Kibermakondagi diniy
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
2.
Ekstremistik, terroristik ruhiyatdagi kontentlarni tarqaligshiga cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar. Kibermakondagi ekstremistik hamda terrorchilik ruhidagi kontentning jadal ortib borishi yirik axborot-kommunikasiya texnologiyalari tashkilotlarning iste’molchilar siyosatiga qator o‘zgartirishlar kiritishni talab etdi. Masalan, Facebook ijtimoiy tarmog‘ining kontent siyosatida quyidagilar keltirilgan: - foydalanuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkilotga lozim bo‘lmagan kontent haqida ma’lumot yuborishlari mumkin. Facebook ekspertlari mazkur kontentni o‘rganib chiqib, unda jamoat xavfsizligi yoki jismoniy zarar etkazishga qaratilgan xatar mavjud deb topsalar, tashkilot mazkur kontentni o‘chirib tashlaydi hamda huquq-targ‘ibot organlari bilan hamkorlikda ish olib boradi; - «Facebook» o‘z platformasida zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi yoki tazyiqqa chorlovchi bironta ham tashkilot yoki shaxsning faoliyat yuritishiga ruxsat bermaydi. Bu esa, o‘z navbatida, terrorichilik harakatlariga jalb etilgan, ommaviy yoki seriyali qotillik, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi, uyushgan jinoyatchilik gurhlarining ishtirokchilari g‘oyalarining hamda harakatlarining kibermakonda tarqalishiga chek qo‘yishga qaratilgan. 148 Bugungi kunda dunyodagi eng katta video kontentiga ega bo‘lgan «YouTube» platformasi kontentni yo‘q qilish siyosatida xalqaro terrorchilik tashkilotlari deb tan olingan guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarni alohida e’tiborga olgan. Shuningdek, terrorchilik tashkilotlari tomonidan «YouTube» platformasini tarafdorlar orttirishga qaratilgan tashviqotlar, terrorchilik hodisalarining ko‘klarga ko‘taruvchi hamda zo‘ravonlikka undovchi videolar joylashtirish maqsadida foydalanishni taqiqlaydi. Foydalanuvchi platformadagi maqbul bo‘lmagan kontentni belgilashi yoki xabar yuborishi orqali tashkilotchilarni ogohlantirishi mumkin. Bunda kontent haqida ma’lumot yuborgan shaxsning anonim bo‘lishi ta’minlanadi. «Web 3.0 texnologiyasi»ga oid foydalanuvchilar siyosatidagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, jamoat xavfsizligiga rahna soluvchi hamda ekstremizm va terrorizm ruhidagi kontentlarning keng qatlamga yoyilmasligiga qaratilgan qoidalar Vkontakte (VK), Odnoklassniki (OK), Telegram tizimlarida ham mavjud. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida dunyo davlatlarini yangona me’yorlarga amal qilinishini muvofiqlashtiruvchi xalqaro elektraloqa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar hamkorligida bir qator uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Shu bilan bir qatorda, «Vodafone» kompaniyasi ota-onalar uchun «eng yaxshi maslahatlar» cho‘ntak ma’lumotnomasi, Singapur aloqa vositalarini rivojlantirish tashkiloti onlayn muhitda ehtiyotkorlikka chaqiruvchi animasiyalashtirilgan serial ishlab chiqqan. Internet orqali bolalarga qaratilgan zo‘ravonlikka qarshi kurashish maqsadida 2003 yilda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va 149 AQSh kabi davlatlar Interpol tashkiloti bilan hamkorlikda virtual global maxsus guruhini (Virtual Global Taskforce) tashkil etganlar. YouTube platformasi zararli kontentlarga qarshi tez chora ko‘rish maqsadida davlat tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, individual insonlar va nodavlat tashkilot vakillaridan iborat «YouTube Trusted Flaggers» (Youtubening ishonchli kuzatuvchilari) dasturini yo‘lga qo‘ygan. Guruh ishtirokchilari dastur doirasida o‘quv kurslarini egallaydilar, shuning uchun ham ular tomonidan zararli deb qayd etilgan kontentlarning yo‘q qilinishi oddiy foydalanuvchi tomonidan belgilangan kontentga nisbat yuqori tezlikda amalga oshiriladi. Tashkilot hisobotiga ko‘ra, 2018 yil sentyabr oyida zo‘ravon ekstremizm mazmuniga ega Yuklangan mavzularning 90%i 10 tadan kam foydalanuvchi tomonidan ko‘rib ulgurilgan. «Facebook» kompaniyasining 2018 yildagi hisobotiga ko‘ra, 2018 yilning birinchi choragida 1,9 million Al-qoida, IshID kabi terrorchilik tashkilotlari tomonidan yuborilgan xabarlarga majburiy choralar ko‘rilgan. Taqiqlangan materiallarni o‘zida mujassam etgan 99,5% xabarlar foydalanuvchilar tomonidan belgilangunga qadar yo‘q qilingan. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling