Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish


Boshlang‘ich tijoratchilik takliflarini asoslash


Download 17.99 Kb.
bet3/3
Sana26.01.2023
Hajmi17.99 Kb.
#1126505
1   2   3
 Boshlang‘ich tijoratchilik takliflarini asoslash. Savdo-sotiqga oid takliflar samaradorligining tahlili uning dastlabki bosqichida bo‘lajak tadbirkorlik bitimlari haqida umumiy, xomcho‘t va faraz qilish asosida taxminan o‘tkaziladi. Ular quyidagi taxminiy tartibda tanlanadi: mahsulotlar va xizmat turlarining ayrim to‘pining sifatli o‘lchamlari baholanadi; mahsulot yetkazib berish vaqti va vositalar aniqlanadi; bitimni amalga oshirish davriga harajat va baholar oldindan aytiladi; mahsulot yetkazib berish yoki ko‘rsatilgan xizmatlardan olinadigan tushum yoki tadbirkorlik daromadi hisoblanadi; imkoniyatli daromad hajmi aniqlanadi. Bunda tadbirkorlik bitimlarini amalga oshirish uchun ko‘proq kapital mablag‘lari talab qilinganda, kutilayotgan daromadning o‘sishi bilan ularning solishtirish va rentabellikni hisoblash va bu mablag‘larning qoplay olishi muddatini bilish kerak.

 Kichik biznesda maslahatchi xizmatidan foydalanish

Kichik biznesga tadbirkorlik loyihalarining taqrizchilarni jalb etish, ayniqsa, muhimdir. Agarda yirik korxonalar konstruktorlar byurolar, tajriba xonalari, marketing bo‘linmalari ega bo‘lsa va kerakli tadqiqotlarni o‘tkazsa, kichik biznesning tadbirkorlik tizimlari esa ko‘p hollarda vositachilar xizmatidan foydalanadilar.

Ayniqsa, unchalik katta bo‘lmagan korxona tadbirkor-menejeri maslahatchilar xizmatidan foydalanish juda muhimdir. Maslaxatchilar tadbirkorlik g‘oyasiga yondashish yoki bu xo‘jalik qarorlarini amalga oshirishga munosabati, boy tajribasi va ko‘p qirrali malakalari yutug‘ va muvaffaqiyatsizlik sabablarini aniqlashga yordam beradi. Bu maslaxatchilar g‘oyalarini to‘g‘ri baholashga va biznesmenning obro‘sini ko‘tarishga yordam beradi. Xavf-xatarni kamaytirish uchun tadbirkorlik faoliyatida va ayniqsa, xo‘jalik xatari katta bo‘lgan joyda o‘z ishining mutaxassisi bo‘lgan maslahatchilarni tashqaridan taklif qilish foydali.


Moliya ta’minoti manbalarini izlash

Tadbirkorlik faoliyatida mablag‘ manbalarini izlashda ikkita asosiy model bor4. Keng tarqalgani, mumtoz (klassik) shakllaridan biri tadbirkorlik tuzilmalarining bor moliya zaxiralaridan eng ko‘p foyda olish uchun yo‘naltirishdan iborat. Bunda korxona tadbirkori yoki menejerining ish uslubi shundan iborat: naqd pul mablag‘larini hisoblash, tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirishda erishiladigan maqsadni o‘rganish va yuqori foyda olishni ko‘zlab qilingan boshqa xatti-harakatlar.O‘z faoliyatini boshlayotganda eng qulay pul topish yo‘llari quyidagilardan iborat:savdo-vosita xizmatidan tushgan pul jamg‘armasi yoki tovar olib-sotish, uzoq yaqin xorij mamlakatlariga borib xalq iste’mollarini oldi-sotdi qilib foyda ko‘rish, xizmatning barcha turlari, aksiyaning dividendi, obligatsiyaning foizi, merosdan pul va mulk olish, bankdagi omonatdan foyda ko‘rish, ijaraga berilgan ko‘chmas mulkdan foyda olish, xayr-saxovat va xomiylikdan tushgan mablag‘.

Ikkinchi model “Innovatsiya”. U ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun, xattoki o‘zining imkoniyatlari yetmagan taqdirda ham, har qanday imkoniyatdan foydalanishga qaratilgan. “Innovatsiya” modeli o‘zining mablag‘idan tashqari quyidagi moliya manbalarini ishlatishni taqozo qiladi: jalb qilingan mablag‘, davlat subsidiyasi, mahalliy budjet moliyasidan, bank kreditlari, kimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi, investitsiya foizlari, chet el investitsiyasi.

2005 yilda qabul qilingan Prezident qarorlari va farmonlarida kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab -quvvatlashga katta ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda bu qarorlarni amaliyotga tadbiq qilish dolbzarb masaladir. Chunki, ta’mirlash va eskirib qolgan asbob-uskunalarni almashtirish uchun investitsiyani bir necha barobarga oshirish lozimdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining .“Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish soxasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”5 14 iyun 2005 farmonida qayd etib o‘tilganidek, amaldagi qonun va nor­mativ xujjatlarining iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashti­rish bo‘yicha kutilgan vazifalarga muvofiqligi tanqidiy tahlil qilindi.




^ Qisqacha xulosalar


Rejalashtirish - boshqaruv jarayonining dastlabki bosqichlaridan biri bo‘lib, u maqsadni amalga oshirish, rivojlantirishda yo‘nalishni belgilash demakdir. Har qanday firma o‘z faoliyatini puxta va yaxshi rejalashtirishi kerak chunki, firmaning omon qolishi va foyda ko‘rishi shunga bog‘liq bo‘ladi.Rejlashtirishda maqsadni aniq belgilash,biznes loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashmaslahatchilar xizmatidan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Kichik biznesga tadbirkorlik loyihalarining taqrizchilarni jalb etish, ayniqsa, muhimdir.
Download 17.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling