Kibermakondagi diniy


 Onlayn cherkovlarning bugungi faoliyati


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

2. Onlayn cherkovlarning bugungi faoliyati. Virtual olamda mavjudligi 
va diniy amaliyotlarni olib borishiga ko‘ra, bugungi kunda cherkovlarni 
shartli ravishda uch turga bo‘lish mumkin: 
1. 
O‘z binosida, bevosita e'tiqod qiluvchilarning ishtirokida diniy 
amaliyotlarni Offlayn, ya'ni faqat an'anaviy tarzda o‘tkazuvchi cherkovlar.
2. 
Diniy amaliyotlarni ham Offlayn, ham turli platforma va ijtimoiy 
tarmoqlarda jonli translyasiya qilish orqali onlayn amalga oshiruvchi 
cherkovlar.
3. 
Faqat kibermakondagina faoliyat ko‘rsatuvchi, geografik manzili va 
binosi mavjud bo‘lmagan, e'tiqod qiluvchilarni faqat virtual muhitda 
jamlaydigan cherkovlar.
Birinchi turdagi cherkovlar – sizu bizga yaxshi tanish bo‘lgan 
an'anaviy cherkovlar. Ikkinchi turga kiritilishi mumkin bo‘lgan cherkovlar 
esa ham geografik nuqtai nazardan o‘z manzili, binosiga ega bo‘lgan, ham 
kibermakonda muayyan darajada o‘z faoliyatini olib boruvchi 
cherkovlardir. 
Aytish 
mumkinki, 
bugungi 
kunda 
axborot 
texnologiyalaridan xabardor bo‘lgan jamiyat borki, u erda mavjud bo‘lgan 
cherkovlarning Internetda o‘z veb-sayti bor. Ba'zilari kibermakon 
imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda diniy amaliyotlarni onlayn 
amalga oshirishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, ba'zilari faqatgina cherkov 
haqida muxtasar, asosiy ma'lumotlarni beruvchi manba sifatidagina 
foydalanadi. Masalan, Toshkentdagi Nemis Evangel-lyuteran cherkovi 
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida (cherkovning veb-sayti 
mavjud emas) asosan cherkov faoliyati, u o‘tkazayotgan tadbirlardan 


71 
xabar va fotolavhalarni berib borsa, AQShdagi Nortlend cherkovi o‘z veb-
sayti orqali haftaning har shanba (soat 17.00 da) va yakshanba kunlari 
(soat 9.00-11.00 da) diniy amaliyotlarni jonli efirda o‘tkazish tajribasini 
yo‘lga qo‘ygan. Saytning «biz haqimizda» bo‘limida shunday deyiladi: 
«minglab insonlarni jamlagan cherkovimiz a'zolari orasida biror marta 
cherkov ostonasiga qadam bosmagan, faqat tarmoq orqali e'tiqod 
qiluvchilar bor. Ishonchimiz komilki, munosabatlar cherkovni 
shakllantiradi, devorlar emas». Biroq angliyalik futurist P. Dikson bundan 
qariyb 25 yil ilgari aytilgan va hozir ham aytilayotgan shu mazmundagi 
fikrlarga qarshi chiqib, “Istalgan paytda kompyuterni energiya manbaidan 
uzib, barchasidan voz kechish mumkin bo‘lgan olam reallikning o‘rnini 
bosa olmaydi”, deb fikr bildirgan.
Ikkinchi turga Buyuk Britaniyadagi o‘nta anglikan cherkovini 
birlashtirgan 
magorministryarea.org.uk/
sayti ham yorqin misol bo‘la 
oladi. Bu sayt «a'zolari» bo‘lmish cherkovlar o‘z faoliyati, diniy 
xizmatlarini, ibodatlarni Offlayn (a'naviy tarzda) o‘tkazish bilan birga, 
muntazam ravishda onlayn ham olib boradi. Bular:
1) yakshanba kungi ibodat (saytda va YouTube'dagi sahifasida);
2) har payshanba tonggi ibodatlar (Zoom dasturi orqali).
Ushbu cherkov vakillari amalga oshiradigan onlayn ibodatlarning 
o‘ziga xosligi shundaki, cherkov binosida o‘tkaziladigan ibodatlar jonli 
translyasiya qilinmaydi, balki aynan Internet foydalanuvchilari uchun 
muayyan vaqtda bir nechta ruhoniylar jalb qilingan holda amaliyotlar 
onlayn amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu sayt ibodatlarni faqat onlayn 
amalga oshirish imkonini beribgina qolmay, cherkovlarda bo‘ladigan 


72 
Offlayn ibodatlar sanasini ham e'lon qilib boradi va bu ibodatlarga 
oldindan joy buyurtma qilish xizmatini taklif etadi (1-rasm).
1-rasm 
Diniy ibodat va rasm-rusumlarni onlayn amalga oshirish borasida 
AQSh Presviterian cherkovi o‘z yo‘riqnomasiga ega. Cherkov 2020 yil 
aprelda «virtual makondagi ibodatlar uchun qo‘llanma»ni ishlab chiqdi va 
o‘z saytida e'lon qildi. Unga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyalar yoki 
oldindan yozib olingan amaliyotlarga Xudoni birgalikda ulug‘lash, Iso 
Masihning tanasi bilan bog‘liqlikda bo‘lish va Ruhning xalos etuvchi 
kuchini izlash sifatida qarash o‘rinli. Qo‘llanmada quyidagilar bo‘yicha 
yo‘riqnomalar keltirilgan: 
- Gibrid yig‘ilishlar doirasida ba'zi insonlar, ya'ni uyidan chiqa 
olmaydiganlar va kasalxonada yotganlar cherkovda o‘tayotgan 
ibodatlarga Real vaqt rejimida onlayn qo‘shilishiga ruxsat beriladi. 
Bunday hollarda ibodat qilish tartibi, ketma-ketligi o‘zgarishsiz qoladi. 
Ammo etakchi (pastor)lar virtual ishtirokchilar o‘zlarini jamoadan ajralib 
qolgandek 
his 
qilmasliklari 
uchun 
ular 
bilan 
muloqotni 
chat/izohlar/shaxsiy yozishmalar oynasida olib borishlari zarur.
- Sirli marosimlardan cho‘qintirish va evxaristiya insonning 
jismonan ishtirok etishini talab qilgani bois ularni onlayn rejimda 
o‘tkazish yoqlanmaydi.


73 
- Jamoalar faqat virtual makonda to‘planganda kundalik 
ibodatlardan «Umumiy ibodatlar kitobi», «Yaratganga shukur» kitobida 
yoxud «AQSh Presviterian cherkovi kundalik ibodati» mobil ilovasi 
(PC(USA) Daily Prayer app)da keltirilgan ibodat xizmatlariga tayanishlari 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zotan, bunday ibodatlarning asosiy qismini 
psalomlar, muqaddas bitiklar, shukronalik va o‘tinch duolari tashkil etadi.
- Kongregasional ishtirok masalasida har bir jamoa o‘zi tanlagan 
media-platforma imkoniyatlaridan foydalangan holda izoh, post yozish
layk bosish, repost qilish kabilar orqali o‘z ishtirokini ta'minlashi lozim.
- Cherkov uchun xayr-ehson mablag‘larini to‘plashda odamlar 
uchun oson va qulay bo‘lgan, muntazam, avtomatlashtirilgan onlayn 
xizmatlarni joriy etish yo‘llarini topish zarur.
- Jonli efirlarda ibodat xizmatlariga taalluqli madhiya va 
qo‘shiqlardan foydalanishda mualliflik huquqiga daxl qilmaslik uchun 
www.onelicense.net
 saytidagi materiallar ichidan tanlash tavsiya qilinadi.
- Onlayn amaliyotlar uchun Facebook Live, Google Hangout, 
Periscope, Skype, YouTube, Zoom platformalari keng qo‘llanilishi 
mumkin.
Raqamli makon dinlar, jumladan, xristian diniy jamoalari qarshisiga 
Internet tarmog‘ida «yashab qolish» uchun azaliy qadr-qimmat va 
qarashlarni qayta ko‘rib chiqish, diniy amaliyotlarning yangicha usullarini 
topish, ishlab chiqish talabini qo‘ymoqda. Bunga javoban deylik, 2004 
yilda Anglikan cherkovi veb-ruhoniy lavozimini rasman joriy qildi va 
Alison Lesli ismli ayol bu lavozimga tayinlandi. Uning vazifasi sirasiga i-
church.org saytida ochilgan Internet-cherkovning virtual jamoasiga 
etakchilik qilish, ular bilan birga yozishmalar olib borish, veb-messalarni 


74 
tashkil etishdir. Bu cherkovni yuqorida aytilgan ro‘yxatning uchinchi 
turidagi cherkovga kiritish mumkin, ya'ni o‘z binosiga ega bo‘lmagan, 
faqat kibermakonda mavjud bo‘lgan cherkov.
Internet-cherkovlarda ko‘p uchrovchi xizmatlardan biri – bu 
«Xudoga maktub» yo‘llashdir. Masalan, Shvesiyada mamlakat 
aholisining yarmidan ortig‘i mansub bo‘lgan “Svenska kyrkan»lyuteran 
cherkovi o‘z veb-sayti (be.svenskakyrkan.se/)da Yaratganga maktub 
yo‘llash xizmatini taklif qiladi. Murojjat (maktub)ni cherkov vakillaridan 
biri qabul qiladi va muallifning ismi hamda iltijosini o‘z duolarida tilga 
oladi. Shu tariqa, iyuodatxonada qoldiriluvchi an'anaviy maktublar 
yangicha shakl hosil qiladi.
Ukrainadagi «slovo veri»cherkovi ham o‘z veb-saytida iltijolarni 
«SMS» tarzida yuborish imkoni borligini e'lon qilgan. Masalan, 
«farzandim og‘ir betob, uning haqqiga duo qilsangiz» (2-rasm).
2-rasm 
Onlayn cherkovlar soni ortib borgani sari, kiberruhoniy va kiber 
e'tiqod qiluvchi (cherkovga mutlaqo bormasdan, faqat tarmoq orqali 
ibodat qiluvchi) larning safi kengayib bormoqda. Bu esa Internet-


75 
cherkovlar mahalliy cherkovlarni «siqib chiqaradimi», kibermakonning 
e'tiborni chalg‘ituvchi «shovqin»i orasida ilohiy nurni topish mumkinmi, 
degan savollarni yuzaga keltirdi. Qolaversa, onlayn xizmatlar va 
ibodatlarning tijoriylashuvi dinning asl aqidalaridan yiroqlashish yoxud 
ixtiloflarni keltirib chiqarish xavfini ham oshiradi.
Rus pravoslav cherkovi Sinodal bo‘limi turli veb-saytlar va ijtimoiy 
tarmoqlarda o‘zini ruhoniy deb da'vo qilayotgan yolg‘onchi shaxslarning 
ro‘yxatini e'lon qilgani Internet foydalanuvchilarini hushyorlikka 
chorlaydi. Aniqlanishicha, firibgar «ruhoniylar» vakolati bo‘lmay turib 
Internet foydalanuvchilaridan yo‘llangan diniy savollarga o‘z javobi 
hamda maslahatlarini bergan. Qolaversa, cherkovlar nomida xayriya 
mablag‘larini to‘plagan. Sinodal bo‘lim, shuningdek, rus pravoslav 
cherkovining iznisiz mablag‘to‘playotgan bir qator saytlar va onlayn-
cherkovlar ro‘yxatini ham ma'lum qilgan. Bularga: onlayn-Tserkov.RF, 
prayonline.ru, chasovnya-online.ru, molitvaonline.ru, bogoslov.com, 
simvol-veri.ru va boshqalar. Demak, o‘zini onlayn cherkov deb 
ta'riflayotgan va o‘z xizmatlarini taqdim qilayotgan, diniy g‘oyalari va 
ta'limotlarini ilgari surayotgan har qanday veb-manbaga to‘la ishonch 
bilan qarash noto‘g‘ri. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling