Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish


tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida


Download 0.58 Mb.
bet12/14
Sana08.05.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1445140
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
HISOBOT

tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida — tadbirkorlik subyektlari, ayniqsa, ularning o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish davrida qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, sohaning jadal rivojlanishiga har tomonlama ko‘mak berish, xususiy mulk va tadbirkorlikning ustuvorlik roli va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimiz tuman va shaharlarida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish;
vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini tahlil qilish hamda tahlil natijalarini tizimli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga taqdim etish;
tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligining avvalambor mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi ustidan jamoat nazoratini o‘rnatishning samarali tizimini joriy etish va ularning faoliyati bo‘yicha mustaqil baholash mezonini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan shikoyat arizalari bilan murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyati monitoringini amalga oshirish hamda ular faoliyati tekshiruvlarida Palata a’zolarining ishtirok etishi.
b) ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida — tadbirkorlikka oid qonunchilikni takomillashtirish, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi ustidan jamoat ekspertizasini tashkil etish va jamoat nazoratini kuchaytirishga keng jalb qilish;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;
tadbirkorlik subyektlarini ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga faol jalb qilish, tadbirkorlik tuzilmalari bilan birgalikda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini, jumladan, sanoat, transport, qurilish, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, savdo va xizmatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalar bo‘yicha ekspert kengashlarini tashkil etish;
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini mustahkamlash, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
respublika tumanlari (shaharlari), viloyatlari kesimida joylardagi ishbilarmonlik muhitining holati hamda qonunchilikdagi me’yorlar va talablarning amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha har chorakda tahlil o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga ularni yaxshilash bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflarni taqdim etish.
v) 
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling