«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof joriy qiymat
Yettinchi bo‘lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo‘lim biznes-rejaning
yakunlovchi qismi bo‘lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko‘rsatkichlari orasida foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari ustuvor mavqeiga ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qo‘lga kiritish) ham hisobga olinadi. Ushbu bo‘limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag‘larni qo‘yilishi haqidagi qarorni tayyorlashda bir necha umumiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Ular quyidagilardan iborat: - sof, joriy qiymat; - rentabellik; - samaradorlikning ichki koeffitsienti; - kapital qo‘yilmalarning qaytarilish davri; - pulning maksimal sarf-xarajati; - zararsizlik me’yorlari. Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi. Rentabellik foydaning kapital qo‘yilmalarga yoki aksioner kapitaliga nisbati shaklida aniqlanadi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga olinadi. 3. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish asoslari Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini mablag‘ bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri bo‘lib, katta tavakkalchilikni talab etadi. Sarflangan mablag‘larni qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bo‘lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. Chunki, bu muddat ichida bozor konyukturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi to‘lovlari ham zimdan oshib boradi. Shuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo‘lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakat uchun xos bo‘lsa) xarajatlari tezroq qoplanadigan samarali loyihalarga mablag‘ sarflash maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashish ilmiy-texnika taraqqiyotining sur’ati eng yuqori bo‘lgan va yangi texnologiya yoki mahsulotlarning kirib kelishi oldingi investitsiyalarni tezda qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo‘lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, pulni oluvchi yetarli obro‘ga ega bo‘lmasa va mablag‘ egasi uzoq muddatga unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag‘ning o‘zini qoplash muddatiga qarab ish ko‘riladi. Misol tariqasida, «Bek» kichik korxonasining mablag‘ bilan ta’minlanish va uni o‘zlashtirish tartibini ko‘rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida o‘zlashtirish uchun 120 ming so‘mlik xom ashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur resurslardan foydalanish natijasida korxona 35 ming so‘m daromad olishni ko‘zda tutmoqda. Shu asnoda korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalashtirilgan. Xo‘sh, ushbu loyiha talabni qondira oladimi? Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz. Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi: Xarajatlarni qoplash muddati = Boshlang‘ich investitsiyalar 120000 3,4yil (1) Har yilgi pul daromadlari 35000 Mazkur hisob-kitobdan ko‘rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish muddati belgilangan muddatdan ancha kam (8 oyga). Demak, investitsiya ajratishning ushbu varianti qulaydir. Ammo amalda pul daromadlari har yili, har xil bo‘ladi. Odatda, ular ish boshida kamroq bo‘lib, keyinchalik o‘sib borishi mumkin (agar loyiha biror bir aniq maqsadni ko‘zlagan bo‘lsa va ishlab chiqaradigan mahsulot haridorgir bo‘lsa). Bunday holatda xarajatlarni qoplash muddati ancha boshqacha bo‘ladi. Faraz qilaylik, investitsiya miqdori misolimizdagi kabi bo‘lib, yillar bo‘yicha ko‘zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bo‘lsin: birinchi yilda – 25 ming so‘m; ikkinchi yilda – 35 ming so‘m; uchinchi yilda – 48 ming so‘m; to‘rtinchi yilda – 54 ming so‘m. Bulardan ko‘rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming so‘mni tashkil etadi. Demak, investitsiyaning to‘liq qoplanishi uchun to‘rtinchi yili davomida atigi 12 ming so‘m talab etiladi. Bu so’mmani to‘rtinchi yilda ko‘zda tutilgan daromadlar so’mmasi (54 ming so‘m) ga teng bo‘lib, shu yil uchun xarajatlarni qoplanish muddatiga – 0,22 yilga ega bo‘lamiz. Shunday qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22 yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi. Investitsiyalarni tahlil qilishning bunday usuli soddaligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investitsiya yo‘l qo‘yiladigan muddatda qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u investitsiyaning qaltisligi haqida ham aniq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi. Shu boisdan, bunday hisob-kitob investitsiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qo‘shimcha bo‘la oladi. Chunki, ular, ko‘pincha, kutilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalik yaqqol ifodalay olmaydi. Bu usulning ham o‘ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari bor, albatta. Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat o‘zgarishini hisobga olmaydi. Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investitsiya to‘liq qoplangandan keyin tushadigan daromadlar ham ko‘rsatilmagan. Zero, yangi fondlar undan keyin ham ishlatiladi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hech bo‘lmaganda qisman bartaraf etish uchun, xarajatlarni qoplash muddatini so‘mning bugungi va kechagi qiymati o‘rtasidagi farqni hisobga olgan holda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling