ASS = STO * A / 100;
bu yerda, ASS – aksiz solig`i summasi, so`m.
STO – soliqka tortiladigan oborot, so`m.
A – soliq stavkasi,%.
Agar tovarlar boshqa mamlakatlardan tashib keltirilsa va sotilsa, aksiz solig`i summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
STO = F * A * 100 / (100 - A);
Bu yerda, STO – soliqka tortiladigan oborot, so`m.
F – keltirilgan tovarlarning faktura qiymati, so`m.
A – soliq stavkasi, %.
Aksiz solig`iga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovini hisoblash chog`ida soliqqa tortiladigan baza aksiz solig`i summasiga kamaytiriladigan tartib o`rnatildi. YAngi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq to`lovini to`lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida to`lash huquqi berildi. Ilgari mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq to`lash bo`yicha berilgan soliq imtiyozlari yagona soliq to`lovini to`lash chog`ida saqlab qolindi. YAgona soliq to`lovini to`laydigan mikrofirma va kichik korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun budjetga ijara haqi to`lashdan ozod qilindi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli darajada rag`batlantiruvchi rol o`ynayotganligi hisoblanadi. Jumladan, bu borada 2009 yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq to`lovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o`rtacha 1,3 barobar kamaytirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |