«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini axborotbilan ta’minlashni
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
6. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini axborotbilan ta’minlashni
tashkil etish Biznes faoliyatini yetarli va aniq axborotlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Bu axborotlar biznes uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, xabarlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Axborot ishlab chiqaruvchilar, tovarni sotuvchilar va haridorlar o‘rtasidagi aloqa shaklidir. Ishbilarmonlar asosan turli xil axborotlar statistik, moliyaviy, operativ, tashkiliy axborotlar, farmoyish tarzidagi axborot, buxgalterlik, marketing axboroti, ta’minot bo‘yicha, xodimlar bo‘yicha, ma’lumotga oid axborot va boshqa axborotlar bilan ishlaydilar. Axborotlar yana ichki va tashqi, dasturiy va me’yoriy axborotlarga bo‘linadi. Ichki axborot kichik korxona yoki savdo tashkiloti ichki materiallaridan iborat bo‘ladi hamda korxona faoliyatini, uning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini moddiy va mehnat xarajatlari hajmini, naqd pul harakatini, debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Tashqi axborotlar mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni, hokimiyat idoralari, banklar, raqobatchilar va boshqa tashkilotlar bilan bo‘ladigan aloqalarni ifodalaydi. U tovarlarni sotish va harid qilish shartlari haqidagi tashqi muhit xabarlaridan iborat bo‘ladi. Foydalanish vaqti bo‘yicha axborotlar operativ, davriy va uzoq muddatli, o‘zgarish darajasi bo‘yicha birlamchi va ikkilamchi axborotga bo‘linadi. Tadbirkorlikda iqtisodiy axborotlar yetakchi rol o‘ynaydi, chunki ular tovar ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi munosabatlarni aks ettiradi. Kichik korxonalar uchun ilmiy-texnik axborotlarning roli ham muhim, ular ishlab chiqarishni ilmiy-texnik taraqqiyot asosida rivojlanishni aks ettiradi. Doimiylik darajasi bo‘yicha axborotlar axborotlar doimiy, shartli-doimiy va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Doimiy axborot o‘z ma’nosini uzoq vaqt davomida o‘zgartirmaydi (shaharlar, korxonalar, savdo tashkilotlari nomlari, tovarlar turlari va boshqalar haqidagi axborotlar). Shartli-doimiy axborotlar ma’lum vaqt davomida o‘z ma’nosini saqlab turadi. Unga mahsulot tayyorlash uchun texnik shartlar, me’yorlar, tarif miqdorlari, lavozim, ish haqi va hokazolar kiradi. O‘zgaruvchan axborotlar harid qilish va sotishning o‘sishini aks ettiradi. Ular qaror qabul qilish uchun doimo tezlik bilan qayta ishlashni talab qiladi, aks holda, ularni olishdan ma’no qolmaydi. Har qanday axborot hujjatlarda aks ettiriladi. Hujjat – bu axborot tarqatuvchi vositadir. Nafaqat ishbilarmonlar, balki bu hujjatlarni o‘quvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni qayta ishlovchi va saqlovchi odamlarning mehnat xarajatlari hujjatning shakllariga bog‘liq. Biznesda keraksiz hujjatlarning bo‘lishi mumkin emas. Axborotlar oqimi muvaffaqiyatli biznes uchun kerakli aloqalarni ta’minlaydi. Bunday aloqalar tovar ishlab chiqaruvchilar va ularning iste’molchilari, mahsulotlarni sotuvchilar va haridorlar, turli muassasalar o‘rtasida zarurdir. Axborot almashish kichik biznes faoliyati va xususiy tadbirkorlikning eng murakkab muammolaridan biridir. Tadqiqotchilar tadqiqotning dastlabki bosqichida muammoni aniq belgilashlari va tadqiqot maqsadini belgilab olishlari kerak. Axborotlarni yig‘ish ancha og‘ir va ma’suliyatli ishdir. Muammoni mujmal yoki noto‘g‘ri belgilash ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarga olib keladi. Aniq qo‘yilgan maqsad muammoni hal qilishning asosidir. Tadqiqotning keyingi bosqichida buyurtmachini qiziqtirayotgan axborot turini va uni eng samarali yig‘ish yo‘lini aniqlash zarur. Tadqiqotchi ikkilamchi yoki birlamchi axborotlarni yoki ikkalasini bir vaqtda yig‘ishi mumkin. Ikkilamchi axborot – bu avval boshqa maqsadlar uchun yig‘ilgan mavjud axborotdir. Quyidagilar ikkilamchi axborot manbalarini tashkil etadi: - korxonalarning hisobotlari; - bo‘lg‘usi tadqiqotlar haqidagi hisobotlar; - davlat muassasalarining nashrlari; - korxona, muassasalarning balans hisobotlari; - statistik ma’lumotnomalar; - birjalar ma’lumotnomalari; - gazeta va jurnallar, radio, televideniya eshittirishlari va h.k. Ikkilamchi axborot tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. U arzon tushishi va olinishi osonligi bilan ajralib turadi. Ammo tadqiqotchiga kerakli ma’lumotlar eskirgan, noaniq, to‘liqsiz yoki ishonchsiz holda etib kelishi mumkin. Bu holda tadqiqotchining yanada ko‘proq mablag‘lar va vaqt sarflashi orqali birlamchi axborot yig‘ishiga to‘g‘ri keladi. Birlamchi axborot – bu aniq maqsad uchun birinchi marta yig‘iladigan axborotdir. Birlamchi axborot yig‘ishning uchta usuli bor: 1. Kuzatish usuli. 2. Tajriba usuli. 3. So‘rov usuli. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling