«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularning tasnifi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

4. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularning tasnifi
Qaror qabul qilish va uni bajarishni tashkil etish menejmentning asosiy jarag‘ni
hisoblanadi. Qabul qilingan qaror boshqaruv mohiyatini sifati va ahamiyatini
belgilaydi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishning samaradorligini oshiradi.


Boshqaruv qarorlari keng ma’noda hamma ob’ektiv qonunlar asosida
jamiyatning moddiy va ma’naviy talablarini real qondirish imkoniyatlarining
kelishilgan shaklidir. Boshqaruv qarorlarini iqtisodga qo‘llasak - bu jamiyat va shaxs
talablarini ta’minlash maqsadida aniq ongli dastur asosidagi har akatdir.
Qo‘yilgan masalaga qarab, mehnat va holatlarni aniq hisobga olib ishlab
chiqarishni eng maqbul rivojlantirish boshqaruv qarorlarining mazmunidir.
Qaror - bu boshqaruv faoliyatining shunday shakliki, unga rahbar mehnati
gavdalanadi, mehnat jamoasiga maqsadga yo‘nalgan ta’siri o‘z irodasini topadi.
Qaror qabul qilishni tiklash - rahbarning etakchi faoliyat jarag‘ni, keyingi boshqaruv
muvaffaqiyatini belgilaydi. Boshqaruv qarorlari turli darajada bo‘ladi.
Qarorlar quyidagi ko‘rinishga bo‘linadi:
1. Strategik qaror - bu istiqboliy qaror, unda iqtisodning uzoqqa mo‘ljallangan
rivojlanish vazifalari va maqsadlari belgilandi. Bunda uzoq davrni ko‘zlab jiddiy
asoslangan va muvozanatlashtirilgan harakat dasturi asos qilinadi. Unda uzoq
muddatli maqsad ko‘zlanadi, ularni boshqarish muddati belgilanadi, qo‘yilgan
masalani amalga oshirish va uslublari ko‘rsatiladi.
Joriy va xususiy muammolar bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilinadi (ishga
olish va ishdan bo‘shatish).
Qaror ta’siri bo‘yicha tashqi va ichki bo‘ladi. Tashqi qaror boshqa darajaga
qaratilgan, ichki - faqat alohida korxona bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi. Qarorlarni
ishlab chiqarish tashkiliy jihatdan yakka, kollegial va jamoaga bo‘linadi. YAkka
qabul qilingan qarorni rahbar, kollegial qarorni - mutaxassislar guruhi, jamoa qarorini
umumiy majlisda qabul qilinadi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling