Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo’yicha xorij amaliyoti


- jadval 2022 yilda oila xo‘jaliklarining uzoq muddatli oilaviy biznes vositalari bilan ta’minlanganligi


Download 178.84 Kb.
bet7/11
Sana18.06.2023
Hajmi178.84 Kb.
#1559144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KICHIK BIZNES VA OILAVIY TADBIRKORLIKNI KREDITLASH

2.2- jadval 2022 yilda oila xo‘jaliklarining uzoq muddatli oilaviy biznes vositalari bilan ta’minlanganligi



Vositalar nomi

Oila xo‘jaligi soni

% da

Muzlatkichlar

491

43,8

kir yuvish mashinalari

240

21,4

Changyutgich

54

4,8

Radioaloqalar

52

20,7

rangli televizor

517

96,1

Magnitofon

253

22,6

videomagnitofon

109

9,7

video kamera

7

0,6

Fotoapparat

47

4,2

Velosiped

127

15,3

sputnikli antena

11

2,0

tikish mashinasi

465

41,4

shaxsiy kompyuter

822

73,2

Manba: 2022 yilda statistika boshqarmasi tomonidan kuzatilgan oila xo‘jaliklari ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Og‘zaki so‘rovlarga ko‘ra, oiladagi mulkidan daromad olishga uringan oilalarning aksariyati o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli deb hisoblashadi. Bundan tashqari, o‘z mulkini kapitalga aylantirishni istagan oilalarning 50 foizi buning uchun mablag‘ga muhtoj emasligini ta’kidlaydi. Shunga qaramay, ko‘pgina oilalar o‘z mulkidan haligacha to‘g‘ri foydalanishmayapti. Bu qulay makroiqtisodiy muhit oilalarga o‘z mulklaridan tadbirkorlik faoliyatida foydalanish imkonini bermayapti. So‘ralgan oilalar ichida oila resurslari bazasida oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilish istagida bo‘lganlar buni amalga oshirganlarga qaraganda ikki baravar ko‘pni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. Chunki oilalarning ko‘pchiligi buning uchun yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini ma’lum qilishadi. Bunga dalil sifatida aytish mumkinki, hozirgi sharoitda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan oila kamida 1,5-2,0 mln. so‘m mablag‘ jalb kilishi kerak bo‘ladi. Jamg‘arma shaklidagi bunday mablag‘ga so‘ralgan oilalarning 60-70 foizi ega xolos, 30-40 foiz oilalar esa umuman jamg‘armalarga ega emas. Demak, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda mikrokredit uyushmalarining rolini oshirish talab etiladi.
Ushbu me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, har bir imtiyozli kredit turlari alohida - alohida maqsadlar uchun va alohida shartlar asosida ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik sub’ekti imtiyozli kredit (mikrokredit) olish uchun oilaning kamida bitta a’zosi ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga va pensiya jamg‘armasiga majburiy baddallarni o‘tkazib borayotgan bo‘lishi lozim.
Oilaviy tadbirkorlikka beriladigan kreditlar eng kam ish haqining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorda quyidagi:

  • chorva mollari, parranda, yem va hashak, mineral o‘g‘itlar, urug‘liklar, ko‘chatlar sotib olishga;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun issiqxonalar qurish va jixozlashga;

  • xunarmandchilik faoliyati, xalq badiiy xunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kichik uskunalar, asboblar, xom ashyo materiallari, yarim tayor mahsulotlar sotib olishga;

  • xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholiga Oilaviy biznes lar ko‘rsatish bilan bog‘liq maqsadlarga beriladi.

Oilaviy tadbirkorlikka mikrokreditlar 2 yilgacha muddatga qaytarish muddatini uzaytirish xuquqisiz, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolat xatlari yoki mulkini garovga qo‘yish sharti bilan berilyapti.
Oilaviy tadbirkorlikka beriladigan mikrokreditning 50 foizi chorva mollari, paranda, omixta yem, urug‘lik va ko‘chat, uskuna va materiallarni jismoniy shaxslardan sotib olish uchun naqd pulda ham berilishi mumkin. Mikrokreditning nakd pulda berilgan qismi naqd pulda qaytarilishi lozim. Mikrokreditni qaytarishning imtiyozli davri 6 oyni tashkil etadi.
Mikrokredit uyushmalarining qisqa muddatli tajribasining ko‘rsatishicha, kredit uyushmasi a’zolari muayan jamg‘armaga ega bo‘lgan va uni qonuniy yo‘l bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ishlatmoqchi bo‘lgan oilalardir. Ammo ayrim oilalar a’zolik badalini to‘lashga mablag‘i yo‘qligi sabab kredit uyushmalariga a’zo bo‘lmayaptilar.
Mikromoliyalashtirish rivojlanayotgan davlatlarda juda ommalashgan. Bunda kam ta’minlangan oilalarni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash asosiy o‘rin tutadi. Bu unsurlardan mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab turlicha qo‘llash mumkin.
Bu borada rivojlangan davlatlar tajribasining ko‘rsatishicha, mikromoliyalashtirish aholining kam ta’minlangan qismiga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish instrumenti sifatida qo‘llanilgan.
Hozirgi kunda ham mikromoliyalashtirish ko‘p mamlakatlarda quyidagi instrument sifatida foydalaniladi:

  • kam ta’minlangan oilalarni qo‘llash;

  • ommaviy moliya manbaalarga murojaat qilishga imkoniyati yo‘q bo‘lgan mikrokorxonalarga moliya - kredit xizmatlari ko‘rsatish; - kichik biznesni qo‘llab - quvvatlash.

Shu bilan birga, oila aktivlaridan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun boshlang‘ich kapital sifatida foydalanishga xalaqit berayotgan asosiy sabablardan biri, mamlakatda bozor munosabatlari va institutlarining yetarlicha rivojlanmaganligidir. Bu ayniqsa quyidagilarda ko‘proq namoyon bo‘ladi:
Ko‘chmas mulk bozori, shu jumladan, uy-joy bozori (qishloqda) rivojlanmaganligidir. Bu bo‘yicha tuzilgan bitimlarning soni kamligi va ko‘chmas mulk bahosining pastligi bilan harakterlanadi. Qishloqda uy - joyning bozor garov qiymati shaharga nisbatan pastligi undan garov sifatida foydalanish imkoniyatini cheklaydi. Shuningdek, xizmatlar bozorining rivojlanishida ham tafovutlar uchraydi. Bunda savdo, naqd pul almashinuvi, keng tarqalgan ruxsatnoma va litsenziyalar tizimi tufayli bu biznesga kirish yo‘lida katta to‘siqlar mavjud. Tijorat banklari uchun mikrokreditlarga oilaviy biznes qiymati yuqoriligi, bundan kreditlarni banklarga taluqli bo‘lmagan moliya institutlari tomonidan berish tizimining rivojlanmaganligi, boshlovchi tadbirkorlar tomonidan ularni qaytarmaslik xavfi balandligi tufayli kapital, ayniqsa mikrokreditlash soxasida bozori kuchli emas. Bundan tashqari, qonunlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarining ko‘plab aktivlarini va mulkga doir xuquqlarining yetarli darajada himoyasini va kafolatini ta’minlamaydi, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyatiga ma’muriy aralashuvi esa uni bu faoliyatni butunlay to‘xtatish va bor-yo‘g‘idan ajratish xavfini oshiradi. Bizning fikrimizcha, oila - moliya institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish zarur:

  • oila xo‘jaliklarining resurslarini ularning o‘z tadbirkorlik faoliyatlariga jalb etishni kuchaytirishga yunaltirilgan siyosatni amalga oshirish bilan birga kredit tizimini rivojlantirish;

  • oilaviy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida tadbirkorlik va mulkchilik xuquqlariga oid to‘plamlar yaratish hamda, garovga qo‘yilgan mulk yoki oila aktivlarini sotib olish xuquqiga qattiy amal qilishni ta’minlash;

  • yosh oilalarning kreditlar olish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga ko‘maklashish zarur. Bu esa oilaning mulkiy ta’minlanganlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Bunday chora-tadbirlarning amalda qo‘llanilishi, oilada tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ulushini oshirish, turmush darajasi va ijtimoiy maqomini o‘zgartirish imkoniyatlarini yaratib beradi.
Hozirgi davrning yana bir muhim belgisi – bu tadbirkorlik daromadining oila yalpi daromadidagi hissasining uzluksiz oshib borishidir. “Aholining daromadlari oshibgina qolmay ularning manbalari ham o‘zgarmoqda. Barcha daromadlarning qariyb chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan tushmoqda”. Kelajakda har bir oila ehtiyojining kamida 50 foizini aynan shu faoliyat hisobiga qoplanishiga erishish lozim bo‘ladi. Bu bizning bosh g‘oyamizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlisida (2022 yil 7 fevral) so‘zlagan nutqida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosan 3 muhim vazifani bajarishga qaratilgan bo‘lishi kerakligi alohida qayd qilindi.
Birinchidan, yaqin 5-10 yilda ularning mamlakat YAIM dagi ulushi 55-60 % ga ko‘tarilishi lozim;
Ikkinchidan, ular aholi daromadlarining asosiy manbaiga aylanishlari kerak; Uchinchidan, ular kichik va o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirishi, mamlakatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi asosiy kuch ekanligini esdan chiqarish kerak emas.
Bizga ma’lumki, oilaviy va kichik tadbirkorlik faoliyatini yuritish aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muxim o‘rin tutmoqda. Ular hisobidan mamlakatda 2023 yilda qo‘shimcha 1 mln.ga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etilib, ularning qariyb uchdan ikki qismi qishloq joylarida ochildi. Yangi ish o‘rinlarining 65 foizga yaqini kichik biznes va oilaviy biznes tarmoqlari, 20 foizdan ortig‘i esa kasanachilik sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi.19 Ushbu yaratilgan yangi ish o‘rinlari eng avvalo oilalar daromadini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda oila daromadlari tarkibida kichik biznes, oilaviy biznes va kasanachilik hisobidan qilingan daromadlar hissasi ham mos ravishda oshib bormoqda.
Agar, respublikamiz oilalarining tadbirkorlik va turli xil xizmatlar ko‘rsatish hisobidan olgan daromadlariga e’tibor bersak u quyidagicha ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq daromadlar oila daromadlari tarkibida yildan-yilga ko‘proq ulushga ega bo‘lmoqda. Umum hisobda, bu manbalardan olinayotgan daromad ish haqidan ko‘proq, bu esa bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi bilan izoxlanadi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlikdan tushgan daromadlarning salmog‘ini oshirishga imkon beradi va o‘z navbatida, ijtimoiy to‘lovlarning ulushini bir muncha pasayishiga olib keladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 2022 yili tadbirkorlik daromadining oila daromadidagi ulushi 12,8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2012 yilda tadbirkorlik daromadi (mulk, oilaviy biznes va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish hisobiga olingan daromadlar qo‘shib hisoblaganda) 55,1 foizni tashkil etgan.
Daromadlar manbai xilma-xil bo‘lgan bozor munosabatlari sharoitida oilaning jami daromadida ish haqining ham hissasi bor. Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda 2022 yilning oxirida o‘rtacha real oylik ish haqi 185 ming so‘mni yoki salkam 150 AQSH dollarini, 2023 yilda esa 210 AQSH dollari ekvivalentini tashkil etgan. Bu daromad turi ham kelajakda yanada o‘sishi kutilmoqda. Bu borada, mamlakatimiz hukumati tomonidan 2023 yilga borib 2,5 barobarga oshirish vazifasi qo‘yilgan.
Ish haqi miqdorining o‘sishi iste’mol tovarlari, ichki bozorlarning tovar va xizmatlar bilan to‘ldirilishi va eng muhimi, inflyatsiya darajasi bilan uzviy bog‘liqdir. Aksincha, narx – navoning ko‘tarilishi ish haqining har qanday ko‘tarilishini yo‘qqa chiqaradi. Ish haqi hissasining pasayishining ikki jihati bor bo‘lib, birinchidan, oila byudjetini boshqa daromadlar bilan to‘ldirishga va oilada boqimandalik ruxi bilan yashayotgan ishchilarning bir qismini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga undasa, ikkinchidan esa, iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yollangan ishchilarning yuqori samara bilan ishlashini rag‘batlantirmaydi. Bundan tashqari, yuqori soliqqa tortishning mavjudligi tufayli xususiy tarmoqda aslida to‘lanayotgan ish haqi ancha qismining yashirilishiga olib keladi.
Oila daromadlari tarkibida salmoqli o‘rin tutadigan manbalardan yana biri bu tomorqa xo‘jaligidir. Tomorqa, bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa qishloq oilasining muhim daromad manbai hisoblanadi va shu bilan oziq–ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘z hissasini qo‘shadi. Bu daromad turli oilalarda har xil bo‘lishi turgan gap, chunki ular tomorqa bilan har xil darajada shug‘ullanishadi. Shu maqsadda 2022 yilda o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, oila xo‘jaliklarining 83,8 foizi tomorqa yerlariga ega bo‘lib, o‘rtacha har bir oilaga 15,9 sothdan yer to‘g‘ri keladi. Ushbu tomorqa yeriga ega bo‘lgan oilalarning 6,7 foizida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilmaydi, 52,4 foizida natural istemol ya’ni, o‘z ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtirilsa, 40,2 foizi sotish maqsadlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiradi va 0,7 foizi boshqa maqsadlarda tomorqa yeridan foydalanishmoqda. Shu davr oralig‘ida tomorqadan kelgan pul daromadlari ulushi 33,2 % yoki 26710 so‘mni tashkil etadi. Oila xo‘jaliklarining 51,8 foizida yirik shohli qoramollar boqiladi. Umuman olganda aholining hamma qatlamlari uchun tomorqaning ahamiyati katta va bu asosda dehqon xo‘jaliklarining vujudga kelishi tomorqadan olinadigan daromadning yildan yilga oshishiga, olib kelishiga izlanishlar davomida guvohi bo‘ldik.
Xizmat sohasi bilan shug‘ullanadigan oilalarda daromadlarining tashkil topish manbaalarini tahlil qilish maqsadida Samarqand viloyatining turli hududlaridan 135 ta xizmat ko‘rsatuvchi oilaning tanlanma kuzatuvi olib borildi. Bular quyidagi xizmat sohalari bo‘yicha olib borildi: savdo xizmatlari (chakana savdo, milliy oshxona va restoranlar); milliy hunarmandchilik va ta’mirlash ustaxonalari; kompyuter va axborot texnologiyalari xizmatlari (internet kafe, kichik bosmaxona va uyali aloqaga ulanish kabi xizmat turlari); transport xizmatlari (yuk tashish va aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish); sartaroshxona va go‘zallik salonlari (kelinlik liboslari va to‘y uskunalarini ijaraga berish va b.).


Download 178.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling