Kibermakondagi diniy
Cherkov va Internet munosabatlarini tartibga soluvchi rasmiy
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
2. Cherkov va Internet munosabatlarini tartibga soluvchi rasmiy
hujjatlar. Rpchning media va kibermakondagi faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Rus pravoslav cherkovining ijtimoiy kontsepsiya asoslari (2000 y.); 2. Internetda rus pravoslav cherkovi eparxiyalarining mavjud bo‘lish standarti (2011 y.) Birinchi hujjat, ya'ni rus pravoslav cherkovining ijtimoiy kontsepsiya asoslarining XV bobi «cherkov va dunyoviy ommaviy axborot vositalari» deb nomlanadi. Unda belgilanishicha, auditoriyaga u yoki bu xabarni etkazishda asosiy tamoyil haqiqatga tayanishgina emas, balki shaxs va jamiyatning ma'naviy olamini e'tiborga olish bo‘lishi lozim, bu esa ijobiy holatlarni ochib berish, yomonlik, gunoh va buzg‘unchilikni yoymaslikda o‘z ifodasini topadi. Bundan tashqari, hujjatda Cherkov OAV bilan keskin ziddiyatga boradigan holatlar aynan qaysilari ekaniga aniqlik kiritilgan. Unga ko‘ra, Cherkov hayoti to‘g‘risidagi axborot noaniq yoki noto‘g‘ri talqin qilinganda, muallifning shaxsiy pozisiyasi bilan umumcherkov pozisiyasi aralashtirib yuborilganda ikki tomon o‘rtasida muammolar yuzaga keladi. Cherkov vakillari aybi bilan, ya'ni jurnalistlarning axborot olish huquqini asossiz cheklash, to‘g‘ri tanqidga noo‘rin reaktsiya bildirish natijasida ham o‘zaro tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Bu kabi muammolar tinch yo‘l bilan hal qilinishi lozim. Biroq yanada chuqur, printsipial konfliktlar yuzaga kelganda, jumladan, cherkovga tuhmat qilinganda, Yaratganga kufr keltirilganda cherkov quyidagi choralarni qo‘llaydi: 1. Ushbu OAV yoki jurnalist bilan hamkorlikni to‘xtatadi; 84 2. Dindorlarni mazkur OAVga boykot e'lon qilishga chaqiradi; 3. Davlat boshqaruv organlaridan ziddiyatni hal qilishini so‘raydi; 4. Agar aybdorlar pravoslav nasroniylari bo‘lsa, ularga kanonik taqiqlar qo‘yadi. Bu hujjat ko‘proq bosma nashrlar, televidenie va radiokanallarga nisbatan ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, elektron nashrlar, Internetda faoliyat ko‘rsatuvchi mustaqil OAVlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Rpchning Internetdagi faoliyatini muvofiqlashtirish masalasi nisbatan aniqroq bayon etilgan hujjat – Internetda rus pravoslav cherkovi eparxiyalarining mavjud bo‘lish standarti hisoblanadi. Albatta, axborot-kommunikasiya texnologiyalarining keng yoyilishi Internetning rus tilidagi segmentida bir qator eparxial va prixod veb- resurslari yuzaga kelishiga olib keldi. «Standart»da eparxiyaning yagona rasmiy saytini ochish taklifi ilgari surilgan. Unga ko‘ra, o‘zini o‘zi boshqaruvchi cherkovlar, ekzarxatlar, mitropolit okrgulari, mitropoliylarning o‘z Internet-resursi, tahririyati bo‘lishi mumkin. Ammo eparxiyaning rasmiy sayti bosh veb-»tugun» bo‘lishi zarur. Eparxiyaning bir nechta saytlarga ega bo‘lishi Internet foydalanuvchilarida ma'lumot qidirish vaqtida qiyinchilik va chalkashliklarga duch kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Internet shunday muhitki, unda ochilayotgan saytlarning har birini nazorat qilish, tartibga solish, yopib qo‘yish muayyan bir tashkilot, deylik, RPCH vakolatida emas. Ammo RPCH rus tilida yurgizilayotgan pravoslav veb-saytlarini muntazam kuzatib, tahlil qilib boradi. Muqaddas Sinod tarkibidagi cherkovning jamoat va OAV bilan aloqalar saytida «Internetni suiiste'mol qilish bilan kurashish» bo‘limi ochilgani 85 yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Saytda keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda Internetda ibodatxonalarga treb (alohida shaxslar iltimosiga ko‘ra ruhoniy tomonidan amalga oshiriluvchi xizmat) buyurtma qilish, shuningdek, RPCH nomidan xayriya mablag‘larini to‘plash avj olmoqda. Bu kabi saytlar ustidan dindorlardan ko‘plab shikoyatlar kelib tushadi. Mazkur saytlar ushbu xizmati uchun katta miqdorda komissiya ushlab qolishadi. Ammo ba'zilari Internet foydalanuvchilarning «buyurtma»larini «egasi»ga mutlaqo etkazmaydilar. Saytning mazkur bo‘limida RPCH iznisiz xayriya mablag‘larini to‘playotgan, turli saytlarda o‘zini ruhoniy deb da'vo qilayotgan soxta «ota»larning ism-shariflari e'lon qilib boriladi. E'itiborli tomoni, sayt bu ro‘yxatni tez-tez yangilaydi. Kiberfiribgarlik elementlari namoyon bo‘layotgan yangi saytlar ro‘yxatga kiritilib, bu gunohli ishlardan voz kechgan saytlar «qora ro‘yxat»dan o‘chiriladi. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling