«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi bo‘lim.
- Oltinchi bo‘lim.
To‘rtinchi bo‘lim. «Bozor konyukturasi, talab va sotuv hajmining tahlili»
bo‘limida talabni o‘rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi bo‘lib, bu bo‘limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishini vaqt mobaynida belgilab beriladi. Biznes rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, tahlili va baholanishi bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslansa, ikkinchi tomondan, bo‘lajak haridor yoki savdo tashkiloti bilan bo‘lgan dastlabki bitimga tayanadi. Ushbu bo‘limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligini, raqobatchilar borligini, ularning imkoniyati va qobilyati, shuningdek, narx siyosatini bilish lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan holda tovarning sotilish hajmi kiritiladi. Beshinchi bo‘lim. «Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo‘lib, bu bo‘limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat, moliya) bog‘liq. Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar bilan aloqa bog‘lash, ularning talabini hisobga olish); b) mahsulotni ishlab chiqarish; v) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat tadbirkorligiga oid); g) tovarni sotish jarayonida va sotgandan keyin haridorga xizmat ko‘rsatish. Tashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlarning uzviy qismi bo‘lib, biznes-reja bajarilishining boshqaruv uslubini; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini; ijro etuvchi harakatlarning muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mehnat haqining maxsus shaklini o‘rnatish, rag‘batlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash, hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga kiradi. Oltinchi bo‘lim. «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo‘limda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan resurslar turi va hajmi, resurslarni olish manbai va uslubi haqida ma’lumotlar beriladi. Resursli ta’minot quyidagilarni qamrab oladi: moddiy resurslar (materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, xom ashyo, energiya, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqalar); mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (joriy pul mablag‘lari, kapital qo‘yilmalar, kreditlar, qimmatbaho qog‘ozlar); axborot resurslari (statistik, ilmiy-texnik axborot). Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling