Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo’yicha xorij amaliyoti


Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari va ularning vazifalari


Download 178.84 Kb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi178.84 Kb.
#1559144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KICHIK BIZNES VA OILAVIY TADBIRKORLIKNI KREDITLASH

1.1 - jadval

Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari va ularning vazifalari



Davlat

Firmalar

Moliyaviy institutlar

Oila xo‘jaligi

Iqtisodiyotni
tartiblashtirish

Ishlab chiqarish omillari va xizmatlarni sotib oladi

Aholiga moliyakredit xizmat
turlarini ko‘rsatadi



Resurslarga mulkiy egalik qiladi va
ularni foydalanish uchun sotadi

Iqtisodiy faoliyat qoidalarini belgilaydi va sharoitlarni yaratadi










Soliq va boshqa usullar bilan daromadni qayta taqsimlashga qatnashadi. Bozor ishtirokchisi sifatida
iqtisodiy faoliyat ko‘rsatadi

Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi hamda ularni sotadi

Xususiy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi
va moliyaviy
ko‘mak beradi

Tovar va
xizmatlar
sotib oladi



Oilaviy biznes sohasida xizmatlarni yaratadigan mehnat jarayoni va ularni iste’mol qilish jarayoni bir butun bo‘lib qo‘shilgan bo‘ladi. Xizmatlar faoliyat shaklida mavjud bo‘ladi, ularni yig‘ib bo‘lmaydi.
Aholiga oilaviy biznes sohasini rivojlantirish texnik taraqqiyot, ya’ni texnologiya jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga tayanadi. Bu sohada texnologik operatsiyalarni mashina va apparatlar yordamida mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshiradi hamda odamlar mehnatini yengillashtiradi.
Ob’ektiv iqtisodiy qonun hisoblangan mehnat unumdorligining uzluksiz oshib borishi Oilaviy biznes sohasida xizmat ko‘rsatish natijalarini son va sifat jihatdan samaradorligini oshib borishi uchun zamin yaratadi. Shunday ekan, Oilaviy biznes sohasida mehnatning harakteri o‘rganilganda, albatta, uning natijasini baholash samaradorligini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Oilaviy biznes sohasida mehnat natijasini baholash yakuniy natijalarga bog‘liq ravishda uning samaradorligi bilan foydalilik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni qo‘llash ham maqsadga muvofiqdir.
Mazkur sohada mehnat natijalari mehnat faoliyatinig samaradorligi bilan chambar-chas bog‘liq bo‘lib, uni oshirish hozirgi vaqtda eng muhim iqtisodiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Mehnat samaradorligi deganda, nima tushunilishini aniqlash bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar muvaffaqiyatli ishlarini va mehnat natijalarini baholash samaradorligini ta’minlash masalalarini hal etishdagi strategiya va taktikani ishlab chiqishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Oilaviy biznes sohasida mehnat sig‘imini kamaytirish va foydalanish darajasini oshirish yuzasidan doimiy ravishda olib boriladigan ishlar jarayoni mehnatni samaralashtirish jarayoni deyiladi. Samaradorlashtirish mehnat faoliyatinig u yoki bu sohasida yuqoriroq natijalarga erishish va ushbu natijalarning birligini sarflarni qisqartirish maqsadlarida eng yaxshi yechimlarni izlashdir.
Oilaviy biznes sohasida mehnat sarflari tarkibiga qarab, texnologik mehnat sig‘imi va xizmat ko‘rsatish mehnat sig‘imini kamaytirish yo‘nalishlarini tadqiq etish mehnat samaradorligini oshirish omillari va rezervlarini aniqlash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu esa oilaviy biznes texnologik jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish borasidagi vazifalarini hal etishda konstuksiyalar, olimlar, ixtirochilar va oilaviy biznes xizmatchilarini ijodiy tashbbuskorligini ta’minlash va rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Alohida e’tibor mehnatning harakteri va uning samaradorligini oshirishda yanada mukammallashtirilgan oilaviy biznesni mashina, apparat va boshqa texnologiyalarni yaratishga ko‘maklashuvchi, loyhalash sohasidagi nazariy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishni qo‘llab-quvvtlashga qaratilmog‘i kerak.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mehnatnig harakterini tubdan o‘zgartirdi. Ular o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni kamaytirdi. Mulkchilik munosabatlarining rivojlanib borishi mehnat natijalariga bo‘lgan qiziqishlarni tobora oshirishi uchun shart-sharoit yaratadi. Bu esa mehnat natijalariga qarab to‘g‘ri rag‘batlantirishin taqazo etadi. Mehnat qachon to‘g‘ri rag‘batlantirsagina unga bo‘lgan munosabat ijobiy amalga oshiriladi. Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlik ham mehnatning to‘g‘ri rag‘batlantirilishiga bevosita bog‘liq.
Mehnat bunday sharoitda ijtimoiy harakterga va u oddiy mehnatdan murakkab shakliga qarab o‘zgarish tendesiyasiga ega bo‘ladi.
Mehnatning iqtisodiy harakterga ega bo‘lishi, uning to‘g‘ri rag‘batlantirilishi asosida kishilarning manfaatdorligi va kasbiy harakatchanligi o‘sishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatning har bir mehnatiga layoqatli a’zosini ishlashga, mehnat qilishga da’vat etadi.
Oilaviy biznes sohasida xodimga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishni ta’minlash uchun uni tashkil etishga qo‘yiladigan ayrim talablarga rioya qilish zarur. Eng avvlo, mukofotlash ko‘rsatkichlari muayyan bo‘limdagi, korxonadagi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish vazifalariga mos bo‘lishi hamda ushbu jamoa yoki xodimning mehnat sohasidagi kuch – g‘ayratiga real bog‘liq bo‘lishi kerak. Masalan, oilaviy biznes bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilish ko‘rsatkichini mukofotlash tizimiga kiritgan vaqtda uni bajarilishi uchun, eng avvalo, korxonaning rahbari, shuningdek mazkur xizmatlar bo‘yicha ma’sul shaxs javob berishini hisobga olish kerak. Binobarin ushbu ko‘rsatkichni aynan mana shu xodimlarni mukofotlash paytida nazarda tutish maqsadga muvofiqdir.

Download 178.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling