«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va investitsion


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va investitsion
faollikni oshirishda, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish
jarayonida banklarning ahamiyati
Ayni paytda banklarning kredit portfeli tarkibida jiddiy o‘zgarishlar yuz
bermokda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay
banklarimiz tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini faol qo‘llab-
quvvatlashga alohida e’tibor berildi. Joriy yil boshiga kelib jami kredit qo‘yilmalari
miqdori 8,5 trln. so‘mdan oshib ketdi.
Tijorat banklari kapitallashuv darajasining ortishi iqtisodiyotning real sektorida
investitsion faollikning o‘sishini ta’minlashda bank kreditlarining ahamiyatini
ortishiga olib keldi. Birgina korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
qayta jihozlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 2,4 trln. so‘m
miqdorida investitsion kreditlar ajratildi.
Tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlar ulushi oshirish bo‘yicha ko‘rilgan
choralar tufayli 3 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlarning banklar kredit


portfelining umumiy hajmidagi ulushi hozirgi paytda 69 foizga yetdi va so‘nggi o‘n
yilda 28 barobar ko‘paydi.
Ushbu tendensiyani yaqin istiqbolda izchil oshirib borish vazifasi belgilab
olingan bo‘lib, banklar tomonidan berilgan kreditlar tarkibida investitsiya
kreditlarining ulushini ortib borishi, mamlakatimizdagi keng qamrovli investitsiya
siyosatni olib borishda banklarning ahamiyatini ortishi natijasi o‘laroq ularning yirik
investitsiya muassasalariga aylanishiga olib keladi.
Banklar aktivlari tarkibida spekulyativ tavsifdagi kreditlarning kamayishiga va
resurslarni real iqtisodiyotga qo‘yilma qilish hisobiga Respublikamizning istiqboldagi
rivojlanishida banklar hissasining yanada ortishiga olib keladi. O‘z navbatida
banklarning kapitallashuv darajasini oshirishga davlat qo‘yilmalarning manzilliligi
ortishini ta’minlaydi.
 Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning
investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to‘g‘ridan
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va ulardan samarali foydalanish, ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish
o‘rinlarini shakllantirish va bular asosida milliy iqtisodiyotimizni barqaror va
dinamik rivojlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1213-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2010 yilga investitsion
dasturi haqida»gi Qarori
7[6]
tasdiqlangan bo‘lib, ushbu dastur asosidagi kapital
qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida bank tizimi investitsion
kreditlarning ahamiyati yuqori bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli
«Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to‘g‘risidagi tartibni
tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy
qobiliyatini tiklash bo‘yicha bir qator imtiyozlar (ko‘maklar) berilgan.
7[6]
Қаранг:www.lex.o’z


Yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjat orqali tijorat banklariga ham muayyan
imkoniyatlar berilgan. Jumladan:
- bankrot korxona negizida ustav jamg‘armasi 100 foizgacha bo‘lgan yangi
korxona tashkil etish;
- bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan,
qoplanmagan kreditini, shu jumladan, hukumat kafolati bilan berilgan kredit
so’mmasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish;
- bankrot korxona uchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb qilish;
- bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini tiklab,
qaytadan bozor bahosida sotish va h.k.
Ayni paytda mazkur jarayonning samaradorligini va ta’sirchanligini ta’minlash
maqsadida tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash, texnik
va texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, zarur
bo‘lganda korxonani to‘liq rekonstruksiya qilish orqali faoliyat yo‘nalishini
o‘zgartirish, strategik hamkorlik va investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi
biznes-rejalarni ishlab chiqish belgilangan.
Tijorat banklarining likvidligini tartibga solgan holda, 2009 yilda belgilangan
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, shuningdek, milliy valyutaning
barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank tasarrufida bo‘lgan barcha bozor
dastaklarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirdi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling