Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari
Download 16 Kb.
|
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish, ula
Proporsional soliq stavkasi usulida foyda yoki oborotga ega bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar bir xil proporsiyada (ulushda) soliq to`laydilar. Bu yerda soliq stavkasi qat’iy o`rnatilgan bo`lib, proporsional ravishda olinadi. Masalan, korxona asosiy fondlarining o`rtacha yillik qiymati 200 mln so`m bo`lib, undan undiriladigan soliq stavkasi 2 foiz belgilanganda, soliq summasi hisobot yili uchun 4 mln. so`mni (200 mln x 2:100) tashkil etadi.
Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ham ortib borishi ko`zda tutilgan bo`lsa, bunday stavkalar progressiv soliq stavkalari deyiladi. Buni biz O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmaganlardan olinadigan daromad solig`i stavkasida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Regressiv soliq stavkasi usulida daromad o`sishi (oshishi) bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko`payishi yoki eksportga mahsulot ishlab chiqarish ko`payishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi. Demak, bunday korxona budjetga kam soliq to`lay boshlaydi. Reg-ressiv soliq stavkalari biror faoliyat yoki sohada mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish yoki o`z foydasidan biror turdagi xarajatni kamaytirishni rag`batlantirish maqsadida qo`llaniladi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ayrim mahsulotlar aksiz solig`iga tortiladi. Aksiz – bu ba’zi iste’mol tovarlari qiymatiga ustama qo`yiladigan egri soliqdir. Egri soliq deb atalishining sababi – uning budjetga to`lovchilari aksiz osti tovarlarini ishlab chiqarib sotuvchilardir. Ammo, soliqni haqikiy to`lovchilari mahsulolt yetkazuvchilardan tovarlarni sotib oluvchilar, ya’ni iste’molchi-lardir. SHuning uchun bu soliq ba’zi mamlakatlarda iste’mol solig`i deb ham ataladi. Aksiz solig`i stavkasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Aksiz solig`i summasi ikki xil formula bilan aniqlanadi. Agar tovarlar mamlakat ichida ishlab chiqilsa va sotilsa, aksiz solig`i summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling