Kibermakondagi diniy


Kibermakondagi dastlabki diniy jamoalar


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

1. Kibermakondagi dastlabki diniy jamoalar. Texnika va 
texnologiyalarning imkoniyatlari va tezligi ortib borishi ularning insonlar 
hayot tarzining ajralmas qismiga aylanishiga olib keldi. 1970 yillardan 
kompyuterlar uchun yangi dasturlar, tizimlar, xizmatlarning joriy etilishi, 
aholi o‘rtasida ulardan foydalanishga bo‘lgan qiziqishning ortishiga 
xizmat qildi. Mazkur jarayonda ma'lum ko‘rsatkichlarga erishilgandan 
so‘ng, 1990 yillarning boshlariga borib, ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
ularning tan narxining tushirilishi kompyuterlarning ommaviy tarzda 
sotilishiga olib keldi.
1970 
yillarning 
oxirida 
modem 
dasturining 
yaratilishi 
mikrokompyuterlarning (uyda foydalaniladigan kompyuterlar yirik 
tizimga ulanmagan edi) o‘zaro telefon liniyalari orqali bog‘lanish 
imkoniyatini berdi. Bu esa o‘z navbatida Internetni ilk marotaba akademik 


14 
maqsadlardan boshqa yo‘nalishda foydalanish imkoniyatini vujudga 
keltirdi. Natijada forumlarda fikr qoldirib, yozishmalarga javob berish 
mumkin bo‘lgan jarayonlar rivojlandi. Forumlarda turli mavzularni
xususan, diniy-ma'naviy masalalarga fikr bildirish, muhokama qilish 
ommalashdi. Shunday forumlardan biri bu – «Origins» («ibtido», 
«boshlang‘ich manba»). Ushbu forumga kirish oynasida quyidagi iboralar 
o‘rin olgan: ««Origins» bu qisman din, qisman g‘arblashgan yoga 
jamiyatining shakli, qisman tinchlik harakatidir. Bu tizim bir vaqtning 
o‘zida sizning hayotingizni va dunyoni takomillashtiradi. «Origins»ning 
etakchilari yo‘q, rasmiy hayoti mavjud emas, savdo uchun emas. Chunki 
u ochiq kompyuter uchrashuvi sifatida boshlandi va hech kim 
yaratuvchilarining barchasini kim ekanini bilmaydi». Bu kabi matnli 
makonlarda muloqotga kirishishni boshlagan shaxslar internetdan 
o‘zlarining e'tiqodlarini, muammolarini ifodalash va shunchaki din haqida 
muloqot qilish vositasi sifatida foydalanishni boshladilar. Ushbu 
jarayonlarning qatnashchilari nafaqat bunday norasmiy, balki rasmiy diniy 
tashkilotlarda, ma'naviy harakatlarda faol ishtirok etishlari mumkin 
bo‘lgan. Chunki diniy munozaralarni cheklovchi markazlashgan 
boshqaruv, axloqiy tamoyillarga amal qilish nazorati hamda mazkur yangi 
vosita orqali diniy amaliyotlarda qatnashish uchun cheklov bo‘lmaganligi 
sababli Internet dinni tarqatish vositasiga aylandi.
Forumlardan keyingi bosqich – bu ma'lum bir kishilar qiziqishlari 
doirasida tashkil etilgan maxsus guruhlar. Ma'lumotlarga ko‘ra, diniy 
munozaralar olib boruvchi maxsus guruh 1983 yilning boshlarida o‘z 
faoliyatini boshlagan. Guruhning cheklovchi moderatori, munozaralar 
tsenzori bo‘lmagan, tizimning istalgan a'zosi o‘zi xohlagan narsani yozib 


15 
qoldirgan. Odatda ishtirokchilar boshqa a'zolarni munozara qilinayotgan 
mavzuga provokasiya (qiziqtirish, jalb etish) qilganlar. 
1-diagramma 
1984 yil 20 noyabrda «USENET» tizimida «net.religion.christian» 
nomli xristianlar guruhi o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 1985 yil 
13 yanvarida yahudiylar o‘zlarining dinlari haqida bahs-munozara olib 
boruvchi «net.religion.jewish» guruhiga asos soldilar. Bu bilan 
«USENET» tizimida faoliyat yurituvchi diniy guruhlar soni 3 taga etdi. 
Guruhlarni tashkil etishga bo‘lgan talab, insonlarning ma'lum din 
borasidagi qiziqishlaridan kelib chiqqan. Bunga misol qilib ularning 
faolligini 1985-86 yillar davomida guruhlarda e'lon qilingan post 
(maqola)lar sonidan ham bilib olish mumkin. (Qarang: 1-Diagramma). 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling