Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish
Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyati
Download 0.58 Mb.
|
HISOBOT
5. Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyati
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, xususiy mulk muhofazasi va kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, investitsiya muhiti va ishbilarmonlik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda tadbirkorlarning huquqlari ustuvorligini, xususan, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlab beradigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Bugungi kunda yurtimizda 525 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortig‘i kichik va xususiy biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, ular respublikamiz mehnatga layoqatli aholisining 78 foizdan ortig‘ini ish bilan ta’minlamoqda. Shu bilan birga, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, jumladan, biznes sohasi vakillari va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot va foydali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, viloyatlar va tumanlarda biznes-muhitni takomillashtirish masalalari bo‘yicha, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga, avvalo, viloyatlar, shahar va tumanlarda sifatli davlat xizmatlari taqdim etilishini ta’minlash davlat organlari va tadbirkorlik tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini, ayniqsa, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini endi boshlagan davrlarda ularni qo‘llab-quvvatlashning yangi samarali tizimini yaratishni taqozo etadi. Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarning hal etilish nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, maqomi, yo‘nalishi va faoliyati ko‘lami, mulk shaklidan qat’i nazar, tadbirkorlik subyektlarini birlashtirib turuvchi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni avvalo tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi va biznesning qonuniy manfaatlari muhofazasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyati tubdan takomillashtirilishini nazarda tutadi. Farmonda Savdo-sanoat palatasining quyidagi aniq va eng muhim vazifalari belgilab berilgan: a) Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling