Kibermakondagi diniy
Onlayn cherkovlarning bugungi faoliyati
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
2. Onlayn cherkovlarning bugungi faoliyati. Virtual olamda mavjudligi
va diniy amaliyotlarni olib borishiga ko‘ra, bugungi kunda cherkovlarni shartli ravishda uch turga bo‘lish mumkin: 1. O‘z binosida, bevosita e'tiqod qiluvchilarning ishtirokida diniy amaliyotlarni Offlayn, ya'ni faqat an'anaviy tarzda o‘tkazuvchi cherkovlar. 2. Diniy amaliyotlarni ham Offlayn, ham turli platforma va ijtimoiy tarmoqlarda jonli translyasiya qilish orqali onlayn amalga oshiruvchi cherkovlar. 3. Faqat kibermakondagina faoliyat ko‘rsatuvchi, geografik manzili va binosi mavjud bo‘lmagan, e'tiqod qiluvchilarni faqat virtual muhitda jamlaydigan cherkovlar. Birinchi turdagi cherkovlar – sizu bizga yaxshi tanish bo‘lgan an'anaviy cherkovlar. Ikkinchi turga kiritilishi mumkin bo‘lgan cherkovlar esa ham geografik nuqtai nazardan o‘z manzili, binosiga ega bo‘lgan, ham kibermakonda muayyan darajada o‘z faoliyatini olib boruvchi cherkovlardir. Aytish mumkinki, bugungi kunda axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lgan jamiyat borki, u erda mavjud bo‘lgan cherkovlarning Internetda o‘z veb-sayti bor. Ba'zilari kibermakon imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda diniy amaliyotlarni onlayn amalga oshirishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, ba'zilari faqatgina cherkov haqida muxtasar, asosiy ma'lumotlarni beruvchi manba sifatidagina foydalanadi. Masalan, Toshkentdagi Nemis Evangel-lyuteran cherkovi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida (cherkovning veb-sayti mavjud emas) asosan cherkov faoliyati, u o‘tkazayotgan tadbirlardan 71 xabar va fotolavhalarni berib borsa, AQShdagi Nortlend cherkovi o‘z veb- sayti orqali haftaning har shanba (soat 17.00 da) va yakshanba kunlari (soat 9.00-11.00 da) diniy amaliyotlarni jonli efirda o‘tkazish tajribasini yo‘lga qo‘ygan. Saytning «biz haqimizda» bo‘limida shunday deyiladi: «minglab insonlarni jamlagan cherkovimiz a'zolari orasida biror marta cherkov ostonasiga qadam bosmagan, faqat tarmoq orqali e'tiqod qiluvchilar bor. Ishonchimiz komilki, munosabatlar cherkovni shakllantiradi, devorlar emas». Biroq angliyalik futurist P. Dikson bundan qariyb 25 yil ilgari aytilgan va hozir ham aytilayotgan shu mazmundagi fikrlarga qarshi chiqib, “Istalgan paytda kompyuterni energiya manbaidan uzib, barchasidan voz kechish mumkin bo‘lgan olam reallikning o‘rnini bosa olmaydi”, deb fikr bildirgan. Ikkinchi turga Buyuk Britaniyadagi o‘nta anglikan cherkovini birlashtirgan magorministryarea.org.uk/ sayti ham yorqin misol bo‘la oladi. Bu sayt «a'zolari» bo‘lmish cherkovlar o‘z faoliyati, diniy xizmatlarini, ibodatlarni Offlayn (a'naviy tarzda) o‘tkazish bilan birga, muntazam ravishda onlayn ham olib boradi. Bular: 1) yakshanba kungi ibodat (saytda va YouTube'dagi sahifasida); 2) har payshanba tonggi ibodatlar (Zoom dasturi orqali). Ushbu cherkov vakillari amalga oshiradigan onlayn ibodatlarning o‘ziga xosligi shundaki, cherkov binosida o‘tkaziladigan ibodatlar jonli translyasiya qilinmaydi, balki aynan Internet foydalanuvchilari uchun muayyan vaqtda bir nechta ruhoniylar jalb qilingan holda amaliyotlar onlayn amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu sayt ibodatlarni faqat onlayn amalga oshirish imkonini beribgina qolmay, cherkovlarda bo‘ladigan 72 Offlayn ibodatlar sanasini ham e'lon qilib boradi va bu ibodatlarga oldindan joy buyurtma qilish xizmatini taklif etadi (1-rasm). 1-rasm Diniy ibodat va rasm-rusumlarni onlayn amalga oshirish borasida AQSh Presviterian cherkovi o‘z yo‘riqnomasiga ega. Cherkov 2020 yil aprelda «virtual makondagi ibodatlar uchun qo‘llanma»ni ishlab chiqdi va o‘z saytida e'lon qildi. Unga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyalar yoki oldindan yozib olingan amaliyotlarga Xudoni birgalikda ulug‘lash, Iso Masihning tanasi bilan bog‘liqlikda bo‘lish va Ruhning xalos etuvchi kuchini izlash sifatida qarash o‘rinli. Qo‘llanmada quyidagilar bo‘yicha yo‘riqnomalar keltirilgan: - Gibrid yig‘ilishlar doirasida ba'zi insonlar, ya'ni uyidan chiqa olmaydiganlar va kasalxonada yotganlar cherkovda o‘tayotgan ibodatlarga Real vaqt rejimida onlayn qo‘shilishiga ruxsat beriladi. Bunday hollarda ibodat qilish tartibi, ketma-ketligi o‘zgarishsiz qoladi. Ammo etakchi (pastor)lar virtual ishtirokchilar o‘zlarini jamoadan ajralib qolgandek his qilmasliklari uchun ular bilan muloqotni chat/izohlar/shaxsiy yozishmalar oynasida olib borishlari zarur. - Sirli marosimlardan cho‘qintirish va evxaristiya insonning jismonan ishtirok etishini talab qilgani bois ularni onlayn rejimda o‘tkazish yoqlanmaydi. 73 - Jamoalar faqat virtual makonda to‘planganda kundalik ibodatlardan «Umumiy ibodatlar kitobi», «Yaratganga shukur» kitobida yoxud «AQSh Presviterian cherkovi kundalik ibodati» mobil ilovasi (PC(USA) Daily Prayer app)da keltirilgan ibodat xizmatlariga tayanishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zotan, bunday ibodatlarning asosiy qismini psalomlar, muqaddas bitiklar, shukronalik va o‘tinch duolari tashkil etadi. - Kongregasional ishtirok masalasida har bir jamoa o‘zi tanlagan media-platforma imkoniyatlaridan foydalangan holda izoh, post yozish, layk bosish, repost qilish kabilar orqali o‘z ishtirokini ta'minlashi lozim. - Cherkov uchun xayr-ehson mablag‘larini to‘plashda odamlar uchun oson va qulay bo‘lgan, muntazam, avtomatlashtirilgan onlayn xizmatlarni joriy etish yo‘llarini topish zarur. - Jonli efirlarda ibodat xizmatlariga taalluqli madhiya va qo‘shiqlardan foydalanishda mualliflik huquqiga daxl qilmaslik uchun www.onelicense.net saytidagi materiallar ichidan tanlash tavsiya qilinadi. - Onlayn amaliyotlar uchun Facebook Live, Google Hangout, Periscope, Skype, YouTube, Zoom platformalari keng qo‘llanilishi mumkin. Raqamli makon dinlar, jumladan, xristian diniy jamoalari qarshisiga Internet tarmog‘ida «yashab qolish» uchun azaliy qadr-qimmat va qarashlarni qayta ko‘rib chiqish, diniy amaliyotlarning yangicha usullarini topish, ishlab chiqish talabini qo‘ymoqda. Bunga javoban deylik, 2004 yilda Anglikan cherkovi veb-ruhoniy lavozimini rasman joriy qildi va Alison Lesli ismli ayol bu lavozimga tayinlandi. Uning vazifasi sirasiga i- church.org saytida ochilgan Internet-cherkovning virtual jamoasiga etakchilik qilish, ular bilan birga yozishmalar olib borish, veb-messalarni 74 tashkil etishdir. Bu cherkovni yuqorida aytilgan ro‘yxatning uchinchi turidagi cherkovga kiritish mumkin, ya'ni o‘z binosiga ega bo‘lmagan, faqat kibermakonda mavjud bo‘lgan cherkov. Internet-cherkovlarda ko‘p uchrovchi xizmatlardan biri – bu «Xudoga maktub» yo‘llashdir. Masalan, Shvesiyada mamlakat aholisining yarmidan ortig‘i mansub bo‘lgan “Svenska kyrkan»lyuteran cherkovi o‘z veb-sayti (be.svenskakyrkan.se/)da Yaratganga maktub yo‘llash xizmatini taklif qiladi. Murojjat (maktub)ni cherkov vakillaridan biri qabul qiladi va muallifning ismi hamda iltijosini o‘z duolarida tilga oladi. Shu tariqa, iyuodatxonada qoldiriluvchi an'anaviy maktublar yangicha shakl hosil qiladi. Ukrainadagi «slovo veri»cherkovi ham o‘z veb-saytida iltijolarni «SMS» tarzida yuborish imkoni borligini e'lon qilgan. Masalan, «farzandim og‘ir betob, uning haqqiga duo qilsangiz» (2-rasm). 2-rasm Onlayn cherkovlar soni ortib borgani sari, kiberruhoniy va kiber e'tiqod qiluvchi (cherkovga mutlaqo bormasdan, faqat tarmoq orqali ibodat qiluvchi) larning safi kengayib bormoqda. Bu esa Internet- 75 cherkovlar mahalliy cherkovlarni «siqib chiqaradimi», kibermakonning e'tiborni chalg‘ituvchi «shovqin»i orasida ilohiy nurni topish mumkinmi, degan savollarni yuzaga keltirdi. Qolaversa, onlayn xizmatlar va ibodatlarning tijoriylashuvi dinning asl aqidalaridan yiroqlashish yoxud ixtiloflarni keltirib chiqarish xavfini ham oshiradi. Rus pravoslav cherkovi Sinodal bo‘limi turli veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini ruhoniy deb da'vo qilayotgan yolg‘onchi shaxslarning ro‘yxatini e'lon qilgani Internet foydalanuvchilarini hushyorlikka chorlaydi. Aniqlanishicha, firibgar «ruhoniylar» vakolati bo‘lmay turib Internet foydalanuvchilaridan yo‘llangan diniy savollarga o‘z javobi hamda maslahatlarini bergan. Qolaversa, cherkovlar nomida xayriya mablag‘larini to‘plagan. Sinodal bo‘lim, shuningdek, rus pravoslav cherkovining iznisiz mablag‘to‘playotgan bir qator saytlar va onlayn- cherkovlar ro‘yxatini ham ma'lum qilgan. Bularga: onlayn-Tserkov.RF, prayonline.ru, chasovnya-online.ru, molitvaonline.ru, bogoslov.com, simvol-veri.ru va boshqalar. Demak, o‘zini onlayn cherkov deb ta'riflayotgan va o‘z xizmatlarini taqdim qilayotgan, diniy g‘oyalari va ta'limotlarini ilgari surayotgan har qanday veb-manbaga to‘la ishonch bilan qarash noto‘g‘ri. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling