Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo’yicha xorij amaliyoti
Download 178.84 Kb.
|
KICHIK BIZNES VA OILAVIY TADBIRKORLIKNI KREDITLASH
XULOSAKurs ishda quyidagi xulosalar ishlab chiqildi: “Oila”, «oilaviy tadbirkorlik” kategoriyalari bir-biriga bog‘liq bo‘lgan mustaqil tushunchalardir. Bunda oila faqat iste’molchi sifatida bir guruh uyushgan kishilardan tarkib topgan ijtimoiy sub’ekt bo‘lsa, oilaviy tadbirkorlik iqtisodiy jarayon bo‘lib, faqatgina oila negizida shakllanadi va rivojlanadi; Oilaviy tadbirkorlik ham o‘ziga xos tadbirkorlik bo‘lib, oila mulkiga, ishlab chiqarish vositalariga, oila a’zolarining mehnatiga va tadbirkorlik faoliyati natijasida oladigan daromadiga egalik qilish huquqiga ega. Tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, kelajakda xo‘jalik yuritishning oilaviy tadbirkorlik shakli iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ektiga aylanadi. Shunday ekan hozirgi iqtisodiy muxit «Oilaviy tadbirkorlik faoliyati va uni qo‘llab–quvvatlash to‘g‘risida» gi qonunni qabul qilishni taqozo etmoqda. Oilaviy biznes sohasida mehnatning harakteriga ko‘ra, mehnat jarayonida qo‘l mehnatini kamaytirish uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi bilan belgilanadi. Sohada mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi umumiy mehnat sarfida moddiylashgan mehnatning hissasi tobora ko‘proq qismini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi o‘sib borgan sari jonli mehnatning o‘sishi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi va xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshishining muhim omili hisoblanadi. Oilaviy tadbirkorlikni yuritish uchun to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. so‘ralgan oilalarning ko‘pchiligi buning uchun yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini qayd etishdi. O‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan oila uchun 1000 AQSH dollari miqdorida mablag‘ kerak bo‘ladi. Demak, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini oshirish talab etiladi. Hozirgi paytda mavjud ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi sohada mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir. Shuning uchun bandlikka ko‘maklashish markazlari hokimiyat organlari bilan birgalikda oilaviy biznes sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash maqsadida faol dasturlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishlari zarur. Xizmat sohasi bilan band bo‘lgan oilalar daromadi tarkibida tadbirkorlik daromadlari salmoqli o‘rin egalaydi. Kuzatilgan oilalarda pul daromadlarining jon boshiga o‘rtacha taqsimlanishi eng kam daromadli sartaroshxona xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi va eng ko‘p daromadli savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi oilalar daromadi o‘rtasidagi farq 2,2 martani tashkil etmoqda. Ushbu tahlilda yana bitta muhim qonuniyat kuzatildi. Oila daromadlarining ortib borishi bilan ulardagi aholining o‘rtacha soni kamayib bormoqda. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, oila xo‘jaligi a’zolari soni qancha kamayib borsa, ularning o‘rtacha daromadlari shuncha ko‘p ekanligi kuzatiladi. Shuningdek, pul daromadlarining tabaqalanishi qishloq bilan shahar o‘rtasida nisbatan farq qiladi. Qishloq joyida aholining bir oilaga to‘g‘ri keladigan soni 6,2 kishini tashkil qilsa, shaharda ushbu ko‘rsatkich 3,4 kishini tashkil qiladi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. Demak, oila daromadlarini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirish bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy institutlarning rolini ham oshirish talab etiladi. Oilaviy biznes sohasining umumiy faoliyatiga ko‘ra, moddiy rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, ammo bularning barchasi daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va mehnatga haq to‘lash tizimining barqarorlashtirish va rag‘batlantirish funksiyalarini ta’minlaydi. Bunga misol qilib, ishchilar tomonidan korxona aksiyalariga egalik qilishni kiritish mumkin, ammo bunda aksiyalarning daromadliligi, barqarorligi, qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega. Oilaviy biznes sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini oilaviy biznes sohasida qo‘llash asosida faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shunga bog‘liq holda sohada mehnat unumdorligining o‘sishi, oilaviy biznes jarayonida mehnat mazmunidagi chuqur o‘zgarishlar, sohaning modernizatsiyalashda qo‘l mehnatining sezilarli kamayishi va inson omiliga yangicha yondashuv masalalarini o‘z ichiga olgan iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur. Download 178.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling