Kibermakondagi diniy
Diniy jarayonlarning integratsiyasi
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
2. Diniy jarayonlarning integratsiyasi. Internet turli mazmun va
shaklda ma'lumot beruvchi manbalarning cheksizligi bilan o‘z qamroviga tushgan insonning qiziqishini orttirib boradi. Bular jumlasiga diniy mazmundagi ko‘plab media arxivlar, ya'ni ma'ruzalar, Audiokitoblar, videoroliklar, tele va radio eshittirishlar, adabiyotlar, forumlar va videoo‘yinlarni kiritish mumkin. Tadqiqotchi N.V.Sviridovaning «Onlayn din» nomli maqolasida «ru» domenidagi jahon dinlari veb saytlarining qisqacha tahlili keltirilgan. Xususan, kibermakonda inson xulqining asosiy tamoyillari sifatida nazariy va empirik asosga ega anonimlik, ko‘chib o‘tish, ya'ni voqelikdan Internet makoniga o‘tish va uning aksi, obro‘orttirish, mobillik, mukkasidan ketish (immersiya) va guruhbozik masalalarini A.E.Voyskunskiy o‘rgangan. Olimning fikricha, kompyuterlashtirish psixologiyasi kiberpsixologiya asoslaridan biri bo‘ldi. Shuningdek, u «Kompyuterlashtirish psixologiyasidan Internet psixologiyasigacha» va «Internet psixologiyasining istiqbollari» kabi maqolalarida kiberpsixologiyani atroflicha tahlil etgan. 25 Virtual olamda bo‘lib o‘tayotgan jarayonlar aksariyat yoshlarning hayotiga chuqur singib ulgurgan. Bu esa ularda turli salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. A.A.Antonenko xulqdagi tobelikning alohida xususiyatlarini 9-11 sinf o‘quvchilari misolida o‘rgangan. Olim tadqiqotida o‘smirlar xulqida kuzatiladigan Internet, onlayn muloqot va kompyuter o‘yinlariga tobelikning o‘ziga xos ko‘rinishlari va salbiy oqibatlarini aniqlab, uning oldini oluvchi psixoprofilaktik metodni ishlab chiqgan. Mutaxassis D.N.Karpova fikricha, onlayn muloqotda kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavflarning ochiq va latent turlari mavjud. U ochiq turdagi xavflar sirasiga quyidagilarni kiritgan: 1) kiberxavflar moliyaviy mablag‘lar hamda shaxsiy ma'lumotlarini manipulasiyalash orqali qasddan bajarilgan ish. Shunday yo‘l bilan xavfga uchragan insonga siyosiy, ma'naviy, g‘oyaviy, madaniy va boshqa turdagi zararlarni etkazish maqsad qilib olinadi; 2) kontent xavflar – zararli Internet- kontentiga uchrash ehtimoli. Xavfli kontent deganda, insonning psixik yoki jismoniy salomatligiga disfunktsional (vazifasini buzuvchi) ta'sir etishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar tushuniladi; 3) kommunikasion xavflar – mazkur ishni amalga oshirmoqchi bo‘lgan shaxs boshqa bir inson bilan do‘stona munosabat maydonini hosil qilib, unga psixologik yoki jismoniy shikast etkazadi. D.Karpovaning latent turdagi xavflarga esa muntazam faol onlayn muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy, psixologik xatti-harakatlarida destruktiv o‘zgarishlarga olib keluvchi jarayonlarni kiritgan. Inson kibermakondan uzoq vaqt foydalanishi natijasida unda Internet tobelikning paydo bo‘lishi bilan xatarlidir. Olim R.A.Barishev 26 qayd etishicha, Internet tobelikning belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: shaxsning tarmoqdan foydalanishni doimiy kutib yashashi, ishda va uyda ovqatlanish uchun vaqtning qisqartirishi hamda monitor oldida ovqatlanishi, ish va oiladagi majburiyatlarini inkor etishi, internetda bo‘lish uchun uyquni kamaytirishi, charchoq, jizzakilik, tarmoqdan tashqarida bo‘lganda kayfiyatni tushishi va tezroq kompyuterga qaytish istagining paydo bo‘lishi. U o‘zining tadqiqotida internetga tobelik va virtual shaxs fenomenini jamiyatdan begonalashishning ikki asosiy jihati sifatida qayd etgan. Zero, fikrimizcha, kibermakonda inson erkinlikdan begonalashadi, dastlab o‘zi xohlab buni amalga oshiradi, chunki tarmoqda keng erkinlikning illyuziyasi paydo bo‘ladi. Internet tobeiga aylanganidan so‘ng esa odatda inson mustaqil ravishda ijtimoiy makonga, ya'ni jamiyat hayotiga qayta olmaydi. Kibermakonning jamiyat hayotiga ta'sir etib, tarmoq jamiyatini shakllanishiga olib keluvchi asosiy yo‘nalishlarni S.N.Xutornoy tahlil etgan. Shuningdek, videoo‘yinlar audiovizual texnikaning jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biridir. So‘ngi 20 yil davomida kompyuter o‘yinlari industriyasi o‘yin dunyosini modellashtirish va rivojlanishida sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Oddiy o‘yinlardan to o‘zining tarixi, mifologiyasi va madaniyatiga ega murakkab o‘yinlargacha rivojlandi. Bu yo‘nalishda Shimoliy Korolina universiteti dinshunoslik fanlari doktori Vinsent Gonzales Injilga oid video o‘yinlarni tahlil qilgan. Shuningdek, videoo‘yinlar va dinning o‘zaro aloqadorligini xristian diniga oid videoo‘yinlar misolida M.S.Novikova tadqiq etgan bo‘lsa, tadqiqotchi Florens posh esa multimedia veb saytlarida dinni o‘rganishda vujudga 27 keladigan qiyinchiliklarni metodologik tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bergan. Tadqiqotlarda keltirilishicha, Evangel xristianlar qariyb 30 yil davomida videoo‘yinlar yaratib kelganlar. 1982-2011 yillar davomida ularning soni 773 tani tashkil etgan. Tadqiqotchi Novikovaning qayd etishicha, xristian diniga oid videoo‘yinlar yaratish g‘oyasi 80-yillarning boshida paydo bo‘lib, «Focus on the Family» nomli Evangel xristianlari jamoat tashkiloti faoliyati bilan bog‘liq. Tashkilot g‘oyalaridan ilhomlangan «Bible Byte» videoo‘yin studiyasi 1982 yilda Injilda yoritilgan mavzularga oid qator sodda o‘yinlarni «TRS-80 ColorComputer» rusumidagi uy kompyuterlari uchun yaratgan. XX asrning 90-yillaridan esa texnologiyalardagi siljish videoo‘yinlar hajmi, shakli, maqsadi, ishtirokchilarning ortishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda, videoo‘yinlar xulqning ijtimoiy xavfli addiktiv shakli hisoblangan kompyuter o‘yinlariga tobelikni yuzaga keltirdi. Bunday tobelik insonda psixopotologik o‘zgarishlarni rivojlanishi bilan belgilanadi va ijtimoiy xulq- atvor qoidalarining buzilishi, huquqbuzarlik va o‘z joniga qasd qilishgacha olib boradi. Bu yo‘nalishda D.G.Ribaltovich o‘zining tadqiqotida turli darajadagi o‘yin addiktsiyasi bo‘lgan onlayn o‘yindan foydalanuvchilarning ruhiy holatining o‘ziga xosligini aniqlash va ularning psixoprofilaktikasi bo‘yicha tavsiyalarni asoslab bergan. Yuqorida qayd etilganidek, bugungi kunda eng zamonaviy texnologiyalardan va kishilar uchun muqaddas hisoblangan tuyg‘ulardan faol foydalangan holda inson ongi va qalbi uchun olib borilayotgan kurash Лотинча “addictus” сўзидан олинган бўлиб, муте, бирон нарсага муккасидан кетган, бутунлай содиқ, маҳрум этилган каби маъноларни билдиради. 28 o‘ta nozik tus va xatarli ko‘lam kasb etmoqda. Turli mutaassib kuchlarning Islom dini asoslarini, Qur'on oyatlari va hadislarning asl mohiyatini buzib talqin qilishi, jamiyat hayotiga tahdid soladigan ishlarni Islom bilan bog‘lashga urinayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling