«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2-MAVZU KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDAN OLINADIGAN SOLIQ TURLARI 3-ma’ruza mashg‘uloti
- 1. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati.
Nazorat va muhokama uchun savollar.
1. «Soliq va soliqqa tortish» fanini o‘qitishning zarurligi nimada? 2. «Soliq va soliqqa tortish» fanining predmeti va uning vazifalari nimada? 3. Fanning nazariy va amaliy asosi nimalardan iborat? 4. «Soliq va soliqqa tortish» fani mazmunida nimalarni o‘rgatish maqsadi yotadi va uning kadrlarni tayyorlashdagi roli qanday? 9.2-MAVZU KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDAN OLINADIGAN SOLIQ TURLARI 3-ma’ruza mashg‘uloti 1. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati. 2. Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasi. 3. Soliq mexanizmi tushunchasi va tarkibi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Soliq tizimi va uning tarkibi. 5. Soliq elementlari. 1. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xuquqiy asoslari mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida"gi Qonunida "SHu kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi",-deb ko‘rsatilgan. Qolaversa davlatning soliq siyosati asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham qayd qilingan. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Soliq sohasida o‘ndan ortiq Qonunlar qabul qilingan edi. SHulardan eng asosiylari O‘zbekiston Respublikasining "Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalar Soliqi to‘g‘risida" va "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlarning solig‘i to‘g‘risida" gi Qonunlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar bo‘ldi. Soliqning huquqiy asosi 1997 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan hamma Soliqni o‘zida mujassamlashtirgan Soliq Kodeksi bo‘ldi. U soliq siyosatini amalga oshirishga katta xuquqiy asos yaratdi. Har qanday tadbir, ish, faoliyat ilgaridan belgilanib, aniqlab, rejalashtirib, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshiradi. Siyosat deganda, davlatning ilgaridan rejalashtirib, aniqlab turib, amalga oshiradigan chora tadbirlari yig‘indisi tushuniladi. Soliq siyosati – davlatning soliq borasidagi farmon, qonun va qarorlari ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar faoliyatlar yig‘indisidir. Faqat mustaqil davlatgina o‘zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo‘la oladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati Respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishga, bozor munosabatlarini boshqarishga har tomonlama faol ta’sir ko‘rsatadi. Soliq pul munosabatlarini ifoda etib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy bo‘lagi, bozor iqtisodiyotining zaruriy qismidir. Jaxon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo‘nalishlariga katta e’tibor beriladi: 1. Har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo‘jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish ; 2. Ijtimoiy - zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlatni kerak bo‘lgan moliyaviy manbalar bilan ta’minlash; 3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish: 4. Aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash va ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini yaratish va vaqti - vaqti bilan oshirib borish. Unda "iste’mol savatchasi" ma’lumotlarini e’tiborga olish, Soliqdan kompleks foydalanish, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini qayta qurishga, ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishga, xo‘jaliklar va axolining tovar sotib olish qobiliyatini boshqarib turishga, qadrsizlanish jarayonida inflyasiyani jilovlab turishga imkon beradi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosatining ikki yo‘nalishi mavjud: 1. Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati. Eng avvalo, korxona va tashkilotlarni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish. 2.Soliq siyosatida axolining turli guruhlariga nisbatan xilma-xil yondoshishidir. Nochor, kam ta’minlanganlarga iloji boricha soliqdan ko‘proq imtiyozlar berish va kam kuch sarflab ko‘p daromad topuvchilarga nisbatan yuqori progressiyali soliq stavkalarini qo‘llashdan iborat. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling