Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo’yicha xorij amaliyoti


II-BOB. OILAVIY BIZNES SOHASIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH HOLATI TAHLILI


Download 178.84 Kb.
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi178.84 Kb.
#1559144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KICHIK BIZNES VA OILAVIY TADBIRKORLIKNI KREDITLASH

II-BOB. OILAVIY BIZNES SOHASIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH HOLATI TAHLILI

2.1. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan oilalarda mulkiy munosabatlar va daromadlarning shakllanishi


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida oilalar o‘z mulki, ishlab chiqarish va oilaviy biznes vositalari hisobidan daromadlarini ko‘paytirish maqsadida faol foydalanishga intilishi hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Biroq, oila xo‘jaligi ixtiyoridagi mavjud mulkdan daromad olish maqsadida foydalanish hamisha ham muvaffaqiyatli kechavermaydi.
Oilalar iqtisodiy axvoli, bandlik va oila daromadi ko‘p jihatdan umumiy makroiqtisodiy muhitga ham bog‘lik deb o‘ylaymiz. Chunki islohotlar davomida respublikamizdagi makroiqtisodiy vaziyatning dinamik o‘zgarib borishi, oilalarning tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishi shart-sharoitlarini ham o‘zgartirib bormoqda.
O‘zbekistonda oila xo‘jaliklarida mavjud mulklarning umumiy qiymati bizning hisob-kitoblarimiz bo‘yicha taxminan 38,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etmoqda. Bu mulklar tarkibida oila xo‘jaliklarining shaxsiy uy-joylari salmoqli o‘rin egallaydi. Respublikamizda deyarli barcha oilalar shaxsiy uy-joylariga ega. Biroq, ularning oilaviy biznes va ishlab chiqarish vositalari shaklidagi mulklari o‘ta kichik (2.1-jadval). Hozirgi iqtisodiy vaziyat asosiy e’tiborni mulkni tadbirkorlikka invistitsiyalashga qaratishni talab etmoqda.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, oila xo‘jaliklari asosan daromad keltirmaydigan mulklar bilan ta’minlanishi yuqori bo‘lgan. Daromad keltiradigan mulklardan biri shaxsiy tomorqa. Bu mulk turi 83,2 % aholida mavjud. Yirik shohli mollar aholining 47,7 %da bor xolos. Yuk va yengil avtomashinalar kuzatilgan oilalarning 9,0 %dagina mavjud. Ko‘rinib turibdiki, oilalar mulkining asosiy qismini daromad keltirmaydigan mulklar tashkil etadi.
2.1-jadval

Kuzatilgan oila xo‘jaliklarining mulkiy ta’minlanganlik darajasi




Download 178.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling