Kibermakondagi diniy


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

Mavzu yuzasidan savollar 
1. 1990 yillarda texnologiyalarning rivojlanishi natijasida virtual olam 
tushunchasi nimalarni ifodalay boshladi? 
2. Videoo’yinlarda din elementlari haqidaga tadqiqotlani bilasizmi? 
3. Diniy mazmundagi videoo’yinlardan birini tahlil qilib bering. 
Adabiyotlar 
1. 
Арманова А.А. Западный опыт исследования проблемы 
существования религии в киберпространстве. Сборник 
материалов 
Международной 
молодежной 
научно-
практической конференции. 2015. 
2. 
Amber Nicole Adams. Social Networking Sites and Online 
Infidelity. Glenville, February 2017. 
3. 
Abdullaeva M.Z. «Kibermakonda din» tarixi // dinshunoslikning 
dolzarb muammolari. X to‘plam. Respublika ilmiy-amaliy 
konferentsiya materiallari. – Toshkent: TIU, 2018. – B. 35-36.
4. 
Hasanboev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy 
tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. 
–Toshkent: «Toshkent Islom universiteti» nashriyot-matbaa 
birlashmasi, 2014.


29 
4-mazvu. Kiberdinlarning genezisi va mohiyati 
Reja: 
1. Kibermakon va unga oid kontsepsiyalar tarixi. 
2. Raqamli makonda diniy jarayonlar konvergentsiyasi. 
3. Diniy jarayonlarning kibermakonda gavdalanishiga turli din 
vakillarining munosabati. 
 
Tayanch so‘zlar: 
Massivlar, “axborot jamiyati”ni qurish konsepsiyasi, “Global 
qishloq” konsepsiyasi, web texnologiyalari, kibermakonda diniy 
jarayonlar ko‘rinishlari 
1. Kibermakon va unga oid kontsepsiyalar tarixi. Bugungi kun 
uchun iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, maishiy, ilmiy kabi turli mazmundagi 
axborotlar ko‘lamining soniyalar sari shiddat bilan ortib borishi tabiiy 
holdir. Axborot okeanida kerakli ma'lumotni topish, uning «massiv»larini 
(oqim) qayta ishlash, zarur hollarda ixcham saqlovchi qurilmalarda 
saqlash yoki kerakli manzilga uzatish rivojlangan axborot texnikalari 
yordamida amalga oshirilmoqda. XX asrning 60-yillarida qator 
rivojlangan davlatlarda axborot oqimini samarali boshqarish borasida bir 
qator ishlar boshlab yuborilgan. Masalan, Yaponiyada 1960 yillardan 
2000 yilga qadar «axborot jamiyati»ni qurish kontsepsiyasi ilgari surilgan. 
Kontsepsiya mualliflari jamiyatning barcha jarayonlarida, eng avvalo, 
axborot sohasida yangi boshqarish metodlarini yaratish va joriy etish 
zarurligini o‘zlarining hukumatga yo‘llagan tavsiyalarida qayd etganlar. 


30 
Ularning fikricha, bunday metodlarning joriy etilishi ishlab chiqarish
barcha turdagi resurslar va jamoat xizmatlari hajmining ortishiga xizmat 
qiladi. Buni amalga oshirish orqali jamiyatni axborotlashtirishning asosi 
sifatida elektron hisoblash mashinalarini keng ko‘lamda tadbiq etish 
ko‘zda tutilgan. 
«Kibermakon» atamasiga turlixil ta'riflar berilgan: A.P.Zabiyako, 
E.A.Voronkova, A.V.Lapinlarning ta'riflariga ko‘ra, «Kibermakon – 
kompyuter texnologiyalari orqali yaratilgan va sun'iy shakllantirilgan 
kompyuter dasturlari muhitidagina mavjud bo‘lgan borliqning o‘ziga xos 
o‘lchovi”.
Ilmiy-texnik entsiklopedik qomusida keltirilishicha, «kibermakon – 
kompyuter xotirasida mavjud va grafika ko‘rinishidagi “virtual” makonni 
foydalanuvchi tomonidan qabul qilish» ga nisbat ishlatiladigan atama. 
Bizningcha, UNESCO rasmiy saytining ta'lim bo‘limidagi 
«texnologiya va ta'lim atamalari»ga berilgan ta'rif kibermakonning barcha 
jihatlarini qamrab olgan. Unga ko‘ra, «kibermakon dunyo kompyuter 
tarmoqlarining «virtual» umumiy majmui, hozir esa global axborot 
makonini ifodalash uchun ishlatiladi. Telefon suhbatlari, «chatlar», turli 
onlayn bahslar, kompyuter aloqasi kibermakonda amalga oshirilmoqda». 
Virtual voqelikka kirib borishning zamonaviy vositalari sifatida 
quyidagilarni keltirishimiz mumkin: internetga chiqish imkoniyati mavjud 
bo‘lgan mobil telefonlar; onlayn pultli o‘yinlar; videoqurilmalar; 
tarmoqdan tashqarida foydalanish imkonini beruvchi dasturiy ta'minotlar.
Texnik jihatdan tarixiy shakllanish bosqichida internetdagi 
jarayonlar quyidagi kartografiyani qamrab oldi: 


31 
“Web 1” - bu tarmoqning dastlabki tashkil etgan segmenti. U o‘z 
ichiga hukumat, korporativ, jamoatchilik, shaxsiy saytlar, portallar, 
bloglarni hamda onlay OAVlarini qamrab olgan. Mazkur resurslar 
segmentlarining qidiruv mashinalari (“Google”, “Yandex” va boshqa) 
orqali qidiruvda qamrab olinishi tez
“Web 2” - ijtimoiy veb yoki ijtimoiy tarmoqlar va platformalar vebi. 
Bu erdan “V kontakte”, “Facebook”, “Twitter” va boshqa ijtimoiy tarmoq 
resurslari o‘rin olgan. Mazkur segmentlar kontent foydalanuvchilar 
tomonidan yaratilganligi uchun ijtimoiy veb nomini olgan. Mazkur tarmoq 
foydalanuvchilarining istaklaridan kelib chiqqan holda, ulardagi 
ma'lumotlar qidiruv tizimlari orqali ko‘rsatilishi yoki ko‘rsatilmasligi 
mumkin. Bunday tarmoqlarda video va foto mazmunidagi kontentning 
ortayotganini kuzatish mumkin; 
«Web 3” – internetning bu segmenti nisbatan yangi hisoblanadi. Bu 
«mobil ilovalar vebi»dir. Ilovalar interfeysi planshet kompyuterlar hamda 
smartfonlar ekraniga yuklanadi. Natijada, foydalanuvchilar qidiruv 
tizimlariga murojaat qilmagan holda ilovalarning resursi va mobil qurilma 
o‘rtasida Internet aloqasini o‘rnatgan holda ishlaydilar; 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling