Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo’yicha xorij amaliyoti
Download 178.84 Kb.
|
KICHIK BIZNES VA OILAVIY TADBIRKORLIKNI KREDITLASH
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ishning tarkibi, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq: kirish, mavzuning asosiy mazmuni va mohiyatini ifodalovchi sakkizta paragrafdan iborat uchta bob, hulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishining birinchi bobida “oila xo‘jaligi”, ”uy xo‘jaligi”, “oilaviy tadbirkorlik” tushunchalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini yangicha bozor talablaridan kelib chiqqan holda tadqiq qilindi va oilaviy biznes rivojlanishida mehnatning xarakteri va uni samaradorligini baholash usullari aniqlandi hamda oilaviy biznes sohasida mehnatni tashkil qilishga ilmiy yondashuvlar asosida xizmat bahosi va qo‘l mehnatini kamaytirish yo‘nalishlari tadqiq etildi.. Kurs ishining ikkinchi bobida tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan oilalarda mulkiy munosabatlar va daromadlarning shakllanishi, oilaviy biznes sohasida ish bilan bandlik muammolari va yangi ish o‘rinlarini ochishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlanishi tahlil qilindi va xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari aniqlandi. Kurs ishining yakuniy qismida xulosalar va tavsiyalar bayon etilgan. I. BOB. OILAVIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA MEHNATNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Oilaviy biznes rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, mazmuni va nazariy asoslariOilaviy biznesning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochish, mohiyatini to‘liq tushunish uchun oila, uy xo‘jaligi, oila xo‘jaligi kabi tushunchalarning mazmunini tadqiq qilishni taqqozo qiladi. Oila – jamiyatning, ijtimoiy–iqtisodiy hayotning boshlang‘ich bo‘g‘ini va iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida, bozor munosabatlari sharoitida o‘zining yangicha talqini va ta’rifini talab etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda “uy xo‘jaligi”ga nisbatan turlicha qarashlar shakllanib kelgan. Dastlabki uy xo‘jaliklari taraqqiyoti davomida A.Smit va uning izdoshlaridan biri bo‘lgan J.B.Sey mulohazalari diqqatga sazovordir. A.Smit omillarning sifat jihatlariga, ularning ishlatilishiga ahamiyat beradi, pirovard natijada uy xo‘jaliklarining daromadi va iste’mol imkoniyatlarini shakllantiradi. J.B.Sey mulohazalarida boylikni taqsimlash nazariyasi muomala va ishlab chiqarish nazariyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Moddiy boyliklar alohida sub’ektlar orasida emas, balki alohida sinflar o‘rtasida aylanadi. Boshqa tomondan esa, unda kapitalistni taqdirlash tadbirkorni taqdirlashdan ajratib ko‘rsatilgan. F.Engels, “Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi” nomli asarida o‘z davridagi etnografik adabiyotlardan foydalanib, oila va ayollarning ahvoli, tarixiy o‘zgarishlarini boshidan kechirgani, bu o‘zgarishlar o‘z navbatida ishlab chiqarish usulining rivoji, ayniqsa, mulkchilik shakllari bilan belgilanganligini ko‘rsatishga harakat qiladi. U oila rivojini ibtidoiy jamoadan to X1X asrning oxirgi choragigacha iqtisodning rivojlanishi asnosida bayon qiladi. Engelsning maqsadi tarixiy taraqqiyot “patriarxal oila”ga va “ayol jinsining olamshumul–tarixiy mag‘lubiyatiga”1, ya’ni ayollarni kamsitish va ekspluatatsiya qilishni kuchaytirishga olib kelishini isbotlash edi. Uning davridagi o‘rta sinfga mansub bo‘lgan monogam oilada er ishlab pul topar edi, xotin esa uy ishlari bilan band edi yoki bo‘lmasa oilaning ijtimoiy mavqeiga bog‘liq ravishda uyda o‘tirardi. Shu munosabat bilan Engels ta’kidlaydiki, ayollar erkaklarga iqtisodiy jihatdan qaram bo‘lib qolishdi va demak, ularning ixtiyori o‘zida bo‘lmagan odamlarga aylandi. A.Chayanovning “Krestyan xo‘jaliklarini tashkil etish” nomli asarida oilaviy xo‘jaliklar tuzilishi, ularning turli darajadagi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar chuqur tahlil etilgan. Uning fikricha, xo‘jalik yurituvchi oilalarning eng muhim jihati shundaki, ular hech qanday yollanma mehnatga asoslanmasdan oilalarning o‘z kuchiga tayanib xo‘jalik yuritishidir; ular ham iste’molchi xo‘jalikdir, chunki ular o‘z oldiga daromad olish emas, balki oilaning moddiy ehtiyojini qondirishni maqsad qilib qo‘yadi.2 Noklassik yo‘nalish doirasida 1992 yil Nobel mukofoti laureati G. Bekkerning ishlari katta qiziqish uyg‘otadi. Uning asarlarida oilada mehnat taqsimoti oila xo‘jaligining ishlab chiqarish vazifalari, oila daromadlarining taqsimlanishini gender nuqtai nazaridan tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oila bozordagi tovar va xizmatlarni faqat iste’mol qiluvchi emas, balki ishlab chiqaruvchi sifatida namoyon etadigan “Yangi uy xo‘jaligi nazariyasi” (G. Bekker, Dj. Minser, K. Lankaster) 60 – yillarning o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, bozor munosabatlarining shiddat bilan rivojlanishi bu muammoga yangidan yondashishni talab etmoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda, kasanachilikda va aholiga turli xil xizmatlar ko‘rsatishda oilaviy xo‘jaliklar faoliyati alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ular bugungi kunda nafaqat iste’molchi, balki tovar xo‘jaligiga aylanib bormoqda. Shu bois, hozirgi paytda, oila xo‘jaligining iqtisodiy muammosiga katta e’tibor berilmoqda va bu soha iqtisodiy nazariya faniga kiritilib, iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida qaralmoqda3. Bozor munosabatlari sharoitida oila xo‘jaligini tadqiq qilish bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilmoqda. Masalan, sotsial-demagrafik (aholishunoslik) muammolarni o‘rganishda, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat choratadbirlarining aniq va umumiy strategiyasini ishlab chiqishda, mehnat bozorining shakllanishida, aholi daromadlari va turmush darajasini tadqiq etishda, iste’mol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqishda, hamda ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechishda qaralmoqda. Fikrimizcha, bugungi kunda “oilaviy biznes” tushunchasiga nazariy qarashlarni shakllantirish uchun albatta “uy xo‘jaligi” va “oila xo‘jaligi” tushunchalarining ta’riflarini qarab chiqmoq lozimdir. Chunki, “oila xo‘jaligi”, “uy xo‘jaligi” va “oilaviy biznes” tushunchalari (kategoriyalari) to‘g‘risidagi dunyoqarash g‘arb iqtisodiy qarashlari ta’siri ostida va boshqa tomondan iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishi va tarixiy tajribalardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida shakllanmoqda. Ushbu tushunchalar bir-biridan farqlanishi bilan, ularning har uchalasi ham oilalar faoliyatini tahlil qilish bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Biroq, bu iqtisodiy tushunchalarni har birining xususiyatini hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan moxiyati hozirgacha to‘laligicha yoritilgan emas. Bu tushunchalarga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Oila to‘g‘risida A.O‘lmasovning “Oila iqtisodi” nomli risolasida “Oila - kishilarning qon-qarindoshlik, mulk va manfaat umumiyligi va talab-ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo‘lgan majmua, ya’ni mikroijtimoiy tuzilmadir”4, deb ta’riflanadi. Oila to‘g‘risida boshqa fikrlar ham bor. Masalan, “Iqtisodiy nazariya” bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga mo‘ljallangan darslikda “Oila - shaxs, oila va butun jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatini amalga oshirish uchun bir-biri bilan qarindosh urug‘chilik aloqalari asosida tashkil topgan kishilarning kichik guruhi”5 deyilgan. Iqtisodiy jihatdan qaraganda oila xo‘jaligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning boshlang‘ich bo‘g‘ini va iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti hisoblanadi. Ushbu ta’riflarda, oilaning tarkibi va aloqadorlik belgilari o‘z ifodasini topgan bo‘lib, oilaga asosan iste’mol qiluvchi sub’ekt sifatida qaraladi. Biroq, bizga ma’lumki, xozirgi davrda oila faqat iste’mol qiluvchi sub’ekt emas, balki mustaqil xo‘jalik yurituvchi, hamda iqtisodiyotning ajralmas sub’ektiga aylanib bormoqda. Shu jihatlarini hisobga olsak, ushbu ta’rifda oilaning ijtimoiy – iqtisodiy funksiyasi to‘la yoritilmagan. Umumiy holda, oilaga, nikohga asoslangan yoki kishilarning qonqarindoshlik asosida birikishi va umumiy tirikchilik yuritishda bir-biriga mas’uliyatli kishilar guruhi, deb tushunish mumkin. Biroq, statistik ma’lumotlarni olish uchun bu umumiy tushunchaga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Bu holda, ayrim belgilarni ko‘rsatib o‘tish lozim. Bir oilani boshqasidan farqlash va individni uning tarkibiga qo‘shish yoki qo‘shmaslik imkoniyatini beruvchi ayrim belgilarni kiritamiz. Odatda bunday belgilarga qarindoshlik yoki shu harakterdagi kishilar, hamda birgalikda yashovchi yoki birgalikda xo‘jalik yurituvchi kishilarning aloqadorlik belgilari xizmat qiladi. Aholini ro‘yxatga olishda, qarindoshlik yoki quda-andachilik, birga yashovchi va umumiy oila byudjetiga ega bo‘lishi kabi belgilariga qarab aniqlanadi. Fikrimizcha, oila tushunchasini bunday talqin etish uy xo‘jaligi tushunchasiga yaqinlashtiradi, aniqroq aytganda, umumiy byudjet va birikish asosida vositalarni sarf (harajat) etish kabi belgilarining borligi muhim belgi hisoblanadi. Shuning uchun ham, oila, nazariy jihatdan o‘ziga aloqador hisoblovchi barcha kishilarni ularning xohishi asosan o‘zida biriktirishi mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida, oilaga iqtisodiy sub’ekt sifatida qarash maqsadga muvofiq. Agar shunga asoslanadigan bo‘lsak unga “oila xo‘jaligi” yoki “uy xo‘jaligi” sifatida qarash lozim bo‘ladi. Respublikamizning ba’zi iqtisodchi olimlari “uy xo‘jaligi” va “oila xo‘jaligi” tushunchalarini o‘ziga xos tarzda izohlaydilar. So‘ngi yillarda bu borada M.K.Pardayev, Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayev, D.Karimova, G.M. Shodiyeva va A.Vahobovlarning adabiyotlarida aniq fikrlar aytilgan. Ularni umumlashtirgan holda o‘zimizning qarashlarimizni keltiramiz. H.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayevlarning ta’kidlashicha, uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’molchilik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish ommillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi6. D. Karimovaning fikricha, uy xo‘jaligi deganda, daromadlari va mulkini to‘liq yoki qisman bir joyga to‘playdigan ma’lum mahsulot va xizmatni, asosan yashash uchun uy xizmati va oziq-ovqat mahsulotlarini birga iste’mol qiladigan bir xonadonda yashovchi kishilar guruhi tushuniladi7. A.Vaxobov, R.Saidovlar fikricha, “iqtisodiyotning o‘z tarkibida ko‘pchilikni birlashtiruvchi hamda iste’molchilari, shuningdek, daromadlari va harajatlari umumiy bo‘lgan va birgalikda istiqomat qiluvchi kishilar guruxini tashkil etuvchi xonadonlari asosan oilaga tayanadi, biroq oilasiz xonadonlar ham bo‘ladi, oilaviy xonadonlarda esa, o‘zga iste’molchilar ham birlashishi mumkin”8, deyiladi. Ba’zi bir manbalarda uy xo‘jaligi tushunchasi quyidagicha talqin etiladi: “uy xo‘jaligi” (domoxozyaystvo, household) - iqtisodiy faoliyatning asosiy sub’ekti sifatida, qayerda inson doimiy yashar ekan, o‘sha joydagi iqtisodiy ob’ektlarni va jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Uy xo‘jaligini - uy xo‘jaligi boshlig‘i boshqaradi. Uy xo‘jaligi – ma’lum bir xonadonda yashovchi kishilar guruhi. Uy xo‘jaligi iqtisodiy jabhalarning iste’mol bilan bog‘liq muammolarni va uy – joy siyosatini tahlil qilishda statistik ko‘rsatkich sifatida foydalaniladi”. Keltirilgan nazariy tahlillardan kelib chiqqan holda, uy xo‘jaligidan farqli o‘laroq, “oila xo‘jaligi“ga quyidagicha ta’rif berishni maqsadga muvofiq, deb topdik. Oila xo‘jaligi deb, faqat er-xotin va tug‘ishganlik asosida birga yashovchi kishilar, ya’ni oila a’zolari mehnatidan foydalangan holda, ma’lum darajada qonuniy yo‘l bilan daromad olish maqsadida oila mulki asosida xo‘jalik yurituvchi mikroiqtisodiy sub’ektga aytiladi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, oila xo‘jaligida barcha mulk bevosita oila a’zolariga qarashli bo‘lib, unda mehnat qiluvchilar va mehnat natijasidan bahramand bo‘luvchilar ham shu oilaga mansub kishilar bo‘lib hisoblanadi. Amaldagi tartib bo‘yicha oila xo‘jaligida yollanma mehnatdan foydalanilmaydi. Bizning fikrimizcha, oila xo‘jaligida ham vaqtincha yollanma mehnatdan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki ayrim mavsumiy ishlarda oila a’zolarining mehnati yetarli bo‘lmasligi mumkin. Demak, bizning fikrimizcha, mehnatni tashkil qilish nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, «uy xo‘jaligi» va «oila xo‘jaligi» tushunchalari bir-biridan farq qiladi. Yuqoridagi tariflarni e’tirof etgan holda, biznes faoliyati “oila” da emas, balki “oila xo‘jaligi” da amalga oshishini hisobga olsak, oilaviy bizneska quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: Oilaviy biznes deganda, jismoniy yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, er-xotin va ularga ko‘maklashadigan oila a’zolarining mehnatiga va mulkiga tayanib, qonuniy asosda daromad olishga mo‘ljallangan biznes faoliyati tushuniladi. Haqiqatdan ham ushbu ta’rifda, oila xo‘jaligining daromad olish manbai ya’ni mulki, faoliyati va unga aloqador shaxslar o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga oilaviy biznesning qishloqda dehqon xo‘jaligi sifatida namoyon bo‘lishi ham nazarda tutiladi. Ushbu ta’rifga tayanilgan holda xizmat sohasidagi oilaviy bizneska ham ta’rif berish mumkin. Xizmat sohasida oilaviy biznes deganda, jismoniy yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, er-xotin va ularga ko‘maklashadigan oila a’zolarining mehnati va mulkiga tayanib, xizmat ko‘rsatish natijasida qonuniy daromad olishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. Xizmat sohalarida oilaviy biznesning qaror topishi mamlakatimizda juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qiladi. Eng avvalo, u bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy mulkdorlar sinfini barpo qiladi. Ikkinchidan, mamlakatimizning bozorini iste’mol tovarlari va turli xizmatlar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi. Uchinchidan, ish bilan band bo‘lmagan aholi sonini qisqartiradi va uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi. To‘rtinchidan, esa eng muhim bo‘lgan muammoni, ya’ni oila daromadlarini oshirishda asosiy manbaga aylanadi. Shu tufayli oilaviy biznesni hozirgi zamon darajasida rivojlantirish, yuksak saviyada raqobatbardosh mahsulotlar (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish holatiga keltirishga erishish lozim. Bu esa odamlardan, butun ommadan doimiy izlanuvchanlikni, tashabbuskorlikni, yangi ixtirolar kashf etishni talab qiladi. Bu ham mamlakatimizda ortiqcha sarmoya talab qilmaydigan ommillarning, ayniqsa inson omilining ishga tushishi uchun asos bo‘ladi. Oila xo‘jaliklarining turli hayotiy faoliyatlarini tahlil qilishda oila xo‘jaligi tarkibi, oiladan tashqarida yashovchilar, oila xo‘jaligi harajatlari va daromadlari to‘g‘risida aniq statistik ma’lumotlardan foydalanishni ham talab etadi. Zamonaviy oila rivojlanishining muhimligi va oila strukturasining ko‘p qirralari bugungi kun talab darajasida o‘rganilmasdan qolmoqda, bunga adekvat, haqiqiy va zaruriy ma’lumotlarning yetarli darajada emasligini sabab qilib ko‘rsatish ham mumkin. Bu esa o‘z navbatida oilalarning ilmiy va amaliy tadqiqotini yanada rivojlantirishni talab qiladi. Oila xo‘jaligi daromadlari tarkibida asosiy qismni mehnatga haq to‘lash (ish haqi) va bozor daromadlari (mulk, biznes va turli xil xizmat ko‘rsatishdan tushgan daromadlar) tashkil qiladi. Shu bois, oila daromadlarini tadqiq etishning ayrim usullarini ko‘rib chiqamiz. Oila xo‘jaligi daromadlarini aniqlashning iqtisodiy usullaridan biri ma’lum son – miqdordagi oilalarni (masalan 25, 50, 100, 250 va hokazo) tanlab olib, kuzatiladi. Kuzatuv jarayonida shu oilalarda istiqomat qiluvchi oila a’zolari soni, ularning toifasi, yoshi, turli yo‘llar bilan topilgan daromadlar, oila tomonidan oziqovqat mollariga, boshqa mahsulotlarga, uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy xizmat sohalariga, jamg‘armalarga va har xil to‘lovlarga sarf qilinadigan harajatlar aniqlanadi va tahlil qilinadi. Shu usulda daromad bilan harajat o‘rtasidagi mutanosiblik o‘rganiladi, oilaning turmush darajasi qanday holatda ekanligiga baho beriladi. Barcha oilalarda moddiy farovonlikni ta’minlash masalasi kun tartibida turgan muhim muammolardan biridir. Ammo bu muammoni birdaniga hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun har bir oila a’zosi o‘ta biznes va aql bilan ish tutishi lozim. Yurtboshimizning “...bu vazifalarning negizida, amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan bu g‘oyalarning poydevorida bitta narsa turibdi: u ham bo‘lsa, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishdir. Bunga, avvalo, barcha jabhalarda boshlangan erkinlashtirish siyosatlarini amalga oshirish evaziga erishimiz mumkin. Nafaqat davlatning, balki har qaysi oila, har qaysi odamning daromadini ko‘tarish, turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha ko‘p ishlarni qilishimiz darkor degan ko‘rsatmasidan kelib chiqadiki, oilalardagi muammolarni hal qilish, hamda oilalarni tadqiq qilish zaruratining mavjudligini va uning qo‘llamini oshirishning muhimligini yana bir bor ko‘rsatib berdilar. Zero, oila xo‘jaliklarining iqtisodiy imkoniyati ma’lum darajada cheklangan. Undan faqat samarali foydalangan taqdirdagina ko‘zlangan maqsadga, ya’ni oila farovonligiga erishish mumkin. Bu farovonlikka erishish uchun esa, har bir oilada biznesni yo‘lga qo‘yish, xizmat sohasida oilaviy biznesning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va uni rivojlantirishning ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatini o‘rganishni taqozo etadi. Download 178.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling