Kibermakondagi diniy
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar
- Islom diniga oid ibodatlar va kibermakon Reja
- 1. Islom dini doirasida dastlabki veb saytlar faoliyati tahlili.
89 Mavzu yuzasidan savollar: 1. Dastlabki kibercherkov haqida ma'lumot bering. 2. Onlayn cherkovlarni diniy amaliyotlar olib borishiga nisbatan qanday tasniflash mumkin? 3. Raqamli makonda xristian dini jamoalarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? 4. Virtual diniy jamoalar va ularning bugungi kundagi faoliyati haqida so‘zlab bering. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Mullins T. Online church: a biblical community. Palm Beach Gardens, 2011. 2. Kelley O’Connor. Surviving the storm: church online 24/7. Madison, New Jersey, 2016. 3. Hasanboev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. – Toshkent: «Toshkent Islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2014. 4. Niyazova Sh. Virtual olamga dinning kirib kelish shakllari. // U.Uvatov – manbashunoslik va hadisshunoslik darg‘asi ilmiy-amaliy anjuman. Materiallar to‘plami. – T.: 2021, – B. 206-210. 90 9-Mavzu: Islom diniga oid ibodatlar va kibermakon Reja: 1. Islom dini doirasida dastlabki veb saytlar faoliyati tahlili. 2. Kiberfatvolar – eng ommabop diniy faoliyat sifatida. 3. O‘zbekistondagi onlayn fatvo saytlari tahlili. 1. Islom dini doirasida dastlabki veb saytlar faoliyati tahlili. Jamiyat rivojlanishining yangi, axborotli bosqichiga o‘tilishi ijtimoiy hayotning barcha sohalariga turli ko‘rinishdagi o‘zgartirishlar kiritish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Jamiyat – bu kishilar umumiyligi, davlatning butun belgilarini o‘z ichiga oladigan birligidir. «Axborotlashgan jamiyat – ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chiqarish, unga «ishlov berish», saqlash va jamiyat a'zolariga etkazishga bog‘liq ekanini anglatadigan tushuncha». Jamiyatni axborotlashtirish esa – bu global ijtimoiy jarayon va umumjamiyat ishlab chiqarish sohasidagi etakchi faoliyat turi bo‘lib, zamonaviy mikroprosessor va kompyuter texnikalari hamda axborot almashinuvida foydalaniladigan boshqa turli xil texnik vositalar yordamida axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va foydalanish jarayonlari majmuidir. XX asrning ikkinchi yarmidan insonlarning urush va qurolli mojarolar, qashshoqlik, tengsizlik, iqlim o‘zgarishi va boshqa omillar sababli ommaviy ko‘chib o‘tish holatlari kuzatilmoqda. Bularning orasida musulmonlar ham mavjud. O‘zga davlatdagi musulmon migrantlari diniy 91 masala yuzasidan vujudga kelgan savollariga javob topishga imkon izlaganlar. Shu maqsadda Internet orqali musulmon davlatlaridagi din ulamolaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishga erishganlar. Masalan, 1997 yil 24 iyunida Qatarda ro‘yxatdan o‘tib, Arab va ingliz tillarida faoliyatini boshlagan «IslamOnline.net» veb sayti fatvolar zaxirasiga ega bo‘lgan e'tiborli saytlardan biri bo‘lgan. Saytning «jonli fatvo bo‘limi» orqali istalgan tashrifchining savolni yozma yo‘llash orqali o‘sha vaqtning o‘zida muftiyning javobini olish imkoniyati yaratilgan. Kibermakondagi diniy jarayonlarning shiddati ortishi natijasida ma'lum masalalarga yo‘naltirilgan veb saytlarni ochishga ehtiyoj yuzaga keldi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi musulmonlar auditoriyasiga hamda aynan fatvo berishga mo‘ljallangan «Fatwa-online.com» sayti 1999 yilda Madina shahrida ro‘yxatdan o‘tib faoliyatini boshladi. Saytning maqsadi – Saudiya Arabistoni olimlari tomonidan Arab tilida chiqarilgan fatvolarni ingliz tiliga tarjima qilgan holda ilk bor onlayn tarzda ingliz tilida insonlarga etkazish bo‘lgan. Media va axborot-kommunikasiya texnologiyalari fatvoning global miqyosda yoyilishiga olib keldi. Tadqiqotchi Yusuf Salxeyn fikriga ko‘ra, shunday trendlarning so‘ngisi – bu «raqamli fatvo» atamasi. Yangi Meksika universiteti falsafa fanlari doktori S.Dhar musulmonlarning global tarmoqdagi savol-javoblari 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so‘ng keskin ortganini qayd etgan. Olimning fikriga ko‘ra, voqealar rivoji yangi ikki asosiy tushunchaning vujudga kelishiga olib keldi. Birinchidan, «e- jihod» (elektron jihod) – harbiy harakatlarni ilgari suruvchi hamda tinch yo‘l orqali qarshiliklarni muvofiqlashtiruvchi onlayn faoliyat. Ikkinchisi, 92 din peshvolarining Internet makoniga onlayn fatvolardagi ziddiyatlar bilan kirib kelishi hamda turli voqealarga ta'siridir. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling