«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Yangi korxona tashkil qilish qanday bosqichlardan iborat?
2. Tashkil etilmoqchi bo‘lgan shaxsiy korxonalarning qanday turlarini
bilasiz?
3. Tashkil etilayotgan korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishi (TIA)
nimalardan iborat?
4. Biznes-reja nima? Uning mazmunini ochib bering.
5. Biznes-rejaning tuzilishi qanday, u qanday bo‘limlardan iborat?
6. Tashkil etilmoqchi bo‘lgan korxonaning ishlash va boshqaruv tizimi
nimalardan iborat?
7. Korxonaning boshqaruv tamoyillari nimalardan iborat?
8. Franchayzingning ustuvorlik va kamchiliklari nimada?
9. Foydalilik koeffitsenti qanday aniqlanadi?
10. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishni izohlab bering.
9-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK
SUB’EKTLARIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOZOR
INFRATUZILMALARI
1-ma’ruza mashg‘uloti


1. Infratuzilma tushunchasining mohiyati va mazmuni
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning roli
3. Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik sub’ektlari bo‘sh pul
mablag‘larini
jalb etish va bank xizmatlari turini rivojlantirish
4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va investitsion faollikni oshirishda, iqtisodiy
nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish jarayonida banklarning
ahamiyati
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida audit va auditorlik taftishini
o‘tkazish
6. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini axborot bilan ta’minlashni
tashkil etish
1. Infratuzilma tushunchasining mohiyati va mazmuni
Respublikamizda kichik tadbirkorlik sub’ektlarining samarali faoliyat yuritishi va
rivojlanib borishi ko‘p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bog‘liq.
Kichik tadbirkorlik rivojiga qulay imkoniyatlar yaratadigan shart-sharoitlar orasida
infratuzilma xizmatini alohida ajratib ko‘rsatish lozim.
“Infratuzilma” so‘zi lotin tilidan (infrastructure) tarjima qilinganda “tuzilmadan
tashqarida” ma’nosini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan infratuzilma mohiyatiga
quyidagi izoh ko‘proq mos keladi: “inson hayoti va ijtimoiy ishlab chiqarish
jarayonida faoliyatlar almashinuvi ta’minlovchi tovarlar va xizmatlar yaratishda
o‘ziga xos mehnat jarayonlari majmuasi”.
Keyingi yillarda infratuzilma yuksak sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Buni bir
qator omillar bilan izohlash mumkin. Xususan, ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari
infratuzilmalar rivojidan oldinda bormoqda va bu iqtisodiyotning rivojlanishiga ham
o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.


 Infratuzilma juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, bu eng avvalo ishlab chiqarish
jarayoniga har taraflama xizmat ko‘rsatadigan xizmat turalarini yaratish bilan bog‘liq.
Infratuzilma bo‘linmalari rivojlanib borishidan kichik tadbirkorlik sub’ektlari katta
manfaat ko‘radi, negaki bunday bo‘linmalar ularni ishlab chiqarishga xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan ozod etib, kuch-g‘ayratini asosiy
faoliyatiga qaratishga imkon yaratadi.
Infratuzilma tomonidan yaratiladigan sharoitlarni o‘z navbatida quyidagicha
turkumlash mumkin:
· Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatuvchi – moddiy texnika
ta’minoti va tayyor mahsulotni sotish, axborotni yig‘ish va qayta ishlash,
buxgalteriya xizmati. Texnologik, boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat xizmati va
boqshalar;
· Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish shart-sharoitlari – ishchi va
xizmatchilarning sog‘lig‘ini, ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarligini, dam olishlarini
qo‘llab-quvvatlash.
Shu paytga qadar infratuzilmani ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalar
yig‘indisidan iborat deb qarab kelingan. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy
tizim kirib kelishi bilan ishlab chiqarish infartuzilmasi ko‘lami kengayib, “bozor
infratuzilmasi” va “institutsional infratuzilma” so‘zlari iste’molga kirib bormoqda.
Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatuvchi
tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Uning tarkibiga yuk transporti, elektr, gaz va suv
ta’minoti, ombor xo‘jaligi, aloqa, axborot, moddiy-texnika ta’minoti, mahsulotni
tashish, saqlash va qayta ishlash, texnik xizmat ko‘rsatish, marketing va reklama,
axborot-maslahat, auditorlik, moliya-kredit va investitsion kabi xizmat turlari kiradi.
Ijtimoiy infratuzilma ishlab chiqarish jarayonida ishchi va xizmatchilarga
normal mehnat faoliyati yaratish va ishchi kuchini takror hosil qilish, shuningdek,
tadbirkorlarning turli maishiy xizmat turlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun
xizmat qiladi.



Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling