Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo’yicha xorij amaliyoti
-rasm. Xizmat sohalarida band bo‘lgan oilalar daromadining tarkibi, (foiz hisobida)
Download 178.84 Kb.
|
KICHIK BIZNES VA OILAVIY TADBIRKORLIKNI KREDITLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish yo‘llari
2.1-rasm. Xizmat sohalarida band bo‘lgan oilalar daromadining tarkibi, (foiz hisobida)Ushbu rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, xizmat sohasida band bo‘lgan oila xo‘jaliklarining pul daromadida 11,8 foizini mehnat haqi olish bilan olinadgan daromadlarga to‘g‘ri kelmoqda. Oila xo‘jaligining ijtimoiy to‘lovlar hisobiga olgan daromadlari 3,9 foizga to‘g‘ri keladi. Oila xo‘jaligi daromadlarining ancha qismini tadbirkorlik va turli xil xizmatlar hisobiga olgan daromadlari tashkil etadi. Umuman oila xo‘jaligi daromadining 84,3 foizi shu yo‘l bilan olingan daromadlarga to‘g‘ri kelmoqda. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, oilarning moddiy jihatdan farovonligi ko‘p jihatdan tadbirkorlik va xizmatlar ko‘rsatish hisobiga olinadigan daromadlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shunday ekan uning ulushi yildan-yilga o‘sib borishi lozim. Oila xo‘jaligi harajatlarining tahlili ham bozor munosabatlari sharoitida muhim ahamiyatga ega. Harajatlar ham daromadlar singari turlicha bo‘lib, ulardan eng salmoqlisi oilaning iste’mol harajatlaridir. Bu harajatlar tarkibi yildan yilga o‘zgarib bormoqda. 2.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish yo‘llariMehnat unimdorligining rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishda oilaviy biznes sub’ektlari uch asosiy komponentlarga (omillarga) tayanishi lozim: rivojlangan bozor iqtisodiyotli mamlakatlarida mehnatni rag‘batlantirish tajribasi; respublikamizda mehnatni rag‘batlantirishning muayyan darajada shakllangan tizimi; yollanma xodimning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hamda mamlakatimizda uning transformatsiyalashuvining xususiyatlari va istiqbollarini belgilovchi ijtimoiymehnat munosabatlari rivojlanishining tahlili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy mehnat munosabatlari quyidagi omillar ta’sirida shakllanadi: ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik, ish bilan bandlik kafolatining mavjud emasligi, mehnat bozori shakllanishi va mehnat faoliyatini yangicha ijtimoiy baholash va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimidagi deformatsiyalashuv jarayoni o‘ziga xos xususiyatga egaligi ob’ektiv holatdir. Barcha sub’ektlar singari oilaviy biznes sub’ektlarining mehnat jamoalarida ijtimoiy tenglik tamoyili to‘liq cheklanadi. Mazkur tamoyil o‘rniga “teng mehnatga teng haq to‘lash” tamoyiliga asoslangan maqbul munosabat amal qiladi. Bu munosabatning maqbulligi ish beruvchi va yollanma ishchining roziligi bilan belgilanadi va ko‘pincha boshqa tomonning roziligi asosida tomonlardan birining tashabbuskorigi bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Ushbu munosabatlar ish haqi va moddiy rag‘batlantirish tizimi orqali namoyon bo‘ladi. Davlat bu munosabatlarni qonuniy asosda minimal ish haqi miqdori orqali tartibga solib turadi. Yollanma xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini ijtmoiy himoya qilish tamoyillari qonunlar majmuasida aks etadi, ya’ni mehnat munosabatlari kontraktlar va mehnat shartnomalari asosida tartibga solinadi, lekin uning bo‘limlari mazkur tamoyilning talablarini aks ettirmaydi. Ijtimoiy himoyalash tamoyillari jamoa shartnomalari va kasaba uyushmalari faoliyati orqali ta’minlanadi. Download 178.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling