Xulosa qisqa bo`lib, biznes-rejaning barcha bo`limlarini qamrab olishi lozim. Xulosada quyidagi ma’lumotlar mavjud bo`lishi tavsiya etiladi:
- korxonaning nomi, uning yuridik manzili;
- aloqa qilish uchun shaxs, uning telefoni;
- biznesning turi;
- mavjud aktivlar;
- mahsulot va bozor (mahsulotning qisqacha ta’rifi, uning real sotish imkoniyatlari);
- boshqaruv (asosiy mulk egasi va uning yordamchilarining ta’-rifi);
- moliyaviy rejalar;
- sotish va daromad hajmining o`sish imkoniyatlari ko`rsatiladi.
|
3
|
Biznes rejaning asosiy bo`limlari va ularning tavsiflari
|
1
| - Biznes-rejada «Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari» markaziy o`rinni egallaydi.
|
2
| - «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametrlari va ko`rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo`lib, biznes-rejaning asosiy g`oya va mazmunining qisqacha ko`rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib, aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi.
|
3
|
«Tadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotning ko`rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi, modeli, surati va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u qoniqtirmoqchi bo`lgan iste’mollar (haridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida bashorat; tovar sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot; tovarlarni ma’lum vaqt doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga bo`lgan talabga ta’sir yetuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat qilish.
|
4
| - «Bozor kon’yunkturasi, talab va sotuv hajmi-ning tahlili» bo`limida talabni o`rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi bo`lib, bu bo`limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishini vaqt mobaynida belgilab beriladi.
|
5
|
«Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo`lib, bu bo`limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat, moliya) bog`liq.
|
6
| - «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo`limda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun kerak bo`lgan resurslar turi va hajmi, resurslarni olish manbai va uslubi haqida ma’lumot-lar beriladi.
|
7
| - «Bitimning samaradorligi». Bu bo`lim biznes-rejaning yakunlovchi qismi bo`lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi.
| Эътиборингиз учун раҳмат!
Do'stlaringiz bilan baham: |