Manba: 2022 yilda statistika Bosh boshqarmasi tomonidan kuzatilgan oila xo‘jaliklari ma’lumotlari asosida tuzildi.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, oila mulki tarkibida ulushi eng baland (97,6 %) bo‘lgan uy-joy resurslaridan kam foydalanilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri biznes uchun moslashmagan uy-joylardan foydalanish imkoniyatlari uncha ko‘p emas. Shahardagi kvartiralardan faqat ijaraga berish yoki savdo nuqtalarini ochish mumkin xolos. Oila mulkining qolgan qismidan faqat daromad olish mumkin bo‘lgan mulk turlaridan, ya’ni transport vositalari bilan aholiga xizmat ko‘rsatishda keng foydalanilmoqda. Shuningdek, uyda boqiladigan paranda va chorva mollariga jalb qilingan mablag‘lar ham oilalarga pul daromadi keltiryapti.
Ma’lumotlardan (2.1-jadval) ko‘rinib turibdiki, oilalarga daromad keltirmaydigan mulklarga eng avvalo uning kuchmas mulki (uy-joy va boshqa inshootlar) to‘g‘ri kelmoqda. Agar u oila ehtiyojidan ortiqcha bo‘lmasa, albatta, uni ijaraga berib bulmaydi. Faqat oila a’zolarining foydalanishi esa, oilaga daromad keltirmaydi. Bu kabi oilaviy biznes vositalariga televizor, sovutkichlar va boshqa maishiy texnika buyumlari kiradi. Chunki bular oila uchun daromad manbai sifatida ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |