bosh islohatchi sifatida soliqning mohiyati va vazifalarini mukammal
ishlab chiqib,
uni amaliyotga tatbiq qilishni ham o‘z zimmasiga oladi.
Bozor iqtisodiyoti, uning talab va taklif, raqobat va qiymat qonunlari «Soliq va
soliqqa tortish» fanining asosiy negizidir. Davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki
mahsulot qiymatini qayta taqsimlaydi va soliqlardan taqsimlash kategoriyasi sifatida
o‘zining hamma ijtimoiy talablarini qondirishda foydalana oladi.
4. "Soliq va soliqqa tortish" fanining soliq xizmati va soliq sohasidagi mutaxassis
xodimlarni tayyorlashdagi tutgan o‘rni.
Soliq xizmati xodimlari o‘zlariga qonun xujjatlarida yuklangan vazifalarni
muvaffaqiyatli bajarishlari uchun faqat soliqlarni nazariy jixatlarni bilibgina
qolmasdan, undagi soliqning mohiyati va zarurligi, ular uchun umumiy asosga ega
bo‘lgan soliq
tamoyili, soliqqa tortish tizimi, soliqqa oid me’yoriy asoslarni puxta
egallagan bo‘lishi zarur. Buning uchun esa "Soliq va soliqqa tortish" fanini chuqur
o‘rganish kerak. "Soliq va soliqqa tortish” fani pul munosabatlarini ifodalovchi:
Soliqning moxiyati,
tushunchalari, ularni tashkil qilish asoslari, Soliqning bozor
iqtisodiyoti sharoitida zarurligi, ularning to‘g‘ri va egri Soliqga bo‘linishi, byudjetga
tushish nuqtai nazaridan umumdavlat Soliqi va maxalliy Soliqga bo‘linishi
va boshqa
iqtisodiy guruxlar, soliq stavkalari va turlari, ularni amaliyotga tatbiq etish usuli va
uslublari, soliq tizimiga oid boshqa harakatlarni o‘z ichiga oladi.
SHuningdek, bu fan
soliq xizmati xodimlari, soliq sohasi vakillari, talabalar va
boshqalarni soliqqa oid ilmiy salohiyatini oshirishda katta rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: