Kibermakondagi diniy
Virtual diniy jamoalarning kelib chiqishi
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
3. Virtual diniy jamoalarning kelib chiqishi. «Uchinchi to‘lqin»
kitobi muallifi E. Toffler insoniyat birinchi (primitiv hayot tarzi) va ikkinchi (industrial) to‘lqinlarni boshdan kechirib, uchinchi (postindustrial) to‘lqinga qadam qo‘yganini ta'kidlaydi. Bu davrda diniy jamoalar to‘g‘risidagi qarashlar ham o‘zgarishlarga yuz tutadi. Tarix va teologiya professori g. Snayder 1995 yildayoq «bugungi zamin: dunyo ruhi uchun kurash» kitobida virtual jamoa haqida atroflicha so‘z yuritgan. 76 Uningcha, 1990-yillar avvalida interaktiv kompyuter tarmoqlarining shiddat bilan o‘sishi elektron diskussiya guruhlarini shakllantirgan. Bunday guruhlarda insonlarni makon emas, texnologiya va mushtarak qiziqishlar birlashtirgan. Ularda makon, ijtimoiy mavqe, millat, irq, jins hech qanday ahamiyatga ega emas. Texnologiyalarning taraqqiy etishi va kompyuter ekranida suhbatdoshning tirik suratiga qarab muloqotga kirishish natijasida bu jamoalar ham kengayib boravergan. Snayder fikricha, turli mintaqa va madaniyat sohiblarining muloqotga kirishishi va o‘zaro diniy jamolarni hosil qilishi o‘rtadagi «devor»larning qulashiga olib kelib, kanadalik faylasuf M. Maklyuen ta'riflagan global qishloqni yuzaga keltirgan. Darhaqiqat, bugungi onlayn cherkovlar auditoriyasi – diniy jamoalarni turli millat va elat egalari tashkil etadi. Kimdir sog‘lig‘idagi muammolar, kimdir cherkov bilan bog‘liq qandaydir yomon xotiralar, yana kimdir o‘ta band bo‘lganligi uchun cherkovlarga shaxsan bora olmaydi. Biroq diniy e'tiqodi uni kundalik ibodatlarni bajarishga, diniy qarashlarini baham ko‘rishi mumkin bo‘lgan insonlarni topishga, uni qiynayotgan savollarga javob topishga, yaratgan bilan yuzlashishga, unga murojaat qilishga undayveradi. Ana shunda kibermakon unga yuqoridagi kabi ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Eng muhimi, kibermakon qulayligi, soddaligi, rango-rangligi bilan o‘ziga jalb etadi. Onlayn chatlar va ibodatlar jarayonida bir-birini mutlaqo tanimaydigan odamlar tanishib oladilar, fikr almashadilar, yaqinlashadilar. Shu tariqa virtual diniy jamoalar yuzaga keladi. Bora-bora bu jamoalar haftaning muayyan bir kuni va vaqtida Internetga kirib, onlayn cherkovlarda turli ibodat va 77 amaliyotlarni o‘tkazishni odat qilib oladilar. Ba'zilar uchun bu hayotining ajralmas qismiga aylanadi. AQShlik professor S. O‘Liri «Kibermakon muqaddas makon sifatida: dinning kompyuter tarmoqlarida tarqalishi» nomli maqolasida 1990-1993 yillardayoq xristian diniy forumlari (jumladan, “New Age Forum”)da shaxsan qatnashgani, chat-rumlarda shunchaki suhbat va yozishmalardan tashqari muayyan diniy marosimni birgalikda ado etish taklifi bildirilgan e'lonlarni ko‘rganini qayd etgan. Odamlar bir vaqtda forumga kirib, rituallarni amalga oshirayotganidan hayratda ekanini bayon qilgan. Bir-birini mutlaqo tanimaydigan, turli shaharlarda yashaydigan odamlar bir jamoaga birlashib, muntazam ravishda onlayn bajarishiga guvoh bo‘lib, bu fenomen haqida nima deb yozish yoki qanday tadqiq etishga shoshib qolganini yashirmagan. Olim M. Vindxem esa pastor sifatidagi 13 yillik tajribasi va olib borgan ilmiy tadqiqoti davomida virtual diniy jamoalarning a'zolarida dinning asl aqidasidan, an'anaviy cherkovlardan voz kechishga moyillik sezmaganini qayd etgan. Cherkovning sodiq e'tiqod qiluvchilari kibercherkov yoxud internetdagi boshqa diniy veb-manbalarga ma'naviy olamini boyituvchi, diniy amaliyotlarni qulay vaqt va usulda qo‘shimcha bajarish imkoniyatini beruvchi vosita sifatida qarashini ta'kidlagan. Bugungi kunda diniy jamoalar ibodatlarni birga ado etish bilan birga, turli xayriya aktsiyalari, cherkov tomonidan amalga oshiriluvchi turli loyihalarda faol ishtirok etishiga guvoh bo‘lish mumkin. Jamoalarning yuzma-yuz yoki masofadan turib bo‘lsa-da birgalikda olib borgan tadbirlar haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan postlar, suratlar, 78 videolavhalar boshqalarda ham qiziqish uyg‘otadi va bunday jamoalar safi kengayishiga turtki bo‘ladi. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling