Kibermakondagi diniy


Kiberterrorizm – psixologik-texni urushning yangi turi


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

2. Kiberterrorizm – psixologik-texni urushning yangi turi. 
Kompyuter fanlari professori Doroti Denning ko‘p sonli maqolalarida 
kiberterrorizmga quyidagi ta'rif keltirilgan: «kiberterrorizm bu – 
kibermakon va terrorizmning o‘zaro kesishuvi. Siyosiy yoki ijtimoiy 
maqsadlarga erishish uchun hukumat yoki xalqni majburlash yoki 
qo‘rqitishga qaratilgan kompyuterlardagi va tarmoqdagi ma'lumotlarga 
noqonuniy hujum va xavflar tushuniladi. Shuningdek, xavf kiberterrorizm 
sifatida baholanishi uchun, qo‘rquv keltirib chiqaradigan darajada talafot 
yoki insonlar hamda mol-mulkka zo‘ravonlik natijasidagi hujum bo‘lishi 
kerak. O‘limga yoki jismoniy shikastlanishga olib keluvchi hujumlar 
hamda portlash va kuchli iqtisodiy yo‘qotishlar bunga misol bo‘la oladi. 
Strategik ob'ektlarga qaratilgan hamda ko‘lami jihatidan jiddiy hujumlarni 
kiberterrorizm harakati deb baholash mumkin. Xizmat ko‘rsatishga 
sezilmaydigan darajadagi yoki shunchaki xalaqit beradigan hujumlar 
kiberterrorizm deb hisoblanmaydi.”
Bunda kiberterrorizm va «xaktivizm» (xaker va aktivizm so‘zlari 
birikmasi)ni bir-biridan farqlash muhim. «Xakerlik» harakati bu – onlayn 
va maxfiy ko‘rinishda kompyuter operasion tizimlaridagi yoki dasturiy 
ta'minotdagi zaiflikdan foydalangan holda ma'lumotlarni fosh etishga
manipulyasiyaga qaratilgan harakat. Xaktivistlardan farqli ravishda, 


132 
xakerlar, odatda, siyosiy dasturga ega bo‘lmaydilar. Xaktivistlar o‘z qo‘l 
ostlarida to‘rt turdagi asosiy qurolga egalar: virtual blokada (qamal); 
elektron pochtalarga hujum; sayt va kompyuterlar tizimini buzib kirish; 
kompyuter viruslari. 
Virtual blokada (qamal) – jismoniy qamalning virtual ko‘rinishi. 
Da'vogarlar sayt trafigini shu darajada ko‘p generasiyalaydilarki, buning 
natijasida boshqa foydalanuvchilar mazkur saytga kira olmaydilar. 
«Swarming» – ko‘p sonli foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida veb saytga 
murojaat qilsalar, sayt faoliyatida uzilishlar ro‘y beradi. «G‘uj» bo‘lish 
xaktivistlarning ikkinchi turdagi qurollari ta'sirini ham oshirishga xizmat 
qiladi: elektron pochtaga hujum – bu Ping-hujum nomi bilan ham 
mashhur, ya'ni minglab xatlarni bir vaqtning o‘zida yuborish. 
Sayt va kompyuterlarga buzib kirish – ko‘pchilik kiber jinoyatchilar 
xaktivistlarning 
uchinchi 
arsenalidan 
foydalanadilar. 
Bunda 
saqlanayotgan ma'lumotga, yozishmalarga, moliyaviy hisobotlar va 
boshqalarga kompyuter tizimlarini buzib, yo‘l ochadilar. Bu kabi 
jinoyatlar yillar kesimida ortib borayotganini kuzatishimiz mumkin. 
Masalan, kompyuter avariyalarida tez ta'sir etish guruhi koordinasiya 
markazi hisobotiga ko‘ra, 1997 yilda kompyuterlarni buzish holati 2 134 
marta uchragan bo‘lsa, 2000 yilda ularning soni 21 756 taga, 2003 yilda 
esa 137 000 dan ortganini ko‘rish mumkin. Raqamlar Internet orqali kiber 
hujumlar sonining ortganini hamda minglab qurbonlar sodda va murakkab 
buzish qurilmalari ob'ektiga aylanganini anglatadi. 
Xaktivistlarning to‘rtinchi quroli viruslarni o‘z ichiga qamrab olgan. 
Ular zararli kod shaklida bo‘lib, kompyuterlarni zararlashi hamda 
tarmoqlar orqali boshqa kompyuterlarga tarqalishi mumkin. 


133 
Xaktivizm siyosiy maqsadlarga qaratilgan bo‘lsa ham, 
kiberterrorizm hisoblanmaydi. Darhaqiqat, xaktivistlar qarshiliq qiladilar 
va tizimni ishdan chiqaradilar, ammo ular o‘z oldiga o‘ldirishni, jarohat 
etkazishni yoki qo‘rqitishni maqsad qilib qo‘ymaydilar. Shunga qaramay, 
xaktivizm kiberterrorizm xavfini birinchi o‘ringa olib chiqadi. Bundan 
tashqari, kiberterrorizm va xaktivizm o‘rtasidagi chegara ba'zan yuvilishi 
ham mumkin. Xususan, terroristik guruhlar xaktivistlarni yonlashlari, yoki 
aksincha xaktivistlar o‘z faoliyatini kuchaytirishi hisobiga strategik 
ahamiyatga ega elektr tarmog‘i va avariya xizmati kabi milliy 
infrastruktura tizimlariga hujumlarni uyushtirish orqali kiberterrorizm 
amaliyoti sodir etiladi. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling