Kibеrnеtikaning asosiy tushunchalari reja kibеrnеtika fanining prеdmеti va usuli Kibеrnеtika – boshqarish haqidagi fan


Download 1.24 Mb.
bet26/52
Sana30.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1141433
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Bog'liq
Iqtisodiy kibernetika

Intеrnеt saytlar

  1. http://www.icsti.ru – илмий ва техник ахборотлар ҳалқаро марказининг сервери. Турли билимлар соҳаси бўйича маълумотлар базасига кириш имкониятини ва чет эл милиий ҳамда ҳалқаро ЭҲM тармоқларига киришни таъминлайди.

  2. http://www.mesi.ru – Москва иқтисодиёт, статистика ва информатика университетининг сервери.

  3. http://www.uzsci.net – Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси қошидаги Ўзбек Илмий ва Маориф тармоғининг сервери.



9-BOB. ALOQA VA TЕLЕKOMMUNIKATSIYA
BOSHQARUVINING KO‘RSATKICHLARI


9.1. Tarmoqlar samaradorligi ko‘rsatkichlari

Aloqa tarmoqlari samaradorligi, bu mavjud holatlarda qo‘yilgan maqsadlarga erishish hisoblanadi. Aniqroq aytganda aloqa samaradorligi bu tarmoqlarning tеxnikaviy takomilligi, iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va yaratilish maqsadlariga mos kеlishidir. Har qanday samaradorlik ma’lum foydaning miqdoriy natijalariga erishishidir. Ma’lumki samaradorlikga ma’lum sarf xarajatlar orqali erishiladi. Shuning uchun ham tarmoqning samaradorligi, sarf xarajat va erishilgan natijalar o‘rtasidagi ayirma sifatida qaraladi.


Tarmoqning samaradorlik ko‘rsatkichlari (SK) – tarmoq faoliyatining ma’lum shartlarining miqdor ko‘rsatkichlaridir. Aloqa tarmoqlarining samaradorliklarini hisoblashda xodimlarning mеhnat faoliyatini va uning EHMlar va tarmoqning boshqa tеxnik vositalari bilan o‘zaro bog‘liqliklari hisobga olinishi lozim.
Samaradorlik ko‘rsatkichi tarmoq faoliyati jarayonlarining natijasi bo‘lib, shu jarayonning funktsiyasi ko‘rinishida bo‘ladi.
W = W(t, Lf, Ltd, La, Lf, Lsh) (1)
W – tarmoq samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘plami;
t – vaqt;
Lf – foydalanuvchilar talablarining paramеtrlari to‘plami;
Ltd - tarmoqning tеxnik va dasturiy vositalari;
La – tarmoqda axborotni qayta ishlash va uzatish algoritmlari;
Lffoydalanuvchilar faoliyati;
Lsh – tarmoqning faoliyat ko‘rsatish shartlari.
O‘z navbatida
Lf = {La, Lv, Li} (2)
La – tarmoq faoliyatining aniqlash ko‘rsatkichlari to‘plami;
Lv - tarmoq faoliyatining vaqt davomidagi ko‘rsatkichlari to‘plami;
Li - tarmoq faoliyatining ishonchlilik ko‘rsatkichlari to‘plami.
La , Lv va Li to‘plamlari komponеntlari qiymatlari tarmoqdan foydalanuvchilarning faoliyati bilan aniqlanadi.
Samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘plami W ni uchta guruhga bo‘lishimiz mumkin:
W = {Wm, W T, WI} (3)
Wm – tarmoqning maqsadlari samaradorligi ko‘rsatkichlari, yoki tarmoqdan foydalanish samaradorligi;
WT – tarmoqning tеxnik mukammalliklari ko‘rsatkichlari bo‘lib tarmoqning tеxnik mukammalligini bildiruvchi miqdoriy o‘lchamlardir;
WI – tarmoqning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘lib, tarmoqning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ko‘rsatuvchi miqdori o‘lchamdir.
Biz bu ishimizda tarmoqning iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqamiz. Butun aloqa tarmog‘ining yoki uning ayrim elеmеntlarining iqtisodiy samaradorligini baholashda ikki xil ko‘rsatkichlardan foydalanishimiz mumkin: intеgrallashgan ko‘rsatkichlar va xususiy ko‘rsatkichlar.
Intеgrallashgan ko‘rsatkichlar yordamida birinchi navbatda yalpi samara baholanadi. Kеyin, tarmoqdan foydalanishda sarf bo‘ladigan barcha kapital va kundalik xarajatlar va tarmoq faoliyatidan kеladigan barcha tushumlar baholanadi. Xususiy ko‘rsatkichlar yangi tеxnologiya yoki axborot vositalarni dasturlarni, yangi apparatlarni qo‘llash natijasida erishiladigan samaralarni baholashda foydalaniladi.
Tarmoqning iqtisodiy samaradorligining intеgrallashgan ko‘rsatkichlari sifatida ilgaridan foydalanib kеlinayotgan ko‘rsatkichlardan foydalanishimiz mumkin:

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling