Kibermakondagi diniy
Olimlar tadqiqotlarida kibermakondagi diniy jarayonlarni
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
2.Olimlar tadqiqotlarida kibermakondagi diniy jarayonlarni
o‘rganilishi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kompyuterlar va Internet aloqasining ommalashuvi insonlarning ish faoliyatini engillatish barobarida, XXI asr birinchi yarmida qator ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi. Dastlab mazkur ixtirolar alohida alohida 0 2000 4000 6000 8000 10000 8130 1830 2970 Гуруҳлардаги постлар сони 16 vosita sifatida kashf etilgan, ammo Internet tarmog‘ining rivojlanishi o‘z ichiga pochta xizmatlarini, radio, televidenie, telefon aloqalarini qamrab olishi hamda axborotlarni sezilarli darajada arzon, tez va jozibali qilib uzatishi insonlar orasida ommalashuviga olib keldi. Kibermakon inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan axborot kommunikasiya texnologiyalari orqali ma'lumotni boshqarish tizimidir. 1990 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, din va diniy tashkilotlar faoliyatlarini yanada shiddatli va ommaviy olib borish kibermakonda kuzatildi. G‘arb dunyosidagi bunday jarayonlar olimlar tadqiqotlarida o‘z aksini topdi. Qator ilmiy maqolalar, doktorlik dissertasiyalari, kitoblar nashr etildi. Olim Heydi Kempbel fikricha, Internet foydalanuvchilari tarmoqda targ‘ib etayotgan diniy amallar va dunyoqarashdagi o‘zgarishlar keng jamoatchilik e'tiboriga 1995-1996 yillarda e'lon qilingan «Texnoateistlar: kibermakonda mistik daraja qayta jonlanishi mumkinmi» va «vebda (tarmoq) Ilohni izlab» nomli maqolalar orqali ilk bor etkazilgan. Shuningdek, amerikalik dinshunos Rozalind A.J. Heket «Din va Internet” maqolasida Stefan o‘Liri diniy jamoalar uchun yangi media- vositaning ahamiyatini birinchilardan bo‘lib 1996 yilda tahlil qilganligini qayd etgan. Ommaviy tus olgan Internet nafaqat G‘arb olimlarining, balki Arab dunyosida ham izlanishlarga sabab bo‘ldi. Sosiologik so‘rov natijalari tahlili aks etgan Talal Naser al-Najranning 1998 yildagi «Internetning o‘zlashtirilishi va Quvayt universiteti talabalari tomonidan foydalanishi: yangi vosita, eski qiziqishlar” mavzuidagi tadqiqoti bunga misol bo‘ladi. Ish o‘z ichiga Quvaytda internetning rivojlanish tarixi, yaqin Sharqda 17 internetning o‘rganish ahamiyati, universitetda Internet xizmati, madaniy- diniy qadriyatlar va universitet talabalari orasida olib borilgan so‘rovning tahliliy natijalarini qamrab olgan. So‘rovnomadan internetdan kim foydalanadi? Qanday foydalanadi? Nima uchun va nima sababdan foydalanadi? kabi savollar o‘rin olgan. Natijalar 589 ta talaba ishtirokidagi tahlildan olingan bo‘lib, unga ko‘ra internetdan foydalanuvchilarning 55% o‘g‘il bolalar, 35 % esa qizlardir. Foydalanuvchilarning 68 % fan va texnika fakulteti talabalari. Shuningdek, internetdan ko‘p foydalanuvchilar internetga nisbatan televizor ko‘rish, radio eshitish va gazetalar o‘qishga birmuncha kam vaqtlarini sarflaydilar. Najran ta'kidlashicha, internetga o‘xshash ommaviy vositalar o‘zlikni, tafakkurni, diniy shakllarni, o‘zni namoyon qilish modeli va ijtimoiy aktivizmning tabiatini o‘zgartiradi degan qarash o‘zini oqlamadi hamda tarixiy tajriba Internet xarakteridagi ommaviy aloqa texnologiyalari auditoriyaning o‘zgartirishini ko‘rsatdi. 1967 yilda Mak Luhan yangi media-vosita insonlarning hayot tarzini o‘zgartirishini bashorat qilgan. Uning «Global qishloq» kontsepsiyasi o‘zaro tarmoqlar orqali bog‘langan dunyoni anglatgan. 2000 yillarga kelib diniy mazmundagi veb saytlar sonining ortishi ularning faoliyati tahliliga oid izlanishlar tadqiqotchilar e'tiborini tortdi. Masalan, Yahoo tarmoq ko‘rsatkichi ma'lumotlariga ko‘ra, 2002 yilning 8 avgust kuni xristianlikka oid din va ma'naviyat bo‘limida ro‘yxatga olingan veb saytlar soni 30 130 ta bo‘lgan. 24 soat ichida mazkur ko‘rsatkich 234 taga ortib, 9 avgustda 30 364 tani tashkil etgan. Shu muddat ichida yahudiylikka oid 54 ta, 38 ta Islomga va 32 ta buddaviylik diniga oid yangi veb saytlar ro‘yxatdan o‘tgan. Bu borada Toronto 18 universiteti Dinshunoslik markazi falsafa fanlari doktori Kristofer Xelland «Internetda din: onlayn jamoalar va ishtirokchilar bilan o‘tkazilgan ijtiomiy so‘rov” mavzuidagi tadqiqotida 2001-2003 yillarda faoliyat yuritgan diniy veb saytlarni tahlil qilgan. Shuningdek, ishda bugungi kun madaniyatida Internet jamoalarining diniy amaliyotga ta'siri, internetda dinning tarixiy rivojlanishi, onlayn din va sekulyarizasiya, «simlar dunyosi»da din, onlayn din va virtual jamoalar, axborot zonalari, o‘zaro aloqa zonalari, onlayn jamoa: virtual haqiqat kabi masalalar o‘z echimini topgan. O‘rganish jarayonida tadqiqotchi xristianlar, buddaviylar va vikkanlarning virtual jamoalarini keys-stadi sifatida tahlil qilgan. Onlayn cherkovlar va Bibliya jamoalari faoliyatini Todd Mullins o‘rgangan. Muallif «onlayn cherkov an'anaviy cherkovmi?»savoliga javob bergan hamda xristian dini jamoalarining vujudga kelishida internetdan foydalanish va virtual muhitda cherkovlar tashkil etilishini tadqiq etgan. Shuningdek, kuniga 24 soat, haftasiga etti kun foaliyat yurituvchi onlayn cherkovlarni Kelli o‘Konnorning «bo‘ronda omon qolish: onlayn cherkov 24/7” nomli tadqiqotida onlayn cherkovni XXI asrda Injilni targ‘ib qilish vositasi sifatida yoritgan. Shimoliy Korolina universiteti dinshunoslik fanlari doktori Vinsent Gonzales Injilga oid video o‘yinlarni tadqiq etgan. Tadqiqotda raqamli diniy ko‘ngil ochar dasturlarning 1982 yildagi avlodidan, to 2010 yilgacha yaratilgan diniy o‘yinlar rivoji yoritilgan. Tahlilda keltirilishicha, Evangel xristianlar qarib 30 yil davomida video o‘yinlar yaratib kelganlar. 1982- 2011 yillar davomida ularning soni 773 tani tashkil etgan. Shulardan 474 tasi a'zoligini «xristian» yoki «Bibliyaga oid» deb aniqlagan. 19 Xristian jamoalaridan yana biri, Marmonlarning raqamli texnologiyalar asridagi o‘ziga xosliklarini tadqiqotchi Rozemari avans [9] tahlil etgan. Axborot kommunikasiya texnologiyalarida dinni targ‘ibi bilan bir qatorda onlayn ateizmga qiziqishning ortishi masalasi ham tadqiqotchilar nigohidan chetda qolmadi. Bu borada Amber Nikol Adamsning «ijtimoiy tarmoqlar va onlay ateizm» mavzuidagi tadqiqoti o‘ziga xos o‘rin tutadi. Muallifa ishda MySpace, Facebook, LinkedIn kabi ijtimoiy tarmoq saytlarini va ularning ijtimoiy ta'sirini ko‘rsatib bergan. Veb tarmog‘ida dinga va ateizmga targ‘ibning ortishi bilan bir vaqtda undan insonlarga zarar etkazish maqsadida foydalanuvchilar soni ham ortib bordi. Buning natijasida kiberterrorchilik degan atama shakllandi. Terrorchilar vebda nimalarni amalga oshirishlari borasida tel- Aviv universitetida 2004 yilda «kibermakonda terrorga qarshi kurash» mavzuidagi seminar tashkil etildi. Undan 200 dan ortiq tadqiqotchi va mutaxassislar ishtirok etdilar. Seminar yakuni bo‘yicha Mark Last, Abraxam KanDel tahriri ostida shu nomdagi kitob chop etildi. Kitobdan kibermakon va Internet evolyusiyasi, terroristlar va kiber terrorizm, radikal Islom va kiber jihod, terrorning yangi yo‘nalishlari, axborot terrorizmi, kibermakon jang maydoni sifatida, terroristik veb saytlarning o‘ziga xosliklari, terroristlarni aniqlashning innovasion tizimlari kabi mavzular o‘rin olgan. XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan kibermakon va undagi jarayonlar hayotning barcha jabhalari qatorida din sohasini ham qamrab olgan. Kibermakon va din yo‘nalishidagi tadqiqotlar 1990 yillarda asosan Internet va din muommolarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, XXI asrning boshlaridagi izlanishlar tahlili natijalari shuni ko‘rsatdiki, 20 tadqiqotchilarning asosiy e'tiborini raqamli texnologiyalar amaliyotida dinning targ‘ibi, ijtimoiy tarmoqlarda diniy faoliyat, onlayn cherkovlar va diniy o‘yinlar kabi masalalarning echimlari qiziqtirdi. Yuqoridagi tadqiqotlar ko‘lami va xilma xilligi kibermakon va din mavzusining tadqiq etishga ehtiyoj kuchliligini ko‘rsatadi. Bugungi globallashuv jarayoni O‘zbekistonda ham kibermakon va din borasidagi G‘arb tadqiqotlarini tanqidiy tahliliy o‘rganishni taqazo etmoqda. Zero, O‘zbekiston aholisi, ayniqsa yoshlar orasida keng ommalashayotgan turli axborot kommunikasiya texnologiyalari kibermakonga chuqur kirib borish imkonini bermoqda. Shunday sharoitda, tadqiqotlarni o‘rganish orqali kibermakonda kuzatilishi mumkin bo‘lgan turli zararli diniy- ma'naviy jarayonlarga qarshi kurashish immuniteti shakllantiriladi. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling