«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Bozor imkoniyatlarida biznesdagi kuchli tomonlarning muvofiqligi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
3. Bozor imkoniyatlarida biznesdagi kuchli tomonlarning muvofiqligi
Marketing ijodiy jarayon bo‘lib, maqsadi xaridorlar ehtiyojlarini foyda qilish orqali qondirish hisoblanadi. Marketingga yo‘naltirilgan tashkiloti o‘zini o‘rab turgan muhitga hamma jihatlari nuqtai nazaridan o‘zaro munosabatlarda ijodiy yondashish yo‘llarini izlaydi. Marketingdagi ijodiyot faqatgina marketing aloqalari jarayonlari bilan chegaralanmasligi kerak. Biznes faoliyatida xaridorlar kimlar oxirgi iste’molchi kimligini bilgani holda o‘rtadagi vositachilar kim bo‘lishini puxta aniqlab olish zarur. Biznesda har qanday o‘sishning turli xil ko‘rinishlari va ehtiyojlari xizmat ro‘yxati bo‘yicha vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘ziga tanqidiy baho berish nazaridan ko‘rib chiqilishi, nima maqsadda amal qilayotganidan egallab turgan holatini auditdan o‘tkazish kerak. SHunga muvofiq ularning: · Strenghts (kuchli tomonlari); · Weakness (kuchsiz tomonlari); · Opportunities (imkoniyatlari); · Threads (xavf-xatarlari) bozorda egallab turgan joyi ko‘rinishini aytish mumkin Puxta strategiyaga ega bo‘lganlar barcha maqsadlari, kontekstlari va biznes siyosatida barcha elementlarni SWOT bilan uyg‘unlashtirish uchun imkoniyat izlaydilar. Ko‘pgina omadli tadbirkorlar o‘z muvaffaqiyatlarini bozorning haqiqiy ehtiyojlarini aniqlab olganliklari bilan bog‘lashadi, shu bilan birga ular potensial xaridorlar va bozor imkoniyatlari bilan birga, o‘zlarining kuchli tomonlaridan ham omilkorlik bilan foydalanadilar. Sotuvchining o‘z professional strategiyasidan ko‘zlangan maqsadi “joyida o‘tiruvchi” tadbirkor ko‘zlagan maqsad bilan bir xil: o‘ylash, to’zish, ishlab chiqish (yoki sotib olish) va mahsulotni bozorda sotish, qisqasi: · xaridorning haqiqiy ehtiyojlarini qondirish; · biznesning real-kuchli tomonlarini ishga solish kabi. Bozorni o‘rganish strategiyasi. Tadbirkorlik faoliyatida olib borilayotgan izlanishlar natijasida umumiy bozor uchun marketing tadqiqotlarini alohida guruhlar uchun o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu izlanishlar asosan “Maqsadli bozor” deb yuritiladi. Tadbirkor uchun bozorni o‘rganishga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar chegaralangan. Shuning uchun maqsadli bozorni o‘rganish, tadqiq qilish jarayonida asosan bir yoki bir necha bozor segmentlariga nisbatan marketing tadqiqotlarini olib borish maqsadga muvofiq. Bozorni o‘rganishning bunday usuli marketing faoliyatida ko‘proq iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish, talabni qondirish va bozor hajmiga o‘z ulushini oshirishdan iborat. Tadbirkorlik faoliyati bozor muhitida uchraydigan ehtiyojlarni yangi mahsulotlar va xizmatlar bilan bilan qondirish orqali amalga oshiriladi. Bozordagi iste’molchilarning ehtiyojlarini to‘liq tadqiq qilib bo‘lgandan keyin esa bozor muhitidagi quyidagi omillarni rivojlantirish orqali maqsadga erishish mumkin: - sotish startegiyasi; - iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish rejasi; - tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy ahvoli rejasi; - mahsulotlarni va xizmatlarni etkaib berish rejasi; - targ‘ibot va tashviqot rejasi; - qadoqlashni to‘g‘ri amalga oshiirsh; - bozorga kirib borish rejasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling