«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun
marketing dasturini ishlab chiqish
Marketing dasturi bu korxonani umumxo‘jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish
uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo‘g‘ini uchun qaror qabul
qilishni asosidir. Marketing dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani o‘tgan davrdagi
faoliyat natijalari bo‘lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va
bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik
yo‘li, tovar, narx, sotish va rag‘batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini,
marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari
samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo‘yicha
nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.


Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o‘z
imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo‘lsada,
kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko‘riladi. Firmalar
faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv
bo‘g‘ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash)
darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturini strategik yo‘nalishi bozordagi mavqeidan va korxonani o‘z
holatini bog‘lig’iga qarab o‘z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, hujum
va ximoya strategiyalari bo‘lishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko‘p variantlilik tamoyillari ishlatiladi.
Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki
yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari bo‘ladi. Dasturni minimal
varianti, dasturni og‘ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa
yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari
marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda
haqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy va ijtimoiy hamda psixologik samarani olishni
maqsad qilib erishadi. Shuningdek dasturni o‘rtacha yoki optimal variantlari keng
tarqalgan.
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo‘nalishiga qarab marketing
dasturi yuqori va pastki bo‘g‘in uchun bo‘lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo‘g‘in
uchun bo‘lsa, u qisqa va lo‘nda tuzilgan bo‘lishi lozim. Chunki unda muhim
tomonlari ajratib ko‘rsatiladi pastki bo‘g‘in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir
savollar yoritilib beriladi.
Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o‘rta va uzoq muddatli turlarga
bo‘linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq muddatli va
qisqa muddatli dasturlar.
Qamrab olayotgan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo‘linadi.


Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha
funksiyalarni savollarini yechishga yo‘naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi
mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o‘zlashtirish, firma siyosatini
rag‘batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga
qaratiladi.
Ob’ektiga bog‘ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo‘yicha va ishlab
chiqarish bo‘limi bo‘yicha bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega:
· tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy
nomenklaturasini aniqlash;
· innovatsiya bo‘yicha qarorni asoslash;
· chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo‘yicha qaror
qabul qilish;
· tovar ishlab chiqarish to’zilishida har bir mahsulot ulushini o‘rnatish;
· ishlab chiqarishni ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha xarajatlarni umumiy hajmi va
ularni to’zilishini hisoblash;
· moliyalashtirish manbalarini topish;
· ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
· ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
· ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi firmaning to‘liq ichki
rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo‘yicha
marketing dasturi ishlab chiqarish bo‘limining xo‘jalik faoliyatini jami ko‘rsatkichlari
to‘plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.


Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan
korxonaning mo‘ljallangan maqsadiga erishish va uni bajarilishini nazorat qilish
resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagicha:
1. Korxonaning imkoniyatlari tahlili (holatli tahlil).
Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo‘nalishlari.
Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.
2. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(Marketing sintezi).
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda
foydaga erishish yo‘llarini aniqlash.
3. Strategiyani ishlab chiqish.
Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni
ko‘zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlarini, marketing
vositasini, bozorga kirish vaqtini va boshqalarni tanlash).
4. Rejani ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga
oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi.
5. Nazorat qilish.
Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni aniq bozor holatiga to‘g‘ri kelish). Yillik
nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.
Nazorat va mulohaza uchun savollar:
1. Marketing tushunchasini mazmuni nimadan iborat?
2. Marketing tushunchasini tadbirkorlik tushunchasi bilan bog‘liqligi va farqi
nimadan iborat?
3. Marketingni maqsadi nimadan iborat?
4. Marketingni maqsadi nimada?
5. Bozorni segmentlash deganda nimani tushunasiz?


6. Bozorni segmentlashni qanday turlarini bilasiz?
7. Maqsadli segmentni tanlash deganda nimani tushunasiz?
8. Marketing tadqiqotlari qanday tashkil etiladi?
9. Marketing tadqiqotlarining qanday turlarini bilasiz?
10.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing dasturini ishlab
chiqish ketma-ketligi nimadan iborat?



Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling