«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Bankning passiv va aktiv operatsiyalarining mohiyati nimada?
2. Bankda kredit berish tartidi qanday tashkil etilgan?
3. Banklar bilan tadbirkorlar o‘rtasida bajariladigan operatsiyalarda o‘zaro
munosabatlar qanday tashkil etiladi?
4. Banklar bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi valyuta operatsiyalari qanday bajariladi?
5. Tadbirkorlik faoliyatida soliq solish tartibini izohlab bering.
6. Soliq solish ob’ekti va bazasi nima?
7. Soliq stavkalarining tarkibi qanday tuzilgan?
8. Aksiz solig‘i nima? Uning amal qilish tartibi qanday?
9. Auditning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
10. Auditorlarning huquq va burchlari nimalardan iborat?
11. Kichik biznes faoliyatida axborotning mohiyati va ahamiyati nimada?
12. Biznesda axborot turlari va ularning tutgan o‘rni qanday?
13. Axborot almashinuvining asosiy elementlari nimalardan iborat?
14. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda axborotlar tizimidan
qanday foydalanadilar?


9.1-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA SOLIQ TIZIMI. UMUMDAVLAT VA
MAHALLIY SOLIQLAR
2-ma’ruza mashg‘uloti
1 "Soliq va soliqqa tortish" fanining predmeti va o‘rganish usullari.
2."Soliq va soliqqa tortish" fanini o‘rganishning zarurligi, uning boshqa fanlar bilan
munosabati.
3. "Soliq va soliqqa tortish" fanining asosi va uning manbalari.
4. "Soliq va soliqqa tortish" fanining soliq xizmati va soliq sohasidagi mutaxassis
xodimlarni tayyorlashdagi tutgan o‘rni.
1. "Soliq va soliqqa tortish" fanining predmeti va vazifalari.
Har qanday fan o‘zining predmetiga, ya’ni izlanish ob’ektiga ega bo‘ladi.
Masalan, kimyoviy texnologiya fanining predmeti bo‘lib kimyoviy moddalarning
tarkibini o‘rganish, mashinasozlik fani uchun mashinalar mexanizmining
xarakteristikasini o‘rganish, "Soliq va soliqqa tortish" fanining predmeti soliqlar va
soliq mexanizmini ya’ni soliqqa tortish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlarni barcha
elementlari yig‘indisini har taraflama o‘rganishdir. Soliq mexanizmi soliq tizimining
amaliyotga tadbiq etilishini ifodalaydi. Bu harakat soliqqa tortish jarayonini pul
munosabatlarining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy
shaxslar) bilan soliq undiruvchi davlat o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Fanning
mohiyati shu o‘rtadagi munosabatni chuqur o‘rganish, ularni to‘g‘ri tashkil etilishini
ta’minlashdan iborat. To‘g‘ri tashkil etish deganda, soliq munosabatida qatnashuvchi
tomonlarning iqtisodiy manfaatini inobatga oluvchi munosabatni tashkil qilish
tushuniladi. Davlat byudjetiga soliq undirish soliq to‘lovchilarning ishlab chiqarishni
rivojlantirish rejasidan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyoti talablariga asoslangan
munosabatlarni tashkil etishga harakat qilishdir. Talabalar "Soliq va soliqqa tortish"
fanini chuqur o‘rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini bajarishda ham
katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligini anglaydi.


 Fanning vazifasi talabalarni va boshqa soliq faoliyati bilan bog‘liq xodimlarni
soliqlarga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari hamda amaliyotga tadbiq etish
yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatishdan iboratdir.
SHunindek, «Soliq va soliqqa tortish» fanining asosiy vazifasi rivojlangan xorijiy
mamlakatlar soliq amaliyotini o‘rganish asosida qilingan xulosalar, ularning
tajribalarini mamlakatimiz iqtisodiyotiga moslab tadbiq eta oladigan, nazariy, ilmiy
va amaliy jixatdan bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdan
iborat.
«Soliq va soliqqa tortish» fanining usuli - bu ushbu fanni o‘zlashtirish uchun
nimalarni bilish lozimligi tushiniladi. Demak bu fanni o‘rganish uchun talaba
respublikamizdagi soliq qonunchiligida belgilangan barcha soliqlar, to‘lovlar va
majburiy ajratmalarni bilishlari kerak bo‘ladi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling