Kibermakondagi diniy
Kiberfatvolar – eng ommabop diniy faoliyat sifatida
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
2. Kiberfatvolar – eng ommabop diniy faoliyat sifatida.
Darhaqiqat, raqamli texnika va texnologiyalarning imkoniyatlari oshgani sari dinlarning, xususan, Islom diniga oid atamalarni an'anaviylikdan kibermakonga transformasiyasini ifodalovchi «kiber Islom muhiti», «onlayn Islom», «onlayn fatvo», «raqamli fatvo», «kiber fatvo», «kiber jihod», «e-jihod» va boshqa shakllari keng iste'foda etilmoqda. Tadqiqotimizda mazkur atamalarning aynan «kiber» so‘zi bilan birga yuritiladigan shakllarini tanlab oldik. Xususan, «kiber fatvo» va «kiber jihod» ko‘rinishida. Zero, mazkur diniy jarayonlarni kibermakonda amalga oshiruvchi asosiy vosita kompyuter-media texnikasi bo‘lib, kibermakon dunyo kompyuter tarmoqlarining «virtual» umumiy majmuidir. Shuningdek, «onlayn fatvo» bo‘lishi uchun mustafti va mufti bir vaqtning o‘zida onlayn bo‘lishi yoki onlayn xizmat ko‘rsatish tizimi orqali savol yo‘llashi talab etiladi. Fikrimiz tasdig‘i sifatida axborot- kommunikasiya texnologiyalari izohli lug‘atida keltirilgan ta'rifni keltiramiz: «onlayn – foydalanuvchi bilan bevosita o‘zaro aloqada ishlash maromi». Albatta, etuk din olimlarining ma'lum masalalar yuzasidan bergan javoblarini Internet orqali tez topishning ijobiy jihatlari ko‘p. Shu bilan birga, berilgan elektron javob aynan o‘sha olimga tegishli ekanligini hamda Islom aqidalariga zid emasligini tekshirish lozim. Chunki individual shaxslar internetni va fatvolardan vosita sifatida foydalanib, o‘z mavqelarini orttirishga urinadilar. 93 Bularga misol qilib, 2004 yilda Qarzoviyning ayollarni jihodda ishtiroki to‘g‘risidagi onlayn savol-javobi, 2009 yilda Abu Qatoda muqaddas jangga va mo‘tadil musulmonlarni hamda Al-qoidaga qarshilarni o‘ldirish to‘g‘risidagi onlayn fatvosini keltirishimiz mumkin. Fatvo so‘zi Oyatillo Humayniy tomonidan «shaytoniy oyatlar» romani muallifi Salmon Rushdiyni o‘ldirishni buyurib chiqargan fatvosidan so‘ng global miqyosda qo‘llana boshlangan. Fatvo so‘zi – Arabcha so‘z bo‘lib, «futya” (ايتف) tarzida ham qo‘llaniladi, uning asl ma'nosi «savol so‘rash» bo‘lib, gohida «javob berish» ma'nosini anglatadi. «Fatvo bermoq» fe'li (ىتفأ), «biror narsani tushuntirib bermoq» ma'nosini anglatadi. Masalan, biror kishining ko‘rgan tushi haqida fatvo berdim deganda, uning ta'birini aytib berish tushuniladi. Biror masala haqida fatvo berdim, deyilsa shu savolga javob berilganini anglatadi. Istilohda esa, so‘ragan kishiga shar'iy dalil asosida hukmni bayon qilishga nisbatan qo‘llaniladi 3 . Fatvo berish Nabiy (a.s.) zamonlarida boshlangan bo‘lib, bu ish bilan, odatda, shaxsan o‘zlari shug‘ullanganlar. Fatvo masalasida ham, qozilik masalasida ham musulmonlarning murojaat qiladigan yagona manbai hisoblanganlar. U kishining fatvolari Alloh taolo tomonidan vahiy qilingan Rasululloh (a.s.) bilan sahobiylar o‘rtasidagi suhbatlar, odatda, savol-javob tarzida bo‘lgan. Rasululloh bilganlariga javob berar, bilmaganlariga Alloh taolodan shu savolga javobni bildirishni so‘rar edilar. 3 Ал-мавсуъа Ал-фиқҳия. – Визарату-л-авқафи ва-ш-шуъуни-л-исламия. Ж. 32. – Б. 20. ةرازو – .ةيهقفلا ةعوسوملا( .ج .ةيملاسلاا نوؤشلاو فاقولأا 23 .ص . 32 ) 94 Rasululloh (a.s.)dan so‘ng sahobiylar, ulardan keyin tobeiylar fatvo berganlar. Ulamolarning ta'kidlashicha, ilmning omonatdorligi og‘ir hisoblanadi. Shu bois, faqihlar doimiy xavf va mas'uliyat xavotiri bilan yashagan. Bu holat ularning butun ilmiy faoliyatlarida davom etgan. Islomning dastlabki vaqtlarida olimlarning aksariyati fatvo berishdan o‘zini olib qochgan. Ular o‘z zamonasining etuk bilimdoni bo‘lsa ham, hech qachon «bilmayman» degan so‘zni aytishdan uyalmagan. Ibn Abu Ya'lodan rivoyat qilinishicha: «Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalaridan bo‘lgan bir yuz yigirmata Ansoriyni ko‘rdim, ulardan bir savol so‘ralsa, biri ikkinchisiga yuborar edi, shu tariqa savol eng birinchi so‘ralgan kishiga qaytib borar, ular bir gap aytmasin yoki biror narsa haqida so‘ralmasin, o‘zining do‘sti undan ko‘ra yaxshiroq bilishini aytmoqni afzal deb bilar edilar». Islom ta'limotiga ko‘ra, o‘zi bilmaydigan masala bo‘yicha yoki haqiqatga xilof ravishda fatvo beruvchi kishi Allohning uqubatiga yo‘liqishi ta'kidlanadi. Bunga quyidagi oyat dalil bo‘la oladi: «Alloh nomidan yolg‘on to‘qib, tillaringizga kelgan yolg‘onni gapirib: «bu halol, bu harom» deyavermangiz! Chunki Alloh sha'niga yolg‘on to‘qiydigan kimsalar sira najot topmagaylar» (Nahl:116). Fatvo berish o‘ziga xos ilm bo‘lib, uni amalga oshirishda xotirjamlik va yaxshilab fikrlab ko‘rish talab etiladi. Bundan asosiy maqsad, boshqa bir muqobil javob turganda to‘g‘ri yo‘l tuta bilish. Javob berishga o‘ch bo‘lish sahobalar va ulardan keyingi olimlar tutgan yo‘l emas, balki ular ko‘pincha o‘zlaridan bilimliroq deb bilgan kishiga savolni havola etardilar. 95 Islom qoidalariga binoan fatvo berish huquqi faqatgina aqida, fiqh ilmida mukammal darajaga etgan, Qur'on tafsirlari va turli ilmlari bilan to‘liq yod biluvchi, qolaversa, «muftiy» (fatvo beruvchi) martabasiga ega bo‘lgan muayyan shaxslargagina berilishi ma'lum. Fatvo masalasidagi muhim jihatlardan yana biri – bugungi kunda ommaviy axborot vositalari, Sputnik kanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri fatvo berish amaliyoti avj olmoqda. Bunday vaziyatda fatvo beruvchi fatvo so‘rovchining ijtimoiy, ruhiy, moddiy holati to‘g‘risida hech qanday ma'lumotga ega bo‘lmay, fatvo berib yuboraveradi. Bu esa, o‘z navbatida, bir yoki o‘n kishi emas, balki dunyo bo‘ylab turli mazhabdagi millionlab musulmonlar orasida turli anglashilmovchilik va buning oqibatida, nizolarning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Vaholanki, fiqhiy kitoblarda qayd etilishicha, muftiy yuksak diniy ilm sohibi bo‘lishi bilan bir qatorda, o‘zi yashab turgan zamonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyati va shundan kelib chiqadigan insonlarning turli muammolarini teran baholay olishi kerak. Zero, kishi mujtahid bo‘lmasdan turib muftiylik maqomiga erishmaydi. Zamonaviy axborot texnologiyalari paydo bo‘lgandan so‘ng mazkur masalaning tajdrijiy rivojini alohida o‘rganish talab etdi. Fatvo masalasidagi muhim jihatlardan yana biri bu – bugungi kunda ommaviy axborot vositalari, orbital sun'iy yo‘ldosh kanallari orqali to‘g‘ridan- to‘g‘ri fatvo berish amaliyoti avj olmoqda. Fatvo mas'uliyati va undan kelib chiqadigan xatarlarning oldini olish maqsadida Misr muftiysi, Shayx Ali Juma musulmonlarga fatvo berish bo‘yicha yagona markaz tashkil etish masalasini ko‘targan. Bu taklif ko‘pgina davlatlarda, jumladan, Jiddadagi Islom fiqhi akademiyasi (Saudiya Arabistoni), Hindiston Islom 96 fiqhi Assambleyasi, Indoneziya Islom markazi va Kuvayt xalqaro Vasatiya markazlari tomonidan ijobiy qabul qilingan. «Yagona fatvo rejasi»ga ko‘ra Islom ulamolari tortishuviga sabab bo‘layotgan masalalarga barham berishda keng miqyosda tadqiqot ishlarini olib borish rejalashtirilgan. So‘nggi yillarda teleefirlar orqali fatvo chiqaruvchilar soni ortgani hamda efir vaqtida fatvo beruvchilarga qo‘yilgan shartlarga rioya qilmay fatvo berish holatlari ko‘payganini inobatga olib, Misrning al-Azhar universiteti va uning tarkibidagi «fatvo uyi» (dar al-ifto) 2017 yilda noqonuniy ravishda, teleefir orqali fatvo chiqarishni taqiqlagan. Amerikaning katolik universiteti professori jon Anderson musulmonlarning kibermakonda namoyon bo‘lishini uch bosqichga bo‘lgan. Birinchi bosqich 1980 yillarda Internet bilan bog‘liq yuqori texnologiyalarda faoliyat yuritgan talabalardan boshlangan. Ular o‘sha vaqtlardagi diniy matnlarni sharhlovchi zamonaviy texnikalardan farq qiluvchi yangi texnologiyada Qur'on oyatlari va hadislarni onlayn joylashtirganlar. Onlayn matnlarni musulmon davlatlaridan yuklab oluvchilar soni ortib bordi. Talabalarning aksariyati Evropa va Amerika universitetlarining musulmon assosiasiyasi a'zolari bo‘lgan hamda «Islomni global tushunish»ni amalga oshirishga qiziqishlari katta bo‘lgan. Kiber Islomning ikkinchi bosqichi 1990 yillarning o‘rtalaridan oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga qamrab olgan. Bunda o‘sha vaqtlardagi xorijiy aloqa kanallariga javob sifatida paydo bo‘lgan. Andersonning fikriga ko‘ra, bu bosqichda strategiyalarning rasmiylashuvi va radikal faoliyatning ko‘payishi kuzatilgan. 97 Uchinchi bosqich joriy bosqich bo‘lib, kibermakonda Islom mo‘'tadil ravishda, ya'ni hayot va dinning muvofiq kelishida namoyon bo‘lmoqda. Bu bosqichda aksariyat veb saytlar faqatgina ta'lim yoki ma'lumot beruvchi bo‘libgina qolmay, interfaol shaklga o‘tdi. Shuningdek, ko‘p tillarda faoliyat yurituvchi portallar rivojlandi hamda mutanosib ravishda mazkur saytlardan foydalanuvchilar soni keskin ortdi. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling