Kibermakondagi diniy
,0 дан ортиқ саволлари мавжуд
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
2,0 дан ортиқ саволлари мавжуд
бўлимлар 100 O‘zbekiston musulmonlar idorasining «muslim.uz» saytining «savollar.muslim.uz» sahifasi foydalanuvchilar tomonidan interfaol usulda javob olishga mo‘ljallangan nisbatan yangi saytlardan bo‘lsa ham, ammo O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ma'lum masalalar yuzasidan chiqarilgan fatvolari rasmiy veb saytlarida e'lon qilib boriladi. «savollar.muslim.uz» sahifasi quyidagi bo‘limlardan iborat: Ramazon; tahorat va namoz; haj va Umra; kasb va tijorat; nikoh va taloq. Mazkur sahifa ikki yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat olib borayotgan bo‘lsa-da, undagi savollar soni 2018 yil iyun oyi holatiga ko‘ra 9 mingdan ortiq. Saytdagi savol-javoblar qisqa ko‘rinishda olib boriladi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonda Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali ham aholining diniy savollariga javob yo‘llash amaliyoti keng joriy etilgan. Masalan, O‘zbekiston musulmonlar idorasining @SavollarMuslimUzBot kanaliga 2018 yil avgust oyining birinchi 10 kunligi davomida kuniga o‘rtacha 30 dan ziyod turli mazmundagi savollar bilan murojaat qilingan. Tadqiqot jarayonidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, eng ko‘p savol ibodat masalalariga oid (104 ta), undan keyingi o‘rinlarda oila va turmush (37 ta), taqiq va ruxsatlarga (33 ta) oid savollar kelib tushgan. Mazkur savollar Internet sahifasi orqali emas, balki bevosita Foydalanuvchining mobil telefoni orqali yuborilishi bilan ahamiyatli. Veb saytlarda joylangan mavzular ko‘lami bo‘yicha eng ko‘p maqola joylangan bo‘lim «ibodatlar» hamda xoslanganda oila va turmushda vujudga keladigan masalalarning ko‘p so‘ralishi ijtimoiy tarmoqlar orqali aholining murojaatlari bilan mutanosib ekanligini yaqqol namoyon qildi. 101 Ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan turli tushunmovchiliklar hamda ma'lum masala yuzasidan bilmagan jihatlarini so‘rab, fatvoga asoslanib ish ko‘rish – musulmonlar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ba'zi bir e'tirof etilmagan shaxslar yoki ma'lum maqsadlarga yo‘naltirilgan tuzilmalar tomonidan qo‘shtirnoq ichidagi fatvolar insonlarni Islom ma'rifatidan uzoqlashtirilishi sabab bo‘layotgan bir vaqtda o‘zbek tilidagi foydalanuvchilar uchun «uz» domenida onlaynfatvo beruvchi saytlar va tarmoqlarning ahamiyati ortib bormoqda. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling