«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


-MAVZU. PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARINI TASHKIL


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

6-MAVZU. PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARINI TASHKIL
ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY
SAMARADORLIGI
2-ma’ruza mashg‘uloti
Engil sanoatni klasterlash imkoniyatlarni baholashning korxonalarning vertikal
va gorizontal integratsiyasi hamda raqobotda xamkorlik munosabatlari kabi omillar
asosida takomillashtirilgan usuli “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatining
faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekengilsanoat” AJning 2017 yil 4 dekabrdagi DM-
160-son ma’lumotnomasi).
Klasterlash imkoniyatlarini baholash usuli viloyatlarda zamonaviy paxtachilik-
to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha xukumat qarorlari loyihalarini
asoslashda foydalanilgan.
“Namangan tekstil klasteri” shaklida engil sanoat korxonalari
raqobatbardoshligini oshirish modeli “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatining
faoliyatiga joriy etilgan. Ushbu model asosida Namangan viloyatining “Toshbuloq
teks” MCHJ bazasida paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha loyiha
amalga oshirilgan.


XX asr oxiridan boshlab, Xitoy iqtisodiyoti tez sur’atlarda rivojlanishi sababli
jahon bozorlarida raqobat keskinlasha boshlaydi. Amerika va Evropa kabi
rivojlangan davlatlar ham o‘z bozorlarini raqobat ta’siridan himoya qilish maqsadida
samarali marketing strotegiyalarini amaliyotda qo‘llay boshladi. Natijada
“KLASTER” nazariyasi ishlab chiqildi va unga nisbatan turli xil metodologik
yondashuvlar shakllana boshladi.
O‘zbekistonda ham bu borada muayyan tajribalar to‘plangan bo‘lib,
A.Bekmurodov, M.Boltaboev, Z.Adilova, D.Mirzaxalilovaning engil sanoatda
klasterlarni shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari diqqatga sazovor.
Klaster strotegiyasi asosida raqobatbardoshlikni oshirishda quyidagi umumiy
ustunvorliklar mavjud:
· mazkur strategiyani qo‘llash asosida ta’minotchilar, malakaviy xodimlar,
axborot, xizmat va ta’lim markazlari o‘rtasida bevosita aloqa o‘rnatiladi,
natijada korxonalarning mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish imkoniyatlari yanada kengayadi;
· ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan yangi innovatsion
ishlanmalarni yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan o‘tkazish va ishlab
chiqarishga joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
· engil sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish va sohaga oid ilmiy izlanish
olib borayotgan xodimlar hamda mutaxassislar mehnati ko‘proq
rag‘batlantiriladi va innovatsiyalar yaratishga motivatsiyalanadi.
Jahon iqtisodiyotida klaster strategiyasidan samarali foydalanilmoqda. Jumladan,
AQSH sanoatining 50% dan ortig‘ini klaster tarkibida faoliyat yurituvchi korxonalar
tashkil etadi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining 60%dan ortig‘i aynan klasterda
faoliyat yurituvchi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida
esa klasterlar soni 2000dan ziyodni tashkil etib. Ularda jami ish bilan band aholining
38 foizi faoliyat yuritadi.


 Klasterlarni shakllantirishdan maqsad-shahar, tuman va viloyatda joylashgan turdosh
korxonalar va ular bilan yagona teznologik zanjirda faoliyat yurituvchi ta’lim. Ilmiy,
injinering, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa turli
xizmatlarni uyg‘unlashtirishdan iborat. SHu bilan birga, klaster innovayion ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarish asosida korxonalar raqobatbardoshligini
ta’minlash vositasi hisoblanadi.
O‘zbekiston to‘qimachilik va engil sanoati tizimida klasterlarni shakllantirish
masalasi klaster nazariyasining mohiyatidan kelib chiqib, mamlakat miqiyosida emas,
balki mintaqalar-viloyatlardagi aniq ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, ishlab
chiqarishning to‘la siklini qamrab oluvchi vertikal va gorizontal integratsiyaga
asoslangan innovatsion xizmatlarni uyg‘unlashtirish asosida ilmiy markazlar
doirasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling