Kibermakondagi diniy
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
kiberhujumni amalga oshirayotganlarida imkon qadar tarmoq faoliyati
yomonlashmasligiga harakat qiladilar, chunki internetdagi uzilish o‘zlarining aloqalaridagi uzulish bilan barobar. Mutaxassislar K.Sioxari va J.Rollinslarning fikriga ko‘ra, kiberhujumlar quyidagi to‘rt sohani o‘z ichiga olishi mumkin: 137 yaxlitlikning yo‘qolishi, ya'ni ma'lumotlar bir-biriga mos kelmagan holda o‘zgartirilishi mumkin; bog‘lanishning yo‘qotilishi. Bunda uzluksiz ishlovchi ma'lumot tizimlari ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar kira olmaydigan darajada o‘zgartiriladi; maxfiylikning yo‘qolishi, ya'ni ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchi uchun tanqidiy ma'lumotning ochiq bo‘lishi; moddiy yo‘q qilish, ya'ni ma'lumot tizimlari turli komandalar orqali moddiy zararni yuzaga keltirishi natijasida rejalashtirilgandek ishlashdan to‘xtaydi. Internetdan ekstremistik ruhdagi ma'lumotlar va videolarni tarqatish uchun foydalanishdan tashqari, shunday harakatlarga moyilligi bor qiziquvchilar bilan muloqotga kirishib, mahfiy yo‘naltiruvchi kuch sifatida ham foydalaniladi. Internet forumlar, chat guruhlari terrorchilik tashkilotlari va ularning tarafdorlari uchun kuchli global «askarlar» zaxirasiga aylangan. Shuningdek, kibermakon ekstremistlarning ma'lumotlarini tarqatuvchi FORUMGINA emas, balki dushmanlarga qarshi strategik va taktik innovasiya orqali ularga qarshi harakat qilish vositasi hamdir. Internet orqali terrorchilikka qarshi kurashish bo‘yicha mutuxassislar quyidagi tavsiyalarni 5 berganlar: global qamrovni inobatga olgan holda, terrorichilik ruhidagi da'vatlarni fosh etish maqsadida, ma'rifiy-tarbiyaviy mazmundagi ma'lumotlarni turli tillarda Internet orqali tarqatish; 5 Использование Интернета в террорчиических целях. Организация Объединенных Наций, май 2013 года. 138 terrorchilik maqsadida internetdan qancha ko‘p foydalansalar, o‘zlariga qarshi kurashish uchun tahliliy manba bo‘lib xizmat qiladi; axborotlar oqimidan foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom immunitetni hosil qilish. Axborotlar oqimidan foydalanishning ijobiy tomonlari bilan birga, salbiy oqibatlaridan xabardor ham etish lozim. Tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida ma'lumotning mazmuni va strategiyasini tahlil qilish muhimdir. Axborot iste'moli madaniyati axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma'lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi. Bunday madaniyat va ko‘nikmani tarbiyalash uchun axborotni qabul qilishda quyidagi savollarga asosli javob topishga harakat qilish kerak: - Bu axborotni kim uzatayapti? - Nima uchun bunday yo‘sinda uzatilmoqda? - Mazkur axbortni uzatishdan ko‘zlangan maqsad nima? Shakllangan axborot iste'moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabar, ma'lumotlarga nisbatan o‘ziga xos qalqon rolini o‘taydi. Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. Islom dini ko‘rsatmalarida ham naql qilingan biror xabarga ishonishdan avval uni tekshirib, aniqlab olish talab etiladi. Jumladan, Qur'oni Karimning Hujurot surasi 6-oyatida shunday deyiladi: «Ey mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy 139 ahvolini) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat etkazib qo‘yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz!” Bu haqida Qur'oni Karimning yana bir oyatida insonlar uchun muhim ko‘rsatma kelgan bo‘lib, unda ham turli vositalar orqali olinayotgan xabar va ma'lumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashishdan qaytariladi: «(Ey, inson!) O‘zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dilning har biri to‘g‘risida (har bir inson) mas'ul bo‘lur (javob berur)» (Isro, 36). Payg‘ambar Muhammad (a.s.)dan rivoyat qilingan bir necha hadisda ham shunday deyiladi: «xabarni tekshirish Allohdan, (unda) shoshqaloqlik qilish shaytondandir», - deganlar. Shuningdek, Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda esa, Rasululloh (a.s.): «Kishining yolg‘onchi ekanligiga uning eshitgan har bir narsasini gapiraverishi kifoya qiladi», - deganlar. Har bir olingan ma'lumotni tekshirib, asosli yoki asossiz ekanini aniqlamay turib, o‘sha ma'lumotga qarab ish tutish, Islom mohiyatiga ko‘ra, yolg‘onchi bo‘lib qolish bilan barobar bo‘ladi. Chunki bunda xabar tarqatayotgan kishining g‘arazli maqsadini amalga oshirishiga zamin yaratib beriladi. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling