«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

5. Soliq elementlari.
Soliq elemenlariga soliq sub’ekti, soliq ob’ekti, soliq manbai, soliq stavkasi, soliq
birligi, soliq yuki kabi tushunchalar kiradi.


Soliq sub’ekti-soliq munosabatlarida qatnashuvchi soliq to‘lovchilardir. Ular
xuquqiy va jismoniy shaxslarga bo‘linadi.
Soliq munosabatlarida faqat soliq to‘lovchilargina emas, soliq undiruvchi
(soliqchi) ham qatnashadi. Soliqni davlat undiradi. Uning nomidan maxsus tashkilot
qatnashadi, ya’ni bu ishni davlat soliq xizmati idoralari bajaradi. Soliqni to‘g‘ri
hisoblash, to‘liq to‘lash javobgarligini soliq to‘lovchi sub’ektga yuklatilgan.
Soliq ob’ekti-soliq solinadigan daromad, oborot yoki mulkdir. Unga foyda, ish
haqi, qo‘shilgan qiymat, er, imorat kabilar kiradi. Ob’ekt doimo sub’ekt bilan bog‘liq
va sub’ektniki bo‘ladi. Sub’ektsiz ob’ekt bo‘lmaydi. Soliq Kodeksida har bir
soliqning o‘z ob’ekti alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘ida
ob’ekt mahsulot oborotidir, daromadga solingan soliqda daromad (foyda), mol-mulk
solig‘ida mulk qiymati, er solig‘ida er maydoni va boshqalar.
Soliq manbai - bu sub’ektning daromadidir. Ba’zi Soliqda daromad va foyda
ham soliq ob’ekti, ham soliq manbai bo‘ladi. Lekin boshqa Soliqda ob’ektlar har xil,
manba daromad bo‘ladi. Soliq nimadan to‘lansa, o‘sha narsa soliq manbai bo‘la
oladi. To‘g‘ri Soliqda soliq manbai daromadlardir. Egri Soliqda esa soliq manbai
tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotish oboroti, ya’ni tushum bo‘ladi.
Soliqqa tortish birligi-bu ob’ektning o‘lchov birligi. Bu daromad solig‘ida
so‘m, er solig‘ida kv.metr. bilan belgilanadi.
Soliq stavkasi-ob’ektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab
qo‘yilgan me’yordir.
Soliq stavkasi ikki xil usulda: qat’iy stavkalarda (so‘mlarda) va inflyasiya
sharoitida nisbiy stavkalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunday holda byudjet
inflyasiyadan ko‘p mablag‘ yo‘qotmaydi. Agar stavka so‘mlarda hisobga olinsa,
Soliqdan tushgan byudjet daromadi yil oxiriga kelib xech qanday iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‘lmay qolishi mumkin.


Soliq yuki - to‘lovchining hamma Soliq va yig‘imlar yig‘indisini byudjetga
to‘lashdir. Soliq yuki foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi. Mamlakat
miqyosida hamma to‘langan soliq va yig‘imlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i
ham soliq yukini ifodalaydi.
Agar soliq to‘lovchi Soliqni to‘g‘ri to‘lagan bo‘lsa, unga soliq yuki mos keladi.
Lekin ba’zi korxonalarda egri Soliqning xuquqiy to‘lovchilari bo‘lib korxona
hisoblansada, soliq yuki oxirgi iste’molchi, ya’ni aholi zimmasiga tushadi. Bu erda
egri Soliq hisobiga aholi real daromadi bir oz bo‘lsada, pasayadi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling