«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik sub’ektlari bo‘sh pul


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

3. Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik sub’ektlari bo‘sh pul
mablag‘larini jalb etish va bank xizmatlari turini rivojlantirish
Banklar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish,
zamonaviy texnologiyalar asosida qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilib
kelinayotgan bir qator chora-tadbirlar ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy
hayotida o‘z aksini topmoqda.
Prezidentimiz «Bankdan tashqari pul aylanmasini keskin qisqartirish va pul
muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta barqarorligini oshirish, chakana savdo
va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblarni amalga oshirishda plastik
kartochkalardan foydalanishni kengaytirish masalalari bundan buyon ham e’tiborimiz
markazida bo‘lishi darkor», deb ta’kidlab o‘tgan edi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklardagi depozit
hisob varaqlardan naqd pul to‘lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to‘g‘risida»gi
2005 yil 5 avgustdagi 147-sonli qarori talablarini ijro etish borasida bank tizimi
tomonidan amalga oshirilgan bir qator chora-tadbirlar aholining bank tizimiga
bo‘lgan ishonchini yanada oshishiga olib keldi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi
4057-sonli farmoniga muvofiq, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisob
varaqlaridagi omonatlari ularning miqdoridan qat’iy nazar to‘liq qaytarilishining
davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini
yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi va bu jismoniy shaxslarning banklardagi
omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13 fevraldagi 1-sonli majlis bayoni
talablaridan kelib chiqqan holda, aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi
omonatlarga jalb qilinishida hamda omonatdagi mablag‘larni ularning birinchi
talabiga ko‘ra berilishida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, omonatchilarning haq-
huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlarning amalga
oshirilishi va banklarning mazkur faoliyatlari ustidan nazoratning yanada


kuchaytirilganligi ham aholi bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilishni
yanada jadallashtirdi.
Ushbu vazifadan kelib chiqqan holda, bank tizimida aholiga ko‘rsatilayotgan
zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini
keng joriy etish, jumladan plastik kartochkalardan foydalanishni rivojlantirish
bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib borildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2010
yil 1 yanvar holatiga tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish
shoxobchalariga o‘rnatilgan terminallarning umumiy soni 60631 tani, kartochkalar
umumiy soni 6058,9 mingtani, shundan oylik ish haqi loyihalaridagi kartochkalar
soni 3546,7 mingtani tashkil qildi. Korporativ kartochkalar soni 14,1 mingtani tashkil
qildi. Plastik kartochkalar hisob varaqlariga 3846 mlrd. so‘mlik mablag‘lar o‘tkazildi.
O‘z navbatida, plastik kartochkalar va terminallar yordamida amalga oshirilgan
o‘tkazmalar hajmini yildan-yilga yuqori sur’atlarda oshirib borish ko‘zda tutilgan.
Shunga ko‘ra amaldagi barcha tegishli me’yoriy hujjatlarga, shu jumladan,
Markaziy bankning naqd pul muomalasiga taaluqli bo‘lgan yo‘riqnomalariga tegishli
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Naqd pul muomalasida mavjud bo‘lgan barcha
cheklovlar bekor qilinishi esa naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblarni birxillashtirish
borasida qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida naqd pul muomalasi yanada
mustahkamlanib, naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini
qisqartirishga zamin yaratdi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
banklardagi depozit hisob varaqlaridan naqd pullarning uzluksiz berib borilishi to‘liq
ta’minlanib borildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz hukumati tomonidan bank tizimida
plastik kartochkalar miqdorini oshirish va aholini plastik kartochkalar bilan hisob-
kitoblarini amalga oshirishni rag‘batlantirish borasida bir qancha imtiyozlar
berilmoqda. Shulardan biri bu plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatadigan


protsessing markazlari va bankomatlarni keltirish hamda ularni o‘rnatish borasida
bojxona to‘lovlaridan 2020 yilga qadar ozod qilish chora-tadbirlari belgilangandir.
Monetar siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Markaziy
bank pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan keng foydalangan holda pul
taklifi o‘sishining asosiy manbasi bo‘lgan oltin-valyuta zaxiralarining oshishi
hisobiga muomalaga chiqarilgan pul massasi hajmini boshqarish choralarini ko‘rib
bordi.
Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan aniq chora-
tadbirlar natijasida o‘tgan yilda pul agregatlari belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari
doirasida, ya’ni pul massasining yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishiga
muvofiqligi ta’minlandi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling