Kibermakondagi diniy


Cherkov va Internet munosabatlarini tartibga soluvchi rasmiy


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

2. Cherkov va Internet munosabatlarini tartibga soluvchi rasmiy 
hujjatlar. Rpchning media va kibermakondagi faoliyatini tartibga 
soluvchi hujjatlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Rus pravoslav cherkovining ijtimoiy kontsepsiya asoslari (2000 
y.); 
2. Internetda rus pravoslav cherkovi eparxiyalarining mavjud 
bo‘lish standarti (2011 y.)
Birinchi hujjat, ya'ni rus pravoslav cherkovining ijtimoiy 
kontsepsiya asoslarining XV bobi «cherkov va dunyoviy ommaviy 
axborot vositalari» deb nomlanadi. Unda belgilanishicha, auditoriyaga u 
yoki bu xabarni etkazishda asosiy tamoyil haqiqatga tayanishgina emas, 
balki shaxs va jamiyatning ma'naviy olamini e'tiborga olish bo‘lishi lozim, 
bu esa ijobiy holatlarni ochib berish, yomonlik, gunoh va buzg‘unchilikni 
yoymaslikda o‘z ifodasini topadi.
Bundan tashqari, hujjatda Cherkov OAV bilan keskin ziddiyatga 
boradigan holatlar aynan qaysilari ekaniga aniqlik kiritilgan. Unga ko‘ra, 
Cherkov hayoti to‘g‘risidagi axborot noaniq yoki noto‘g‘ri talqin 
qilinganda, muallifning shaxsiy pozisiyasi bilan umumcherkov pozisiyasi 
aralashtirib yuborilganda ikki tomon o‘rtasida muammolar yuzaga keladi. 
Cherkov vakillari aybi bilan, ya'ni jurnalistlarning axborot olish huquqini 
asossiz cheklash, to‘g‘ri tanqidga noo‘rin reaktsiya bildirish natijasida 
ham o‘zaro tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Bu kabi muammolar tinch 
yo‘l bilan hal qilinishi lozim. Biroq yanada chuqur, printsipial konfliktlar 
yuzaga kelganda, jumladan, cherkovga tuhmat qilinganda, Yaratganga 
kufr keltirilganda cherkov quyidagi choralarni qo‘llaydi: 
1. 
Ushbu OAV yoki jurnalist bilan hamkorlikni to‘xtatadi; 


84 
2. 
Dindorlarni mazkur OAVga boykot e'lon qilishga chaqiradi; 
3. 
Davlat boshqaruv organlaridan ziddiyatni hal qilishini so‘raydi; 
4. 
Agar aybdorlar pravoslav nasroniylari bo‘lsa, ularga kanonik 
taqiqlar qo‘yadi.
Bu hujjat ko‘proq bosma nashrlar, televidenie va radiokanallarga 
nisbatan ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, elektron nashrlar, Internetda faoliyat 
ko‘rsatuvchi mustaqil OAVlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Rpchning Internetdagi faoliyatini muvofiqlashtirish masalasi 
nisbatan aniqroq bayon etilgan hujjat – Internetda rus pravoslav cherkovi 
eparxiyalarining mavjud bo‘lish standarti hisoblanadi.
Albatta, axborot-kommunikasiya texnologiyalarining keng yoyilishi 
Internetning rus tilidagi segmentida bir qator eparxial va prixod veb-
resurslari yuzaga kelishiga olib keldi. «Standart»da eparxiyaning yagona 
rasmiy saytini ochish taklifi ilgari surilgan. Unga ko‘ra, o‘zini o‘zi 
boshqaruvchi 
cherkovlar, 
ekzarxatlar, 
mitropolit 
okrgulari, 
mitropoliylarning o‘z Internet-resursi, tahririyati bo‘lishi mumkin. Ammo 
eparxiyaning rasmiy sayti bosh veb-»tugun» bo‘lishi zarur. Eparxiyaning 
bir nechta saytlarga ega bo‘lishi Internet foydalanuvchilarida ma'lumot 
qidirish vaqtida qiyinchilik va chalkashliklarga duch kelishiga sabab 
bo‘lishi mumkin.
Internet shunday muhitki, unda ochilayotgan saytlarning har birini 
nazorat qilish, tartibga solish, yopib qo‘yish muayyan bir tashkilot, deylik, 
RPCH vakolatida emas. Ammo RPCH rus tilida yurgizilayotgan 
pravoslav veb-saytlarini muntazam kuzatib, tahlil qilib boradi. Muqaddas 
Sinod tarkibidagi cherkovning jamoat va OAV bilan aloqalar saytida 
«Internetni suiiste'mol qilish bilan kurashish» bo‘limi ochilgani 


85 
yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Saytda keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 
so‘nggi yillarda Internetda ibodatxonalarga treb (alohida shaxslar 
iltimosiga ko‘ra ruhoniy tomonidan amalga oshiriluvchi xizmat) buyurtma 
qilish, shuningdek, RPCH nomidan xayriya mablag‘larini to‘plash avj 
olmoqda. Bu kabi saytlar ustidan dindorlardan ko‘plab shikoyatlar kelib 
tushadi. Mazkur saytlar ushbu xizmati uchun katta miqdorda komissiya 
ushlab qolishadi. Ammo ba'zilari Internet foydalanuvchilarning 
«buyurtma»larini «egasi»ga mutlaqo etkazmaydilar.
Saytning mazkur bo‘limida RPCH iznisiz xayriya mablag‘larini 
to‘playotgan, turli saytlarda o‘zini ruhoniy deb da'vo qilayotgan soxta 
«ota»larning ism-shariflari e'lon qilib boriladi. E'itiborli tomoni, sayt bu 
ro‘yxatni tez-tez yangilaydi. Kiberfiribgarlik elementlari namoyon 
bo‘layotgan yangi saytlar ro‘yxatga kiritilib, bu gunohli ishlardan voz 
kechgan saytlar «qora ro‘yxat»dan o‘chiriladi.

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling