. Ikkinchi bola har bir 145 «personaj» bilan suhbatlashib chiqib, ularning «tarix»iga butunlay ishongan. Oxir-oqibat birinchi bola ikkinchi bolani uni o‘ldirishga harakat qilib ko‘rishga chaqirgan, natijada esa u o‘zining o‘limiga ikkinchi bolaning qotilligi orqali erishgan. Yaponiyada 11 yoshli qiz dugonasi bilan onlayn muloqotda urishib qolganidan so‘ng unga tig‘sanchib qo‘ygan. Surushtiruv natijasida ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilarga tarmoqda muloqot qilishning texnik jihatlari o‘rgatilgan, ammo kibermakonda qanday muloqot etikasiga amal qilish kerakligi o‘rgatilmagan. Pedagog-psixologlarning ta’kidlashicha, kishilar shaxsiy muloqotda aytmaydigan so‘zlarini virtual makonda aytadilar, bahslar sur’ati tez jiddiylashadi. Muloqot jarayoni esa ovoz ohangini eshitish yoki yuz ifodasini ko‘rish imkoniyati yo‘qligi sababli qiyinlashadi. Bunday holat nafaqat bolalar o‘rtasida, balki kattalarda ham kuzatilgan. Xitoyda bir inson onlayn o‘yinda yutib olgan «qimmatli sovg‘a» hisoblanadigan virtual qilichni o‘g‘irlagani uchun boshqa bir kishini o‘ldirib qo‘ygan. 2016 yilda MDHning qator mamlakatlari, xususan, Ukraina, Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistonda «ko‘k kit», «tinch uy» kabi onlayn o‘yinlar natijasida o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paygan. 2017 yil 31 mart holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida maktab, kollej va liseylarda o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida virtual suiqasd o‘yinlari ishtirokchisi bo‘lgan 36 nafar yosh aniqlangan. Yuqoridagi misollar kibermakonda bo‘lib o‘tayotgan jarayonlar faqatgina bir davlat, millat farzandlari uchun xavfligina emas, balki 146 Birlashgan holda bunday tajovuzlarga qarshi kurashish taqozo etilishining yorqin misoli bo‘la oladi. Din niqobi ostida turli buzg‘unchi g‘oyalarni tarqatishga mo‘ljallangan terrorchilik ruhidagi saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlar ham dinni o‘rganishga intilishi kuchli yoshlarni o‘z domiga tobora shiddat bilan tortib bormoqda. Islom dinini niqob qilib olgan buzg‘unchilar o‘ta nozik va hassoslik bilan yondashish talab etiladigan «takfir», «jihod», «hijrat», «shahid», «xalifalik», «bay’at» kabi tushunchalarni turli shaxslarning fatvolariga tayangan holda Internet saytlarida o‘z manfaatlari yo‘lida noto‘g‘ri talqin etmoqdalar. O‘zlari o‘z yurtlaridan kechib, Islomning barcha arkonlari emin-erkin ado etilayotgan yurtlardagi yoshlarga Vatanni tark etishga hamda unga qarshi qurol ko‘tarishga targ‘ib qilmoqdalar. Holbuki, kindik qoni to‘kilgan yurtiga qarshi qurol ko‘tarish yoki tinch aholiga qarshi isyon ko‘tarish Islom dini ta’limotiga butunlay zid ekani barchaga ma’lum. Bunday yot g‘oyalarni targ‘ibot quroli sifatida ijtimoiy tarmoqlardan ham unumli foydalanilyotganiga guvoh bo‘lish mumkin. G‘arazli maqsadni amalga oshirishda hech narsadan tap tortmaydigan kimsalarning, hatto Alloh kalomi va hadisi shariflarni ham o‘z egri yo‘llariga moslab talqin qilishdek qabih ishlariga aldanib qolmaslik zarur. Ular o‘zlarini taqvodor ko‘rsatib, asossiz da’vosini «Alloh shohid», deb isbotlashga urinadilar. Yoshlarning yangi bilimlarni o‘rganishga qiziquvchanligidan foydalangan holda terrorchilik ruhidagi guruhlar o‘z domiga ilinishining ineterfaol usullari yordamida global tarmoq orqali qo‘lbola bombani yasash, ko‘pchilikka talafot etkazish uslublarini muttasil audio, video va 147 elektron kitob shaklida joylashtirib boradilar. Bunda terrorchilik ruhidagi veb-saytlariga ko‘p kiradigan odamlarni kuzatib, o‘rganib, ular bilan aloqaga kirishadilar. Ba’zida esa turli mazmundagi chatlar va forumlarda «o‘tkir» munozarali masalalarni onlayn muhokama etadilar hamda o‘zlariga o‘xshash fikrlaydigan yoshlarni o‘z saflariga kiritishga saralab olib, ular bilan do‘stona aloqa o‘rnatadilar. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling